Yakkasaroyda "Mahalla yettiligi” uchun o‘quv-seminar tashkil etildi
✍️ Bugun Yakkasaroy tumanidagi Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston mahallalar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Inog‘omov Jovdatxon ishtirokida Yakkasaroy tumanidagi mahallalar yettiligi uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
🫥 Tadbirda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, sektor rahbarlari, mahalla yettiliklari, mas'ul tashkilot rahbar xodimlari ishtirok etdilar.
🔼 Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mahalla institutini jamiyatdagi rolini tubdan takomillashtirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida" PF-209-son Farmoni hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida" PQ-402-son qarorining mazmun mohiyati hamda ularda belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish mexanizmlarini ijrosi doirasida o‘tkazildi.
🫥 Shuningdek, tadbirda “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish, kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
✍ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
✍ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM