Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘rganishlar o‘z samarasini bermoqda
✅ Yurtimizda ona tilimiz – o‘zbek tilini asrash, uni kelajak avlodlarga sof tarzda yetkazish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
✅ Yakkasaroy tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nigora Umarova tomonidan tumandagi markaziy ko‘chalar hamda ichki ko‘chalarda joylashgan xizmat ko‘rsatish shaxobchalari va savdo do‘konlarining reklama, e’lonlar holati o‘rganilgan edi.
✅ O‘rganishlar davomida tadbirkorlik subyektlarining mas’ullari bilan suhbatlashib, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyati tushuntirilib, ularga tashqi reklama yozuvlarini davlat tilida yozilishi kerakli haqida tushuntirishlar olib borilib, savdo obyektlarining nomlari, davlat tilida yozilishi bo‘yicha ma’lumot berilgan edi.
✅ Bugungi kunda o‘rganish olib borilgan tadbirkorlik subyektlarining e’lonlari, nomlari davlat tilida yozilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM