Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
6.72K subscribers
49.4K photos
4.12K videos
6 files
5.94K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги саммитида иштирок этиш учун Москва шаҳрига қилган амалий ташрифи якунланди. Давлатимиз раҳбари Тошкентга жўнаб кетди.

Рабочий визит Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в город Москву для участия в саммите Содружества Независимых Государств завершился. Глава нашего государства отбыл в Ташкент.

#Mirziyoyev #sammit #MDH #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Nilufar Allabergenova mas’ullarga yana bir marotaba ogohlantirish berdi

💠 Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida tuman hokimi boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📎 Unda tuman hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori o‘rinbosari A.Mamatqulov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Malikov, hokim o‘rinbosarlari, tumandagi mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

💠 Yig‘ilishda tuman hokimi joriy yilning 23-sentabrda 143-sonli Farmon va 330-sonli Prezident Qaroriga muvofiq 2 yilga mo‘ljallangan “Kamabag‘allikdan farovonlik sari” dasturi tasdiqlanganligi ushbu Farmon va Qaror yuzasidan Yakkasaroy tumanida olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning hisobotlarini eshitdi.

💠 Mas’ullarning ma’lumotiga ko‘ra Yakkasaroy tumanida “mahalla yettiligi” tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan 478 ta va reestrga kiritilmagan 108 ta (jami 586 ta) kambag‘al oilalar ro‘yhati shakillantirilganligi haqida aytib o‘tildi.

💠 Tuman hokimi topshiriqqa asosan, tumandagi 40 ta davlat tashkilotlarining 64 nafar rahbar xodimlarining har biriga 5 tadan, jami 320 ta eng og‘ir ahvoldagi kambag‘al oilalar biriktirilgan bo‘lib, biriktirilgan mas’ullar tomonidan ushbu ro‘yhatdagi oilalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari sust olib lorilayotganligi, biriktirilgan oilalar bilan yaqindan ishlar olib borilmayotganligi bo‘yicha mas’ullarni tanqid qilib, yuqorida biriktirilgan rahbar xodimlarga yana bir bora ogohlantirish berib, berilgan topshiriq vazifalarni bajarish bo‘yicha muddat belgilab berdi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nilufar Allabergenova “Sayyor qabul” o‘tkazdi

💠 Bugungi kunda davlat tashkilotlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi yangi bosqichga ko‘tarilgan. Aholini qiynayotgan masala va muammolarga qisqa fursatlarda yechim topish esa hukumatimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri.

💠 Shu kabi jihatlarini inobatga olgan holda bugun Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova masʼul korxona, tashkilot rahbarlari ishtirokida “Dilbuloq” mahallasida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

👉🏻 Qabul davomida murojaatlar asosan kommunal sohasidagi nosozliklar, mahalla hududidagi maktab oldiga piyodalar o‘tish yo‘lagini chizib berish, moddiy yordam olish bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi.

⚡️ Murojaatchilarning aksariyat qismi joyida bartaraf etilgan bo‘lsa, qolgan masalalar yuzasidan maʼlum muddat belgilanib, tez fursatlarda bartaraf etish uchun tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

📎 Shuningdek, uchrashuv davomida “Dilbuloq” mahalla hududida turli turdagi sodir etilgan jinoyat muhokamasi o‘tkazildi.

💠 Bugun jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga, unga qarshi kurashishga har bir fuqaro o‘z mas’ulligini his etishi lozimligi, jaxl ustida sodir etilgan jinoyat ko‘pchilikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida aytib o‘tildi.

💠 Yig‘ilish so‘nggida tuman hokimi N.Allabergenova jinoyat sodir etishga moyilligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash, bu bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish mas’uliyatli vazifa hisoblanishi, bunday vaziyatlarni oldini olishda barcha birdek mas’ul ekanligiga to‘xtaldi.

💠 Muhokama so‘ngida bildirilgan taklif va mulohazalar yuzasidan mas’ullar tegishli vazifalar belgilab olindi.

✍️Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM