Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
62.7K subscribers
863 photos
543 videos
4 files
530 links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.

Asosiy kanal — @xushnudbek.
Download Telegram
O‘qishga kirish qiyinmi? Joriy yilda 60 ball bilan 1500 ga yaqin yo‘nalishga kontraktga kirsa bo‘lar edi
#abituriyent

O‘qishga kirish qiyin yoki osonligini ko‘rsatuvchi eng yaxshi ko‘rsatkich, bu o‘tish ballarini tahlil qilishdir. Menga doim qiziq bo‘lgan, masalan, 100 ball olgan abituriyent qayerlarga o‘qishga kira oladi? Nechta joyga bali yetgan bo‘lardi?

Yuqoridagi jadvalda davlat granti uchun 4 ming 256 ta, to‘lov-kontrakt uchun esa kunduzgi ta’limda 3 ming 215 ta, sirtqida 1 ming 458 ta, kechkida 285 ta va masofaviyda 80 ta yo‘nalishlardagi 2024-yilgi o‘tish ballarining tahlili aks etgan.

Davlat granti bo‘yicha

Davlat granti misolida ko‘radigan bo‘lsak, 100 ball olgan abituriyentlar 1 ming 532 ta yo‘nalishga grantga kira olgan. Bu umumiy yo‘nalishlarning 36% ini tashkil qiladi.

Joriy yilda 70 ball bilan 570 ta (13,4%) yo‘nalishga davlat grantiga kirish mumkin bo‘ldi.

150 ball olganlar esa 70 foiz grantga kirdi, degani bo‘lgan. Faqat to‘g‘ri yo‘nalish tanlay olgan bo‘lsa bo‘ldi.

To‘lov-kontrakt bo‘yicha

Kontraktda esa kirish ballari aaaancha past. Masalan, atigi 80 ball bilan kunduzgi ta’limning 56 foiz yo‘nalishiga, sirtqida 72%, kechkida 60%, masofaviyda esa 96% yo‘nalishga kontraktga o‘qishga kirsa bo‘ladi. Bor-yo‘g‘i 80 ball to‘plasa yetadi.

Yoki 60 ball bilan barcha ta’lim shakllarini qo‘shganda 1 ming 466 ta yo‘nalishga kontraktga kirish mumkin edi.

100 ball to‘plasangiz-ku, kontraktga kirish ehtimolingiz juda yuqori bo‘lgan. Masalan, kunduzgida 2 ming 286 ta (71%), sirtqida 1 ming 274 ta (87%) yo‘nalishga o‘tish ballari 100 dan past bo‘lgan.

Albatta, bu umumlashtirilgan natijalar. Ayrim talabgir yo‘nalishlarda kirish ballari yuqori bo‘lganini bilaman. Lekin unaqalar soni juda kam bo‘lgan.

Umumiy holat shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qishga kirish juda oson, faqat to‘g‘ri yo‘nalish tanlay olishga ham ko‘p narsa bog‘liq. Boshqacha aytganda, yoki orzu qilingan o‘ta nufuzli yo‘nalishga kirish uchun yetarli darajada o‘qish kerak, yoki to‘plangan ballga yarasha yo‘nalish tanlash kerak.


🔘 @xushnudbekuz
“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumiga ovoz berish boshlandi!

Bu safar ovoz berish 10 kun bo’ladi va 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.

Barchaga omad!


🔘 @xushnudbekuz
Kim nechanchi o‘rinda turganini qachon bilsa bo‘ladi?
#abituriyent

Joriy yilgi test sinovi natijalari chiqqach, abituriyentlar faqat o‘zining natijasini ko‘ra olayotgan edi. Ammo OTMlar kesimida umumiy ro‘yxat e’lon qilinmagan va kim nechanchi o‘rinda turganini bilib bo‘lmasdi. Avvalgi yillarda bunaqa imkoniyat bor edi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, kim nechanchi o‘rinda turgani haqidagi ma’lumotlar bugun mandat.uzbmb.uz saytida e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar bo‘lsa, yana alohida xabar beramiz.


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men haqimda qo’shiq aytib chiqishibdi 😂 (#)

Nega Xorazm shevasida deysizmi? Chunki Xushnud ismi eng ko’p Xorazmda tarqalgan. Ismimni eshitib, mendan ham ko’p bora “Xorazmlikmisiz?” deb so’rashadi.


🔘 @xushnudbekuz
‼️O‘zAda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan muxbir ish boshladi

Sun’iy intellekt har bir sohaga shiddat bilan kirib kelmoqda, bunda jurnalistika ham chetda qolgani yo‘q.

Biz ham sun’iy intellekt yutuqlaridan foydalanib, O‘zA uchun robot-muxbir modulini yaratdik. Real inson prototipini o‘zlashtirgan ushbu modul kelgusida bizga istalgan matndan qisqa vaqtda video yaratish imkonini beradi, bunda insonning yuz va qo‘l harakatlari hamda ovozini aslidek saqlab qoladi.

Ushbu muxbir 9 ta tildao‘zbek, ingliz, rus, fransuz, arab, xitoy, nemis, ispan va qozoq tillarida rasmiy xabar va yangiliklarni yetkazib turadi.

Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan ushbu muxbirga biz Sobira Xoldorova deb nom berdik. Chunki Sobira Xoldorova Markaziy Osiyo va O‘zbekistondagi birinchi professional jadid ayol jurnalisti edi va qatag‘on qurboni bo‘lgan ushbu yurtdoshimizning yorqin xotirasini tiklashni maqsad qilganmiz.

Soxta videolardan himoyalanish maqsadida har bir videoda maxsus QR-kod mavjud. Agar uni faollashtirsangiz, O‘zA rasmiy saytidagi videoga havola chiqadi va shu orqali video haqiqiyligini aniqlay olasiz.

Xullas, biz bir necha oylik mehnatimiz samarasini bugun rasman e’lon qildik. Buning ustida katta jamoa qattiq mehnat qildi, ularga ham rahmat aytaman. Ilohim, boshlagan ishimiz xayrli bo‘lsin.

Ko‘ring va baho bering.


🔘 @xushnudbekuz
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
‼️O‘zAda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan muxbir ish boshladi Sun’iy intellekt har bir sohaga shiddat bilan kirib kelmoqda, bunda jurnalistika ham chetda qolgani yo‘q. Biz ham sun’iy intellekt yutuqlaridan foydalanib, O‘zA uchun robot-muxbir modulini…
Yoshlar uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘i

Albatta, bu hali birinchi bosqichdagi ishlar. Oldimizda takomillashtirishimiz kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p. Balki dastlabki bosqich kimlar uchundir juda sodda bo‘lib ko‘rinayotgandir, lekin biz bu borada uzoq muddatli strategiya qilganmiz. Hozir qo‘lda bajarilayotgan ayrim bosqichlarni sekin-asta to‘liq avtomatlashtirishga o‘tamiz. Lekin hozirgi bosqichda ham u bizga ancha-muncha mehnat va xarajatni tejashga yordam beradi.

Men ishonaman, kelgusida sun’iy intellekt aytilishi kerak bo‘lgan yangilikni ham o‘zi tanlab, matnni ham o‘zi yozib, o‘zi tahrirlab, o‘zi turli tillarga o‘girib, o‘zi video qilib, o‘zi subtitrlarini qo‘yib, yoniga surdo-tarjimon harakatlarini ham joylashtirib, video uchun o‘zi poster yasab, o‘zi qachon va qaysi paytda e’lon qilishini ham rejalashtirib, o‘zi saytda e’lon qilib, o‘zi uni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatadigan darajaga ham chiqiladi.

O‘z ustida ishlamaydigan jurnalistlar uchun xavotirli davrlar yaqinlashmoqda. Bu jiddiy signal va bundan to‘g‘ri xulosa chiqarish kerak. O‘zi aslida bu ogohlik qo‘ng‘irog‘i nafaqat jurnalistlar, balki boshqa yuzlab kasblar uchun ham chalinmoqda.

Odam bilan raqobatlashsa bo‘ladiyu, lekin sun’iy intellekt bilan... Bilmadim, bilmadim.


🔘 @xushnudbekuz
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 17 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Gabriel Garsiya Markes. Jazirama (hikoya)

Izoh
: Poyezd alvon-alvon qoyalar oralig‘idagi po‘lat izdan larzalanib chiqib, bananzor oralab pishqira ketdi. O‘ngda ham, so‘lda ham — hamma yoqda bir xil — bananzor, oxiri ko‘rinmaydi. Havo nam tortib, dengizdan kelayotgan epkin sezilmay qoldi. Vagon derazasidan ko‘ngilni aynitadigan achchiq tutun yopirildi...

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/gabriel-garsiya-markes-jazirama

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/S_nTR5eFhKM

🎙Bugungi hikoya audiosini Sabinaxon Tursunova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tez orada Toshkent va boshqa hududlardagi jamoat transportlarida xuddi shu holat bo’ladi. Talabalar “hujum”ga tayyorlanmoqda 😂


🔘 @xushnudbekuz
ChatGPT’ga O’zbekistonda oxirgi haftada bo’lgan eng asosiy yangiliklarni qisqa matnda yig’ib ber, degandim.

Demak, haftalik daydjest tayyorlash uchun alohida muharrirga ham ehtiyoj kamayib boraveradi.


🔘 @xushnudbekuz
O’ta shaxsiymushde, lekin 60 ming obunachimish… 😂


🔘 @xushnudbekuz
Abituriyentlar nechanchi o‘rinda turganini ko‘rishi mumkin bo‘ldi

mandat.uzbmb.uz saytida kengaytirilgan qidiruv funksiyasi ochildi va unda OTM, tegishli yo‘nalish, ta’lim shakli va tilini tanlagan holda yakuniy mandatda abituriyentlarning joylashgan joyini ko‘rish mumkin bo‘ldi.


🔘 @xushnudbekuz
⚡️Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9-sentyabr, dushanba kunidan boshlanadi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 321-sonli buyrug‘ida belgilandi.

Akademik litseylarda esa yangi o‘quv yili 4-sentyabr, chorshanba kunidan boshlanadi.


🔘 @xushnudbekuz
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
⚡️Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9-sentyabr, dushanba kunidan boshlanadi, deya xabar bermoqda O‘zA. Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 321-sonli buyrug‘ida belgilandi. Akademik litseylarda esa yangi…
Bizda o’qigan matnni tushunish degan ko’nikmalarni rivojlantirish kerak. Masalan:

Post: Barcha oliy ta’lim muassasalarida yangi o’quv yili 9-sentyabrdan boshlanadi.

Ushbu post tagidagi savollar:

Akang kuchaydi: 1-kurslarga hammi?

Zalatoy: 2-kurslarga hammi?

Princessa: 3-kurslarga hammi?

Qalbim faqat sizniki: 4-kurslarga hammi?

Oq xalatli farishta: 5-kurslarga hammi?

Inshaalloh Doktor Haus: 6-kurslarga hammi?

Nabiramning dodasi: 7-kurslarga hammi?

Ishlashni xohlamayman: magistrlargachi?

Eynshteyn xijolat: doktorantlargachi?


🔘 @xushnudbekuz
Prezident farmoniga ko’ra, bokschi qizimiz Sitora Turdibekova “Jasorat” medali bilan taqdirlanibdi.


🔘 @xushnudbekuz