Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
5.55K subscribers
58.8K photos
4.84K videos
6 files
6.85K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
📹 #ONLAYN

📍 Tadbir ishtirokchilari poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi “Classic building communal” boshqaruv kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida belgilangan manzilga yetib keldilar.

  Ta'kidlash lozimki, seminarning amaliy qismi ham ko'tarinki kayfiyatda boshlandi. Mezbonlar tomonidan respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan BSK vakillari karnay-surnay sadolari ostida qarshi olindi.

  Maxsus formalarda qad rostlagan, bugunidan, qilayotgan ishidan rozi kompaniyaning fidoyilari, zaruriy texnik anjomlar ko'rgazmasi, toza va kishi bahri dilini ochadigan, obodonlashtirilgan va yashillik bilan boyitilgan hudud. Ha, aholining kompaniya faoliyatidan mamnunligi shundoq ayon.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #ONLAYN

📍Classic building communal” boshqaruv kompaniyasi 2012-yil tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 84 ta ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi 22 ming 570 nafar aholiga xizmat ko‘rsatadi.

   Boshqaruv kompaniyasi tomonidan sohaga o‘z hisobidan jami 5,5 mlrd so‘m investitsiya mablag‘lari jalb etilgan bo‘lib, mazkur mablag‘lar kompaniya moddiy-texnik bazasini yangilashga hamda ko‘p kvartirali uylar texnik holatini yanada yaxshilashga yo‘naltirib kelinmoqda. Hozirda kompaniyada 14 ta (2 ta damas, 3 ta motoroller, 1 ta isuzi, 1 ta ekskavator, 1 ta samosval, 1 ta traktor 2 ta telejka, 2 ta skuter, 1 ta Hyundai Porter) texnika mavjud.

Ta'kidlash joiz, tashkil etilgan seminar-trening yurtimizda faoliyat yuritayotgan BSK rahbarlari uchun o'zaro tajriba almashish maydoniga aylandi. Faoliyati samarali yo'lga qo'yilgan kompaniyalar tajribasi, ish jarayonida ahamiyat qaratish darkor muhim nyuanslar ochiqlanmoqda. Barcha ishtirokchilar nazariy va amaliy bosqichlardagi ko'tarilayotgan masalalar, egallanayotgan ko'nikmalar yuzasida o'zaro fikr-mulohaza almashmoqdalar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #ONLAYN

  “Classic building communal” boshqaruv kompaniyasi hozirgi kunga qadar 54 ta uyning yerto‘la qismida joylashgan muhandislik tarmoqlarini to‘liq ta’mirladi.

Shuningdek,
》 38 ta uyning fasad qismi soz holatga keltirildi,
》 50 ta uyning 225 ta kirish yo‘lagi mukammal va joriy ta’mirlandi,
》 19 ta uyning 42 ta markaziy elektr shitlari mukammal ta’mirlandi,
》 64 uyning 24 580 m kv  tom kismi mukammal va joriy ta’mirlandi,
》 8 ta bolalar maydonchalari qurildi.

📌 Ahamiyatlisi, tashkilot tomonidan qo‘shimcha xizmat turlarini ko‘paytirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilib kelinadi. Xususan, 34 xil servis xizmatlar (tikuvchilik, bolalar massaji, sartaroshxona, maishiy texnikalar tuzatish, temir panjaralar yasash, yuk tashish, konditsioner o‘rnatish, gilam yuvish, qurilish chiqindilari tashish, dezinfeksiya xizmatlari kabilar) tashkil etilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM