Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
5.63K subscribers
56.8K photos
4.72K videos
6 files
6.61K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
#yakkasaroyda #uch_avlod_uchrashuvi
Uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

🔴 Bugun Toshkent shahar “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan “Tabassum” restoranida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan “Uch avlod uchrashuvi” hamda “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonini topshirish marosimi o‘tkazildi.

🤝 Unda “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi, senator Sodiqjon Turdiyev, Toshkent shahar “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, senator Rustam Kalanov, Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Xotambek Shakirov, O‘zbekiston qag‘ramonlari, faxriylar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari va yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida tinchlikni mustahkamlash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, keksalarni e’zozlash, ertamiz egalarini barkamol avlod qilib voyaga yetkazishga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida alohida e’tibor qaratilayapti. Binobarin, buyuk ajdodlarga munosib bo‘lish, yurtimiz taraqqiyotiga dahldorlik hissi bilan yashash har birimizning, ayniqsa, yoshlarning muqaddas burchidir.

🎖Tadbir davomida 60 nafar nuroniylarga I va II-darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlari, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir davomida elimiz suygan san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar yangradi. To‘kin dasturxon atrofidagi dildan suhbat barcha yig‘ilganlarda katta ta’surot qoldirdi.

👉 Maʼlumot uchun, “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq taʼsis etilgan.

👏 Ushbu nishon bilan mamlakatning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sog‘liqni saqlash hamda boshqa sohalarida ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlar, shuningdek, ishlamaydigan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarini jamiyat oldida masʼuliyat, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bag‘ishlab, jamiyatda hurmat qozongan nuroniylar taqdirlanadi.

✍️Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM