Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
6.85K subscribers
49.2K photos
4.11K videos
6 files
5.93K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Yoshlarning har bir murojaati nazoratga olinadi

💠 Bugun Yakkasaroy tumanidagi TMC Texnologiya, Menejment, Kommunikatsiya institutida Yakkasaroyda otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

💢 Unda Toshkent shahar prokurori birinchi o‘rinbosari A.Urmanov, Yakkasaroy tuman hokimi N.Allabergenova, tuman prokurori o‘rinbosari A.Mamatqulov, hokim o‘rinbosarlari, mahalladagi yoshlar yetakchilari hamda yoshlar ishtirok etdilar.

🔵 Ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan taklif istaklari bilan tuman hokimi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ochiq suhbat qurdilar.

➡️ Uchrashuv yakunida “Yoshlar daftariga” kiritilgan 15 nafar yoshlarning oliy taʼlim muassasasi taʼlimida taxsil olishi uchun to‘lov shartnoma pulinining 50 foizini to‘lab berilganligi haqidagi sertefikatlar, 2 nafar yoshga tikuvchilik bilan shug‘ullanishi uchun tikuv mashina, 1 nafar yoshga muddatli harbiy xizmatga borib kelish uchun to‘lov pulini to‘lab berilganligi bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.

💠 Bugun har bir yoshni tinglash, ularning muammolariga yechim topishda rahbar, mutasaddilarning amaliy yordami katta samara beradi. Qolaversa, bu yoshlarning jamiyat va davlat hayotida o‘z pozitsiyasi borligi, yurt taraqqiyotiga daxldorligini anglab yetishida poydevor vazifasini o‘tasa, ajab emas.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM