Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Photo
Nilufar Allabergenova: Bizning yutug'imiz bir jamoa bo'lib ishlaganimizda
🌀 Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida unutilmas kun bo‘ldi desak yanglishmagan bo‘lamiz.
🫥 Sababi bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari bilan hokimlik bog‘ida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🗣 Universitetlarning jurnalistika yo‘nalishida ta’lim olayotgan yoshlar amaliyot o‘tash maqsadida tuman hokimligining matbuot xizmati, hamda umumiy bo‘limlariga amaliyot o‘tayotgan talaba-yoshlar tuman hokimining faoliyati bilan tanishish maqsadida hokim bilan yaqindan suhbatlashish maqsadida uchrashuv tashkillashtirildi.
🌀 Unda tuman hokimi Nilufar Allabergenova, tuman hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha hokim maslahatchisi O.Nasimov hamda talaba yoshlar ishtirok etdilar.
💢 Uchrashuvda tuman hokimi yoshlardan hokimlik faoliyati, hokimlikning jamoasi va faoliyatlari haqida yoshlarni tanishtirdi. Yoshlar tuman hokimi bilan ochiq va samimiy muloqot qildilar.
💠 Allabergenova yoshlarning “Siz bu darajaga yetib kelishdagi faoliyatingiz va hayot yo‘lingiz” haqidagi savoliga alohida tuxtalib javob berib o‘tdi.
💠 Allabergenova yigirma besh yildan ziyod prokuratura sohasida faoliyat yuritib kelganligi, har bir fuqaroning murojaati va muammosiga o‘z muammo va murojaati sifatida qarab kelganligi, qaysi sohada faoliyat yuritishdan qatiy nazar inson o‘z kasbini va ishini sevishi, hokimlik binosida kam vaqtini o‘tkazishi, ko‘p vaqti mahallalardagi obodonlashtirish va qurilish ishlarini nazorat qilish, mahallada yurib fuqarolar murojaatini o‘rganish, insonlarning dardi bilan yashash kerakligi haqida fikr bildirib o‘tdi.
💢 Uchrashuv so‘nggida yoshlarga qarata Prezidentimiz sizlarga ishonmoqdalar. Sizlar uchun barcha zarur sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib bermoqdalar. Sizlar faqat bilimli va Vatanimiz uchun sodiq xizmat qilib har sohada eng kuchli kadr bo‘lib yetishishlaringiz kerak ta’kidlab o‘tdi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM