Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
60.1K subscribers
841 photos
521 videos
4 files
515 links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.

Asosiy kanal — @xushnudbek.
Download Telegram
SAID AHMAD Bir siqim xan...
Mikrofon ko'targan ayol
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 15 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Said Ahmad. Bir siqim xandon pista (hajviya)

Izoh: Bugun o‘zbek adabiyotiga murojaat qildik. Aziz Nesinning hajviy hikoyalari ko‘pchilikka manzur bo‘lgan edi. Bizda ham ana shunday so‘zga usta adiblarimiz ko‘p aslida. Bunga misol qilib Said Ahmadni keltirish mumkin. Yaxshi eslayman, bolaligimda Said Ahmadning "Xandon pista" nomli hikoyalar to‘plamini sevib, bir necha marta o‘qigandim. Muqovasi yashilmidiyey, vallohu a’lam. Sizlarga ham bugun ana shunday hikoyalaridan birini o‘qish (eshitish) uchun tavsiya qilaman.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/bir-siqim-xandon-pista

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/RIu5yll0GAk

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Arab tilini o’rganayotganlar uchun yaxshi layfhak :)

“H:ā” harfini aytishning oson usuli haqida.
Kanalimiz obunachilari adashmabdi, Real va Milan yarim finalda :)

P/S: men shunchaki bitta variantni belgilab qo'yganman, javobni ko'rish uchun.
Hayit kuni bugun e’lon qilinadi, Alloh nasib qilsa.

Hayit kuni borasida ko’p muhokamalar bo’lyapti, ayniqsa guruhlarda bu bo’yicha maynavozchiliklar ham tarqatilyapti. “Hayitmish hayitmasmish” degan bema’ni prikolni yoki din dushmanlari, yoki dindan bexabar insonlar to’qigan. Siz bunaqa maynavozchilikni tarqatishga sherik bo’lmang, iltimos. Tarqatayotganlarga ham to’g’ri tushuntiring.

Fatvo masalasining ustidan kulinmaydi, bilib-bilmay gunohkor bo’lib qolishimiz mumkin.


🔘 @xushnudbekuz
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Voice message
Mubashhir Ahmad domlaning bu bo’yicha fikrlariga qo’shilaman.
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️RASMAN: O‘zbekistonda Ramazon hayitining birinchi kuni 21-aprel — juma kuniga to‘g‘ri keladi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Rasman: 4 kun ketma-ket dam olish kuni bo’ladi

Prezident farmoniga ko’ra, Ramazon Hayiti munosabati bilan quyidagi kunlar dam olish kuni bo’ladi:

21-aprel, juma — Hayit bayrami;

22-aprel, shanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

23-aprel, yakshanba — odatdagi dam olish kuni;

24-aprel, dushanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
❗️Rasman: 4 kun ketma-ket dam olish kuni bo’ladi Prezident farmoniga ko’ra, Ramazon Hayiti munosabati bilan quyidagi kunlar dam olish kuni bo’ladi: 21-aprel, juma — Hayit bayrami; 22-aprel, shanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha…
Tuzatish: 24-aprel, dushanba kuni barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni etib belgilanibdi.

Ya’ni ushbu kun hisobidan haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlar boshqa kuni ishlab berishi shart bo’lmaydi, ular uchun 29-aprel, shanba kuni ham dam olish kuni bo’ladi.
Ayrim talabalar “24-aprel, dushanba kuni bizga o’qish bo’ladimi yo’qmi”, deb so’rashmoqda.

Bunaqa savolni maktab o’quvchilari bersa, tushunsa bo’ladi. Lekin zamonaviy talabalarga yarashmaydi.

24-aprel BARCHA xodimlar uchun dam olish kuni deb e’lon qilindi. Demak, OTM professor-o’qituvchilari ham dam oladi. Bo’ldi, yana nimasini o’ylanasizlar, nahotki shuni kimdir rasman xabar bermasdan turib, tushunish qiyin?

Yo’q, tushunaman, sizlar juda-juda o’qishga borgingiz kelgani uchun, dam olishni xohlamasligingiz uchun shunaqa so’rayapsizlar. Shu sabab o’qituvchilar kelmasa ham, dushanba kuni bemalol o’qishga borishlaringiz mumkin. Ruxsat😉


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aytishlaricha, 4 kun dam olgan xodimlar va talabalarda taxminan mana bunaqa dangasalik kasali qo’zg’ab qolish xavfi bor emish😉


🔘@xushnudbekuz
Toshkentdan chiqib ketishda juda dahshatli tirbandlik.

Toshkent 4 kun erkin nafas oladigan bo’ldi. Xuddi “ujas” filmlaridagidek ko’chalar huvillab qolsa kerak-a? :)
Audio
Kechki mutolaa

Nazar Eshonqul. Qo‘l (hikoya)

Izoh:
bugun odatdagidan biroz kattaroq hikoya tanladik. Lekin zo‘r hikoya. Juda dahshat.

Hikoyada bir kambag‘al tandirchining uyida paydo bo‘lgan egasi yo‘q o‘g‘ri qo‘l haqida so‘z boradi. Tasavvur qilyapsizmi, qo‘lning o‘zi boru, lekin egasi yo‘q. Va bu qo‘l har kuni ovqatga sherik, kambag‘al oilaning rizqini o‘maradi. Oxiri nima bo‘lganiga qiziqsangiz, unda hikoyani o‘qing yoki eshiting.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/nazar-eshonqul-qol

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 6 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Gabriel Garsia Markes. Og‘riq tish (hikoya)

Izoh:
ushbu qisqa hikoyada shifokorlik burchi haqida so’z boradi. Bir necha inson o’limiga sababchi bo’lgan, xalq pulini o’g’rilaydigan korrupsioner amaldorga xizmat ko’rsatish kerakmi yoki kasbiy burch ustunmi?

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Markes-ogriq-tish

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz