Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
6.7K subscribers
49.7K photos
4.15K videos
6 files
5.98K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Yakkasroyda “Kuyla, yoshligim” musiqa festivali

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi doirasida, Yakkasaroy tuman yoshlarining estrada sanʼatida isteʼdodini namoyon etish uchun ijodiy maydon yaratish, estrada xonandalik bo‘yicha ijro mahoratini oshirish, o‘zbek milliy estrada sanʼati anʼanalarini targ‘ib etish, rivojlantirish va yosh avlodga yetkazish maqsadida bugun tuman hokimligi, tuman badaniyat bo‘limi, tuman xalq taʼlimi va masʼul tashkilotlar hamkorligi "Moviy gumbazlar" sayilgohida tumandagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Kuyla, yoshligim” musiqa festivali bo‘lib o‘tdi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Photo
Tadbirkorlarga “Davlat tili to‘g‘risi”dagi qonun talablari tushuntirildi

⚡️ Prezidentimizning “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi farmoniga ko‘ra tashkil etilgan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasidagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti va uning joylardagi vakillarining asosiy vazifalaridan biri davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etishdan iborat.

📂 Bugun Yakkasaroy tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha maslahatchisi Dildora Ismoiljonova tumandagi “Askiya” bozoridagi savdo do‘konlaridagi reklama bannerlaridagi yozuvlar “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun talablariga amal qilishlari bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganish davomida masʼullarga “Davlat tili to‘g‘risi”dagi qonun talablari tushuntirildi.

🔷 Shu o‘rinda yurtdoshlarimizga yana bir bor eslatib o‘tamiz, “Davlat tili to‘g‘risi” dagi qonun talablariga ko‘ra, biron reklama yoki eʼlon, ko‘rgazmali yozuvlar bo‘lsa, oldin davlat tilimizda, yaʼni o‘zbek tilida, keyin boshqa tillarda yozilishi shart.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
#sessiya

Бугун, 29 апрель куни Халқ депутатлари Тошкент шаҳар Кенгашининг ўттиз тўққизинчи сессияси ўз ишини бошлади.

Сессияда пойтахтимизни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш, ҳуқуқ-тартиботни таъминлаш каби 10 дан ортиқ муҳим масалалар кўриб чиқилиши режалаштирилган.

Дастлаб депутатлар "Тошкент шаҳрида озиқ-овқат таъминотини янада яхшилаш ва ички бозорда нарх-наво барқарорлиги сақлаш чора тадбирлари тўғрисида"ги масалани муҳокама этдилар.

Тафсилотларга яна тўхталамиз.

***

Сегодня, 29 апреля, начала работу тридцать девятая сессия Ташкентского городского Кенгаша народных депутатов.

На сессии планируется обсуждения более десяти важных вопросов, включая социально-экономическое развитие и обеспечение правопорядка.

Первым депутаты обсудили вопрос «О мерах по улучшению продовольственного обеспечения и сохранению стабильности цен в городе Ташкенте».

Подробности — в наших следующих публикациях.

🌐 Web-site 🌏 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Yakkasaroy tuman hokimligida 2020-2021 yilda ijtimoiy sohalarda amalaga oshirilgan ishlar, istiqbolli rejalar, hozirgi kunda amalga oshirilayotgan muayyan ishlar xususida.

⚡️ Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021 yil 11 martda 132-sonli qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyati to‘g‘risida OAV xodimlari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.

🎥 Lavhamiz shu haqda…
Stol tennis bo‘yicha yoshlar va nuroniylar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi

🔷 Bugun Yakkasaroy tuman hokimligi, tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, tuman xalq taʼlimi bo‘limi, tuman Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi hamkorligida tumandagi "Moviy gumbazlar" sayilgohida sportning stol tennis turi bo‘yicha yoshlar va nuroniylar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi.

🔷 Mamlakatimizda yoshlarimizning bilim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanib, o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon qilishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, moddiy va maʼnaviy ko‘mak berish, bilim olishi, salomatligini mustahkamlashi, o‘z qiziqish va intilishiga mos kasb-hunar egallashi, sport bilan shug‘ullanishini taʼminlashga doimiy eʼtibor qaratilmoqda.

G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati