Xushbaxt Yuldoshvoyev (Rasmiy kanal)
181 subscribers
917 photos
211 videos
2 files
784 links
Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati rahbari - matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi
Download Telegram
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Zoyir Mirzayev farmoyishi bilan taʼtildagi Chirchiq shahar hokimiga oʻz hisobidan yana taʼtil berildi. Bu qonunchilikka zid emasmi?” sarlavhasi ostida tanqidiy material eʼlon qilindi.

Darhaqiqat, Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov viloyat rahbarining 2022-yil 15-sentyabrdagi 322-10-0-F/22-sonli hamda 2022-yil 27-sentyabrdagi 330-10-0-F/22-sonli farmoyishlari asosida mehnat taʼtiliga chiqarilgan.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 150-moddasida “Xodimning arizasiga koʻra unga ish haqi saqlanmagan holda taʼtil berilishi mumkin, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi, lekin u oʻn ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq boʻlmasligi kerak”, deb belgilangan.

Shunga koʻra, Chirchiq shahri hokimi D. Hidoyatov viloyat hokimligiga 14-sentyabrdan 16-sentyabr kuniga qadar ish haqi saqlanmagan holda mehnat taʼtili berilishini soʻrab yozma murojaat qilgan.

Viloyat hokimining joriy yil 15-sentyabrdagi Chirchiq shahri hokimi D. Hidoyatovni (oʻz hisobidan) mehnat taʼtiliga chiqishiga doir farmoyishi “E-qaror” elektron tizimiga ayrim texnik sabablarga koʻra xato kiritilgan.

Belgilangan tartibda viloyat hokimining 2022-yil 27-sentyabrdagi 330-10-0-F/22-sonli farmoyishi bilan 2022-yil 15-sentyabrdagi 322-10-0-F/22-sonli farmoyish oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish orqali oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan hamda mazkur xatolik mehnat qonunchiligiga muvofiq bartaraf etilgan.

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Chirchiq shahri hokimi Davron Xidoyatov boshqa vazifada ish boshlashi kutilmoqda.

Chirchiq shahri hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Davron Xidoyatov boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev uning kelgusi faoliyatiga omad tiladi.

Davron Xidoyatovga viloyat hokimligining faxriy yorlig‘i topshirildi.

💬 https://t.iss.one/xyuldoshvoyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Chirchiq shahriga hokim tayinlandi

Murodjon Abdurahimov Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining qarori bilan Chirchiq shahar hokimi etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Murodjon Abdurahimov 1986-yilda Chirchiq shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2008-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2010-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida magistraturani tamomlagan.

U Qibray tumani “Baytqo‘rg‘on xizmat ko‘rsatish va iqtisodiyot” kasb-hunar kollejida iqtisodiyot fani o‘qituvchisi sifatida mehnat faoliyatini boshlagan.

Shuningdek, Toshkent viloyati hokimligida, keyinroq “O‘zkommunxizmat” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida mutaxassis, bosh mutaxassis, bo‘lim mudiri singari vazifalarda ishlagan.

Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida mas’ul vazifada ishlab kelayotgan edi.

💬 https://t.iss.one/xyuldoshvoyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

🟩🟩🟩🟩

Mukimov Olimjon Ibodilloyevich— O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Chirchiq shahar boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

O.Mukimov
1968-yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanida tugʻilgan.
Maʼlumoti – oliy.

Lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati Chirchiq shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahri “Madaniyat” mahallasida chiqindilar toʻkib ketilgani haqidagi murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining
RASMIY MUNOSABATI

Shuni ma’lum qilamizki, ayni damda BSK tomonidan chiqindilarni olib ketish ishlari amalga oshirilmoqda.

💬 https://t.iss.one/xyuldoshvoyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

“Antikorrupsiya/rasmiy telegram messijerida “Chirchiq shahridagi “Jewelly stroy” BSK aholi tomonidan toʻlanadigan kommunal toʻlovlarni yeb yuborgan” mavzusidagi murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligi Axborot xizmatining RASMIY MUNOSABATI

Hudud aholisi murojaatidan so’ng, Toshkent viloyati Uy-joy qurulish kommunal sohasini nazorat qilish inspeksiyasi ushbu “Jewelly stroy” faoliyatini oʻrganishini ma’lum qilamiz.

Ushbu holat yuzasidan qoʻshimcha ma’lumot beriladi.

💬 https://t.iss.one/xyuldoshvoyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

ANTIKORRUPSIYA OAV maxsus muxbiri Blogger Abdullayev tomonidan chiqarilgan "Chirchiq shahar “Yangi O‘zbekiston massivida ustalar yerni betonlash ishlarini olib bormoqda. Afsuski, betonlash jarayonida daraxtlarni ham betonlab ketishmoqda” mavzusidagi xabar yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Shuni ma’lum qilamizki, Chirchiq shahar Ekologiya inspeksiyasi mas’ullari ushbu xolat yuzasidan joyiga chiqib o’rgandi va quruvchiga qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rildi hamda muammo bartaraf etildi.

Xushbaxt Yuldoshvoyev,
Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati rahbari - matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi

💬 https://t.iss.one/xyuldoshvoyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

ANTIKORRUPSIYA OAV maxsus muxbiri Blogger Abdullayev tomonidan chiqarilgan "Chirchiq shahar 8-kichik nohiya hududida daraxtlarni koʻchirib oʻtkazishmoqda. Ekologiya ruxsat berganmi yoki ogʻiz ochib oʻtiribdimi?” mavzusidagi xabar yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Shuni maʼlum qilamizki, Chirchiq shahar Ekologiya inspeksiyasi masʼullari ushbu holat yuzasidan joyiga chiqib oʻrgandi va Daraxtlarni koʻchirib oʻtkazish uchun berilgan hujjatlarda kamchilik boʻlganligi sababli daraxtlarni koʻchirib oʻtkazish toʻxtatib qoʻyildi.

Xushbaxt Yuldoshvoyev,
Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati rahbari - matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi


💬 https://t.iss.one/xyuldoshvoyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Chirchiq shahrida bir odam uch kundan beri ko‘chada yotibdi” mavzusidagi murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Ushbu murojaat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, Toshkent shahar M.Ulugʻbek tumanida doimiy roʻyxatdan oʻtgan fuqaro 1966-yil 7-sentabrda tug’ilgan V.B Chirchiq shahar tumanlararo mastlik holatida bo’lgan shaxslarga tibbiy yordam ko’rsatish punkitiga joylashtirildi.

💬 https://t.iss.one/xyuldoshvoyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

⚡️ Ijtimoiy tarmoqda Chirchiq sharining “Madaniyat” mahallasida joylashgan yotoqxonasi haqidagi tarqatilgan videoxabar uch yil oldingi holat.


Ijtimoiy tarmoqda “Chirchiq shahri “Madaniyat” mahallasidagi 26 va 67-yotoqxonalar fuqoralarining bizning ahvolimizni koʻring” mazmunida video eʼlon qilindi.

Shuni maʼlum qilamizki, ushbu videoda 2021-yil sentabr oyida sodir boʻlgan holat aks etgan boʻlib, uni (eski videoni) xuddi bugungi holatdek tarqatishgan. Aslida bu video uch yil oldingi holatdagi tasvir.

Chirchiq shahri “Madaniyat” mahallasida bugungi kunda yotoqxonada hech qanday muammo yoʻq.

❗️Shu oʻrinda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar egalari va fuqarolardan tasdiqlanmagan hamda notoʻgʻri boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmasliklarini soʻraymiz. Bu boʻyicha qonunchilikda javobgarlik mavjud ekanligini eslatib oʻtamiz.

💬 https://t.iss.one/xyuldoshvoyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM