Yakkasaroyda birinchi qoʻngʻiroq chalindi
Maroqli yozgi taʼtildan soʻng yangi oʻquv yili boshlandi. Qoʻllarida gul, qalbda hayajon bilan sevimli maktabi tomon oshiqayotgan oʻquvchi-yoshlarning sevinchlari cheksiz. Bugun tumanimiz yoshlarini oʻz bagʻriga chorlagan barcha umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalindi.
Umumtaʼlim muassasalarida “Bilimlar kuni” munosabati bilan oʻtkazilayotgan bayram tadbiri Oʻzbekiston mustaqilligining 33 yilligiga bagʻishlangan “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tashkil qilindi.
Tumandagi 15 ta umumtaʼlim maktablariga jami 1675 nafar bolajonlar 1-sinfga qadam qoʻydilar.
Yangi oʻquv yilining boshlanishi munosabati bilan tumandagi 1-sektor hududida joylashgan 319-umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham ishtirok etdi.
Bugungi kunda 910 nafar oʻquvchi tahsil olayotgan ushbu taʼlim muassasasiga bu yil 84 nafar oʻgʻil-qizlar 1-sinfga qabul qilindi. Tadbirda tuman hokimi soʻz olib, barchani mustaqilligimizning 33 yilligi hamda boshlanayotgan yangi oʻquv yili bilan tabriklab, yangi oʻquv yili barcha oʻqituvchi va oʻquvchilar uchun omadli va sermazmun kelishiga tilak bildirdi.
Tadbir davomida maktab ostonasiga ilk bor qadam qoʻyayotgan oʻgʻil-qizlarga “Prezident sovgʻasi” tantanali tarzda tarqatildi.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati