Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
7.1K subscribers
48.9K photos
4.07K videos
6 files
5.9K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Esdalik nishonlari topshirildi.

🔹 Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi Farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 30 yil” esdalik nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔸 Ushbu Farmon mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash, jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do‘stlik va totuvlikni asrab-avaylash, asosiy qonunimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yurtdoshlarimizni taqdirlashda muhim omil bo‘ldi.

👉🏻 Bugun ana shundek, mehnatkash va fidoiy insonlardan 99 nafari “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangani ular qalbiga beqiyos mamnunlik ulashdi.

🔹 Medallarni Yakkasaroy tuman hokimi Anvar Sayfutdinov tumandagi boshqarma va idoralar, jamoat tashkilotlari rahbarlari, mahalliy Kengashlar deputatlari, faxriylar va yoshlarga tantanali ravishda topshirdi.

🔸 Mukofotlanganlar yuksak e’tibor va e’tirof uchun minnatdorlik bildirib, bu mukofot yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida astoydil mehnat qilish uchun munosib rag‘bat ekanligini ta’kidladi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM