Yakkasaroyda Voleybol bo‘yicha «Ichki ishlar vaziri kubogi» musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi
🟢 Mamlakatimizda sportni rivojlantirish, uyushmagan yoshlarni sportga jalb etish maqsadida sektorlarda bir qator musobaqalar uyushtirilib, bu yoshlarning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.
💠 Bugun xabar berganimizdek, Yakkasaroy tumanidagi 48-sonli umum ta’lim maktabida qiz va o‘g‘il bolalar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.
➡️ Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda musobaqa ishtirokchilar bor mahorat va tajribalarini ishga solib g‘oliblik uchun kurashdilar.
🏆 Musobaqa natijalariga ko‘ra qizlar o‘rtasida 1-o‘rin 48-maktab, 2-o‘rin 160-maktab, 3-o‘rin esa 100-makatb o‘quvchilariga nasib qildi.
🏆 O‘g‘il bolalar o‘rtasida esa 1-o‘rin 91-maktab, 2-o‘rin 48-maktab, 3-o‘rinni esa 144-maktab o‘quvchilari qo‘lga kiritdilar.
💠 G‘olib jamoalarga Yakkasaroy tuman IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari Sanjar Hamidov musobaqa kubogi, diplom va sovg‘alarni topshirdi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM