Birinchi videoda kanaliga a’zo bo’ldim.
Ikkinchi videoda savoliga javob berdim.
Yana shunaqalar bormi?
🔘 @xushnudbekuz
Ikkinchi videoda savoliga javob berdim.
Yana shunaqalar bormi?
🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Parij Olimpiadasi tufayli “Turon” degan nom trendga chiqdi.
Qani edi, davlatlarimiz shu Turon nomi ostida xuddi Yevropa ittifoqidek birlashsa, yagona pul, umumiy viza, yaxlit chegara bo’lsa.
Bu hozircha orzu. Lekin qachondir Yevropa ittifoqi ham orzu bo’lgan-ku.
🔘 @xushnudbekuz
Qani edi, davlatlarimiz shu Turon nomi ostida xuddi Yevropa ittifoqidek birlashsa, yagona pul, umumiy viza, yaxlit chegara bo’lsa.
Bu hozircha orzu. Lekin qachondir Yevropa ittifoqi ham orzu bo’lgan-ku.
🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mbappe “Real” tarkibidagi debyut o’yinida ilk golini urdi.
Pochin bor. Boshlandi shekilli…
🔘 @xushnudbekuz
Pochin bor. Boshlandi shekilli…
🔘 @xushnudbekuz
Mbappe hozir o'ylayapti: "Real" haqiqatdan shunaqa buyuk jamoa ekanki, bittagina o'yin bilan kubok yutyapmaney :)
🔘 @xushnudbekuz
🔘 @xushnudbekuz
Nimagadir, hozir, ayni shu payti, mana shu rasmni qo'yib, maqtangim kelib qoldi, shu desangiz. Ha, to'g'ri, bu men, 2024-yilgi Chempionlar ligasi finalini "Uembli" stadionidan tomosha qilganman. Endi, uzr, kamtarlik tarqatilayotganda uxlab qolgan bo'lsam kerak :)
Aytgancha, qo'lim bilan 2:0 hisobiga ishora qilyapman. Hozirgi Superkubok ham shu hisob bilan tugadi. Yana "Real" chempion.

Men 5 yoshda maktabga chiqqanman.
Vaqtli maktabga chiqish bolaga ruhiy zo’riqish beradi, degan gaplarning hammasi bekor gap.
Mana, menda hech narsa sezilgani yo’q, sezilgani yo’q, sezilgani yo’q…

Bugun uxlasangiz bo’laveradi. Mandat chiqmaydi.
Xudo xohlasa, mandat ertaga e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda. Buning uchun hamma narsa tayyorligini aytishdi.
🔘 @xushnudbekuz
Xudo xohlasa, mandat ertaga e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda. Buning uchun hamma narsa tayyorligini aytishdi.
🔘 @xushnudbekuz
2024-yilgi o‘tish ballari e’lon qilindi
Mandat chiqqandan so‘ng, hozircha abituriyentlar faqat o‘zlarining kirgan yoki kirmaganligini, agar kirgan bo‘lsa, grant yoki kontraktligini bilishlari mumkin bo‘lmoqda.
Kim nechanchi o‘rinda turgani haqidagi ma’lumotlar hozircha mavjud emas.
Ammo 2024-yilgi o‘tish ballari e’lon qilingan. Siz o‘z yo‘nalishingizni tanlab, o‘sha yo‘nalish uchun grant va kontraktga o‘tish balini ko‘ra olasiz.
👉 https://mandat.uzbmb.uz/BallVuz2024
Bu ma’lumot o‘qishga kira olmaganlar uchun ham muhim. Chunki super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsa, 4 ballik arzon shkalaga to‘g‘ri keladimi yoki yo‘qmi, o‘tish bali haqida tekshirib olishlari mumkin.

Imtiyozlilar uchun o‘tish ballari e’lon qilindi
Bunda abituriyentlar imtiyoz turini tanlagan holda, 2024-yilgi o‘tish ballarini ko‘rishlari mumkin.
👉 https://mandat.uzbmb.uz/Imtiyoz2024
Ma’lumot uchun: imtiyozlilarning o‘tish ballari super-kontrakt uchun amal qilmaydi. Ya’ni imtiyoz olgan qaysidir abituriyent imtiyozlilarning o‘tish baliga 2-3 ball yetmay qolgan bo‘lsa, unda 4 ballik shkalada super-kontrakt qila olmaydi. Super-kontrakt uchun faqat umumiy o‘tish ballari inobatga olinadi.

Bilaman, super-kontrakt haqida so’ramoqchisizlar-a? :)
Hali narxi tasdiqlangani yo’q. Sentyabrning o’rtalarigacha chiqib qolsa kerak. Hozirdan qiy-chuv qilish shartmas, yoki sabr qilib kutiladi, yoki boshqa (xususiy) variantlar ko’rib turiladi.

Ustuvorlik masalasida tushuntirish
Mandat natijalari chiqqach, javoblar sahifasidagi yozuvlar bo‘yicha ayrim tushunmovchiliklar bo‘layotgan ekan.
Kimlardir men ta’lim yo‘nalishi ustuvorligini tanlagan edim, lekin davlat grantiga o‘tib qolibdi, yoki teskarisi bo‘ldi deyishmoqda.
Shu sababli ushbu ma’lumot sizga foydali bo‘lsa kerak:
Agar javoblar varaqangizda "BARCHA yo‘nalishda" degan yozuv bo‘lsa, bu tanlov ustuvorligi "Davlat granti" ekanligini anglatadi. Ya’ni barcha yo‘nalishda avval davlat granti ko‘rib chiqilgan, keyin kontraktga o‘tilgan;
Agar javoblar varaqangizda "HAR BIR yo‘nalishda" degan yozuv bo‘lsa, bu tanlov ustuvorligi "Ta’lim yo‘nalishi" ekanligini anglatadi. Ya’ni birinchi yo‘nalish bo‘yicha grant va kontrakt ko‘rib chiqilgan va keyin ikkinchi yo‘nalishga o‘tilgan.
Demak, yana bir xulosa qilamiz:
BARCHA so‘zi bo‘lsa — davlat granti ustuvorligi;
HAR BIR so‘zi bo‘lsa — ta’lim yo‘nalishi ustuvorligi.

«Super-kontrakt» haqida ayrim maʼlumotlar
#abituriyent
O‘qishga kira olmagan ko‘plab abituriyentlarda super-kontrakt bilan bog‘liq savollar paydo bo‘layotganini hisobga olib, ayrim tushuntirish berib o‘taman.
‼️Eng avvalo bir narsani unutmang: 2024-yil uchun super-kontrakt narxi va tartiblari hozircha tasdiqlangani yo‘q. Tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beramiz.
2023-yilgi narxlar mana bu yerda:
https://t.iss.one/xushnudbek/21116
❓4 ballgacha yetmaganlar qancha to’laydi?
Super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha:
➖ o‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
(masalan, kontrakt 10 mln so’m bo’lsa, 1 ballgacha yetmaganlar 15 mln so’m to’laydi);
➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari;
➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;
➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari.
❗️ESLATMA: 4,05 ballgacha deb yozilganiga ko‘pchilik chalg‘imoqda va buni 4,5 ball deb o‘ylayapti. Ammo unaqa emas. 4,05 (to‘rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to‘rt yarim) ballning farqi katta. Kirish chizig‘iga 4,1 (to‘rt-u bir) balldan ko‘p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.
4,1 ball va undan ko‘proq yetmaganlarning barchasiga (56,7 balldan baland bo‘lsa) 8, 10, 12, 15, 17 va 25 baravar qo‘llanadi.
❓Super-kontrakt bilan bir qatorda oddiy kontrakt ham qo‘shib to‘lanadimi?
Yo‘q, unaqa emas. Birinchi yili faqat super-kontrakt summasi to‘lanadi, oddiy (bazaviy) kontrakt qo‘shib to‘lanmaydi. Ikkinchi yildan boshlab esa faqat oddiy kontrakt to‘lanadi, super-kontrakt to‘lanmaydi.
❓Super-kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachongacha ariza berishi kerak?
Hali super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmayapti. Ertagayoq OTMga yugurib borishingiz shart emas. Arizani sentyabr oyida, o‘qishlar boshlangach ONLAYN berasiz.
Kim birinchi ariza bersa, o‘sha birinchi qabul qilinadi, degan qoida yo‘q. Talabgorlar to‘plangan ballga qarab tartibga solinadi, yaʼni avval yuqori ball to‘plaganlarga imkon beriladi.
❓Ariza berish uchun OTMga borish kerakmi?
Yo‘q. 3 yildan buyon super-kontrakt uchun arizalar onlayn qabul qilinadigan bo‘ldi. Siz uyingizdan chiqmagan holda internet orqali ariza yuborasiz. Buning uchun OTMga kelish, kimnidir kabinetida navbat kutish, kimlargadir iltimos qilish shartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt ishga tushgach, qo‘shimcha xabar qilinadi.
❓O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?
Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?
✅ Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.
O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.
❓O‘qishga KIRA OLMAGANLAR istalgan beshta yo‘nalishda super-kontrakt qila olishadimi?
Ushbu masala ham hozircha nomaʼlum. Aniq bo‘lgach, xabar beriladi. O‘tgan yili beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi.
❓ Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?
Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit taklif qilishi mumkin.
Ammo super-kontraktga kirganlar 2-kursdan oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin. Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limga beriladi.
❓Super-kontraktni bo’lib to’lasa bo’ladimi?
Ha, 4 ga bo’lib to’lash mumkin.
❓56,7 balldan kam to’plaganlar ham super-kontraktda o’qisa bo’ladimi?
Javob: https://t.iss.one/xushnudbek/21132

Telegram
Xushnudbek.uz
Super-kontrakt narxlari (yo’nalishlar kesimida)
#abituriyent
Mazkur faylda 2023/24- o’quv yili uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.
Faylda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim…

1-kurslar uchun ham yotoqxonaga onlayn ariza topshirish imkoniyati ochilibdi
Xizmatdan foydalanish uchun havola:
https://my.gov.uz/oz/service/870
Topshiringlar!
🔘 @xushnudbekuz
Xizmatdan foydalanish uchun havola:
https://my.gov.uz/oz/service/870
Topshiringlar!
🔘 @xushnudbekuz
Magistratura javobini kutyapsizlarmi? Kutmanglar, bugun chiqmaydi. Sal keyinroq batafsil yozaman.
🔘 @xushnudbekuz
🔘 @xushnudbekuz
❓Magistratura javobi bugun chiqadimi?
#abituriyent
JAVOB: Yo‘q, bugun chiqmaydi. Umuman olganda magistraturaga o‘qishga kirish bo‘yicha yakuniy javob yaqin kunlarda chiqishi kutilmayapti, kamida yana 1 haftalar kutilsa kerak.
Sababi hozirda talabgorlar tomonidan topshirilgan xorijiy tilni bilishni tasdiqlovchi sertifikatlar tekshirilmoqda. Afsuski, orasida soxtalari ham bor. Shuning uchun har bir sertifikat asosi rasmiy hujjatlar orqali tekshirilmoqda.
Bunda eng ko‘p vaqt O‘zbekistonda emas, xorijda olingan sertifikatlarni tekshirish jarayoniga ketayotganini aytishdi.
Xullas, yaqin bir hafta ichida magistratura javoblari chiqmasa kerak, kutib o‘tirmang.

“Perevod” uchun kecha testga kirganlarning javobi bugun chiqadi. Kutib tursangiz, tez orada e’lon qilinadi.
O’qishdan farqli o’laroq, “perevod”da testda olgan balini bilishi bilanoq, o’tgan yoki o’tmagani ma’lum bo’ladi. Chunki “perevod”da talabgorning raqobatchisi yo’q. Belgilangan o’tish balini to’plasa bo’lsa, boshqalar necha ball olgani qiziqmas. Ya’ni o’zi bilan o’zi kurashadi xolos.