Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
7.09K subscribers
48.8K photos
4.04K videos
6 files
5.89K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

👉🏻 Bugungi kunda davlat tashkilotlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi yangi bosqichga ko‘tarilgan. Aholini qiynayotgan masala va muammolarga qisqa fursatlarda yechim topish esa hukumatimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri.

Shu kabi jihatlarini inobatga olgan holda bugun Yakkasaroy tumanidagi Xalq qabulxonasida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Nurbek Shamsiyev,  hokim o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar tuman bo‘limi boshlig‘i Dilfuza Rasulmuhamedova, Yakkasaroy tuman Xalq qabulxona mudiri, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tumandagi masʼul korxona, tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

👉🏻 Qabul davomida murojaatlar asosan ishga joylashish, uy-joy olish va taʼmirlash, subsidiya olish bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi.

⚡️ Murojaatchilarning aksariyat qismi joyida bartaraf etilgan bo‘lsa, qolgan masalalar yuzasidan maʼlum muddat belgilanib, tez fursatlarda bartaraf etish uchun tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

✍🏻 Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаевнинг таклифига биноан 7-9 август кунлари давлат ташрифи билан ушбу мамлакатда бўлади.

Шунингдек, Президентимиз Остона шаҳрида бўлиб ўтадиган Марказий Осиё давлатлари раҳбарларининг навбатдаги Маслаҳат учрашуви ва "Марказий Осиё + Япония" мулоқотининг биринчи саммитида иштирок этади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Казахстан Касым-Жомарта Токаева 7-9 августа посетит эту страну с государственным визитом.

Лидер нашей страны также примет участие в очередной Консультативной встрече глав государств Центральной Азии и первом саммите Диалога «Центральная Азия + Япония», которые пройдут в городе Астане.

#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #Maslahatuchrashuvi #sammit

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X