This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Kecha Muhammad Yusuf tavallud topgan sana edi. Agar shoir hayot bo‘lganida, 69 yoshga to‘lgan bo‘lar edi. Muhammad Yusufni sevib o‘qimagan yurtdoshimiz kam bo‘lsa kerak. Uning jaydari, xalqona tilda yozilgan sheʼrlarida samimiyati shundoq ufurib turar edi.
Keling, bugun "Kechki mutolaa" dasturi doirasida Muhammad Yusuf sheʼrlarini birgalikda o‘qisak, nima dedingiz?
📖 Matnni o‘qish uchun:
Muhammad Yusuf sheʼrlari
https://teletype.in/@xushnudbek/muhammad-yusuf
📹 Yuqoridagi videoda esa shoirning o‘zi o‘qigan 4 ta sheʼri (“O‘zbekiston”, "Biz baxtli bo‘lamiz", "O‘zingdan qo‘ymasin", "Bor bisotim") hamda yana bir marhum ijodkorimiz Fathulla Maʼsudov tomonidan o‘qilgan “Lolaqizg‘aldoq” sheʼri bor. Video sifati uchun uzr, topganimiz shu bo‘ldi.
Shoir aytganidek:
Mendan nima qolar:
Ikki misra sheʼr,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni o‘ylayman
O‘zimdan ko‘proq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg‘aldoq!
📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
🔘 @xushnudbekuz

Forwarded from Xushnudbek.uz
Hojatxona mavzusini davom ettirib: bu uyatli mavzu emas
Nurbek Alimov ham kecha shu mavzuda yaxshi post yozgan ekan. Ayrim tahrirlar bilan eʼlon qilyapman:
«Tualet bu inson hayotidagi eng muhim joylardan biri. Hozir begona yerda kirishdan ko‘ra, sabr qilib 10 minutdan keyin o‘z uyingdagi tualetinga kirishni afzal bilasanku to‘g‘rimi?
Uyida g‘o‘zapoyadan qilingan tualeti bor, lekin "Neksiya-3" minib yuradigan eshakmiyalar bor. Tualet temasini gapirishdan uyalishadimiyey, tabu (taqiqlangan mavzu) sifatida qaraydi.
Shaharda aylanib yurganingda qistab qolsa nima qilasiz, deb odamlarga savol berdim. Hammada deyarli bir xil javob: masjid, bank, kafe, zapravka...
Masjid beminnat (Ayollar-chi?), bank kiritadimi yo‘qmi savol, kafe yo zapravkadan biror narsa olmasdan tualetiga kirib chiqish ham asablar uchun "tak sebe" mashg‘ulot (darvoqe, “Korzinka”larda mijozlar uchun ham tualetlar bor).
Muhimi, savolimga hech kim "jamoat tualetlariga" deb javob bermadi. Xivaga borganimda markazda 3 ta tualet turibdi, hammasi yopiq. Eldor Asanov bilan bitta mehmonxonaga borib, resepshndan iltimos qilib kirib chiqqanmiz.
Maktab tualetlari haqidagi reportajlarni ko‘rib-ku, umuman ajablanmadim. Chunki bu narsalarni bilardim. Tumanlarda tualeti ichkarida bo‘lgan birorta maktab bo‘lmasa kerak.
Ota-onam qariyapti, tizzasini bukib o‘tirish qiyin bo‘lsa kerak, unitazli tualet qiberay, demaydi bir akaxon. Aytsam, ensasini qotirganday bo‘ldi. Yaxshi pul topadi. Menga nima deymanu, mana bu yerda nimadir to‘sqinlik qiladi-da (izoh — vijdonim qiynaladi, demoqchi muallif).
Yo‘llarni bo‘yida bir-ikkita yerda o‘zicha tualet qilib qo‘ygan bo‘lishibdi. Lekin taqa-taq yopiq. Nariroqda odamlar yo‘lning bo‘yida, mashinasining orqasida hojatini chiqaryapti. Erkaklarga oson. Ayollar-chi?
Eng yomon ko‘rganim, begona yerda ichidan qulflanmaydigan tualet. Kimdir kelsa, ichkaridan biron narsa deyishing kerak va o‘sha biron narsa - bu yo‘talish. Majburan o‘zingni yo‘taltirishing kerak. "Takoy pozor". Shunchaki, eshik ichidan qulflansin va kelgan odam yopiqligini ko‘rib, "ha, birov borakan" deb yo‘qolsin.
Shaxsiy qarashim bo‘yicha, hovlilarda uy ichida unitazli alohida tualet va tashqarida ham g‘ishtli, eshiklari ichidan yopiladigan tualet bo‘lishi kerak. Mehmon kelsa, o‘sha tashqaridagi tualetga yo‘naltirib yuborish kerak. Oila tualetiga begonalar kirmasligi kerak.
Xullas, baxtli yashash uchun eng avvalo qulay tualet va hammom qil. Qolgani keyin bo‘laveradi, mashina yoki qishda 2 ta xonasini isitib jon saqlaydigan yuz xonali uy va h.k.»
Post tugadi.
👉 @xushnudbek 👈

Bugun hojatxonalar haqida ko'proq gaplashamiz. Ko'pchilikka balki bu uyatli mavzudir, lekin gapirishimiz kerak. Shart va zarur.
Tushib ketgan telefonini olaman deb hojatxona ichida halok bo'lganlarning qisqa ro'yxati bu yerda.

Telegram
Xushnudbek.uz
Hojatxonaga tushib ketgan telefon sababli 3 kishi vafot etdi: ota va 2 farzand
27-aprel kuni Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida yashovchi ayolning telefoni hojatxonaga tushib ketganligi sababli otasi va ukasini yordamga chaqirgan hamda birgalikda telefonini…
27-aprel kuni Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida yashovchi ayolning telefoni hojatxonaga tushib ketganligi sababli otasi va ukasini yordamga chaqirgan hamda birgalikda telefonini…
Forwarded from Xushnudbek.uz
Davom etamiz, yana bir longrid (uzun post)
Aziza Qurbonova ham ancha oldin shu mavzuda yaxshi post yozgan edi. O'qing va xulosa qiling:
«Xizmat safarlari va oilaviy bordi-keldilar taqozosi bilan respublika bo‘ylab ko‘p sayohat qilishga to‘g‘ri keladi. Meni taʼbimni ko‘p xira qiladigan, har safar jig‘ibiyronimni chiqaradigan narsa – magistral yo‘llarda, jamoat joylarida va hatto ishxonalarda hojatxonalar kamligi, bo‘lsa ham oyoq bosishga joy topilmasligi. Kirganingdan keyin kiyim-boshingga o‘tirib qoladigan hidni ketishi uchun yana 5-10 daqiqa toza havoda turishga to‘g‘ri keladi.
"Qamchiq" dovonining Toshkentga qaytish yo‘lida juda chiroyli masjid qurilgan. Har kuni o‘n minglab yo‘lovchilar o‘tadi. Tabiiyki, ayollar masjid tahoratxonasiga kirishga istihola qilishadi. Masjid chap tomonida yaqin yillarda qurilgan (avval yo‘q edi) hojatxonaga o‘g‘lim va o‘zim uchun 2 ming so‘m to‘ladim (izoh — ushbu post 2021-yili yozilgan). Hojatxonaga qadar pullik bo‘lishini ko‘pchilik yoqtirmaydi. Ammo men to‘liq qo‘llab-quvvatlayman, agar u shunga yarasha OZODA, ISSIQ-SOVUQ suvi, sharoiti bo‘lsa! Xullas, o‘sha tualetga kirib chiqdim-u jonim chiqdi: mendan pul olgan amakining oldiga qaytib bordim. “Pullik xizmat ko‘rsatilyaptimi, shunga yarasha sal-pal tozalab turilsa bo‘lmaydimi?! Ko‘zlarim achishib ketdi axir!”
Amakiyam “odamlarning o‘zi iflos qilib tashlaydi” deb diydiyosini boshlab, “man bitta o‘zim nimayam qila olaman” deb tugatdi. Odamlarimizga uyidan boshqa hamma joyni “musorit” qilish odatiy hol ekanini men ham bilaman va tualet biznesidagilarga oson tutmayman. Ammo jamoat hojatxonasidan daromad topish bo‘yicha ish boshladimi, ichki turizmni rivojlantirish (2018-yilda tualet quradiganlarga imtiyozlar berilishi haqida SMSlar yuborilganda ayrimlar rosa mayna qilgandi, aslida zahar tang qilganda, hech kuladigan joyi yo‘q!) bo‘yicha chiqqan hujjatga ko‘ra, imtiyozlarga ega bo‘lyaptimi, marhamat qilib vazifasini bajarib qo‘ysin.
Dovon yo‘llarida bitta tuzuk hojatxona uchramasligi (zapravkadagi sal tuzukroq) haqida ko‘proq post yozsak, balki ko‘ngli nozik vodiy voliylari ancha savobli va foydali ish — zamonaviy hojatxonalar qurish, mavjudlarini taʼmirlash, hech bo‘lmasa ozodaligini saqlash bo‘yicha jiddiy o‘ylab ko‘rishar?
Samarqand yo‘lida (hali to‘liq yo‘l deyishga ancha bor) ham risoladagidek tualetlar kam. Har holda to Sirdaryo viloyati bo‘ylab Jizzaxga yetguncha shunday.
Yaqin 10 yildan beri faol viloyatlararo kezayotgan bo‘lsam, tan olaman, ancha o‘zgarish bor. Benzin/gaz zapravkalari oldida pullik bo‘lsa ham hojatxonalar ko‘paydi. Lekin oxirgi paytda sifatli hojatxona, uzr, madaniyroq tilda yozsak, sifatli sanitariya-gigiyena shoxobchalarini ko‘paytirish yoki yaxshilash tashabbusi kamaydi. 2 yil avval qurilganlari eskiryapti, pul topayotgan bo‘lsa ham yana “eski tos, eski tualet” holiga tushmoqda.
Menku yo‘llardagi jamoat tualetlarini aytyapman. Hali tuppa tuzuk ishxonalardagi, ayniqsa davlat idoralaridagi hojatxonalar ahvolini yozmadim. Hududlardagi, poytaxtdagi tashkilotlarga hatto, ish bilan borsang va tualetga yo‘ling tushsa, rahbarini “o‘ziyam shu yerga kirarmikin” deb ichingda kamida yanib o‘tasan.
Makarenko bir yozgandi: “idorasidagi tualetiga qarab rahbarning qandayligini bilsang bo‘ladi” deb. Biror joyga rahbar bo‘lgan odam o‘z kabinetini yasatish-taʼmirlashdan avval xodimlar foydalanadigan tualetni tartibga keltirib qo‘ysa edi, mansabdan ketsa ham odamlar uzoq yillar “baraka topsin” deb eslashardi.
Xonadonlardagi tualet mavzusi esa kitob bo‘ladi, agar yozsa. Ayniqsa, hojatxona qurish ishiga jiddiy qaramaydigan, hovlisining bir chekkasiga har yeridan shamol guvillaydigan tualetlarni qo‘qqaytirib, omonat qurib qo‘yib, bitta hammomni ham eplab qilib bermay, keyin yana “nega ko‘p kasal bo‘laverasan, nega sariq kasal bo‘laveradi, doim sistit, doim qiz tug‘adi” deb ahli ayollarini, bolalarini malomat qilaveradigan oila boshliqlari uchun ham bir kun alohida post yozarman».

Ko‘pchiligimiz hojatxonada telefon ishlatishga odatlanib qolganmiz. Hojatda o‘tirvoliiiib, telefon titib, Instagram, Telegram, Yutub, Feysbukni titish juda bir maroqli ishdek go‘yo. Vaqt qanaqa o‘tganini bilmay qolamiz.
Ochig‘i, tan olishim kerak, men ham taxminan shunaqaroq edim.
Yaqinda Instagramda "Eringiz 5 soatdan keyin hojatxonadan chiqsa" deb nomlanadigan bitta hazil video ko‘rdim. O‘sha video tagida eng ko‘p layk olgan izohlardan birini o‘qiganimdan buyon unaqa qilmaslikka harakat qilyapman. Haqiqatda fikrim ancha o‘zgardi. Soatlab ezmalanib o‘tirishdan tiyildim.
Siz ham o‘qib ko‘ring va xulosa qiling.

Shu 2 ta rasm yonma-yon tursa mantiqan to’g’ri bo’larkan :)
Tabriklaganlarga chin dildan rahmat!
Tabriklaganlarga chin dildan rahmat!
Obunachilar ushbu postlardan keyin:
Kim aytadi bularni kap-katta odamlar deb, ikkalasi ham bir-biridan o’tgan bachkana.

Audio
Kechki mutolaa
Abdulhamid Ismoil. Sangin mehmon (hikoya)
Izoh: bugun odatdagidan biroz kattaroq hikoya tanladik. O'qish yoki eshitish uchun yarim soatcha vaqtingiz ketadi. Ammo hikoya bu ketkazgan vaqtingizga arziydi, degan umiddamiz.
Asli O‘zbekistondan bo‘lgan Suhrob Surʼataliyev Moskvada haykaltarosh bo‘lib taniladi. Uning vatandagi qarindoshlar bilan aloqasi uzilgan, lekin kunlardan bir kuni “jiyaningizman, yordam kerak” deb bir yigit qo‘ng‘iroq qiladi. Hamma voqea shundan boshlanadi.
📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/sangin-mehmon
🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.
📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
🔘 @xushnudbekuz
Abdulhamid Ismoil. Sangin mehmon (hikoya)
Izoh: bugun odatdagidan biroz kattaroq hikoya tanladik. O'qish yoki eshitish uchun yarim soatcha vaqtingiz ketadi. Ammo hikoya bu ketkazgan vaqtingizga arziydi, degan umiddamiz.
Asli O‘zbekistondan bo‘lgan Suhrob Surʼataliyev Moskvada haykaltarosh bo‘lib taniladi. Uning vatandagi qarindoshlar bilan aloqasi uzilgan, lekin kunlardan bir kuni “jiyaningizman, yordam kerak” deb bir yigit qo‘ng‘iroq qiladi. Hamma voqea shundan boshlanadi.
📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/sangin-mehmon
🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.
📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
🔘 @xushnudbekuz
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Keldik, Allohga shukr
Uzoqroq joyga uchilganda samolyotda offlayn bo’lib qolgan paytni yaxshi ko’raman. Ilgari faqat uxlardim. Hozir esa telefondan chalg’ib, kitob o’qish yoki biror foydali videolar (yoxud kinolar) ko’rish imkoniyatini qo’ldan bermaslikka harakat qilaman.
Kecha ham 6 soatlik safar davomida avvaldan YouTube’da saqlab qo’yilgan (shunaqa qilinmasa, samolyotda internet bo’lmaydi, ko’rish imkonsiz) videolarni ko’rib ketdim. Aniqrog’i Chto? Gde? Kogda? ko’rsatuvining Bahorgi mavsumidagi barcha 5 ta o’yinni ko’rib tugatdim. Mazza qildim.
P.S.: “Masha va Medved”ga e’tibor bermanglar, bu o’g’limning ishi 😉

Forwarded from Kainbek
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Очиқ бюджет қувончлари
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
To’ydan qolsang ham, trenddan qolma 😂
P.S.: sal kayfiyatni ham ko’tarib turish, doim xo’mrayib jiddiy yuravermasdan.