Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
62.6K subscribers
867 photos
546 videos
4 files
530 links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.

Asosiy kanal — @xushnudbek.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
‼️Qabul ochildi
#abituriyent

Bugundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro'yxatdan o'tishlari mumkin. Ro'yxatda o'tish jarayonini videoda tushuntirib berganman.

Muhim joylari:

abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi xolos;

agar kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda aynan o'zi kirmoqchi bo'lgan OTMda ijodiy imtihon topshirish shart emas. Masalan, kimdir O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetiga kirmoqchi bo'lsa, unda ijodiy imtihonni istalgan hududda, aytaylik Buxoro yoki Andijonda topshirsa ham bo'ladi;

Test topshirish hududi qismida So'x va Denov tumani ham bor. Ya'ni So'x tumanidagilar Farg'ona shahriga, Denov hamda uning atrofidagi tumanlar Termiz shahriga kelishi shart emas;

Avvalgi yillarda bitirganlar testga kirish uchun 170 ming so'm miqdorida to'lov qilishi kerak bo'ladi. To'lovni 25-iyungacha bo'lib to'lash ham mumkin, undan kechiksa, testga kiritilmaydi;

fikri o’zgarib qolgan abituriyent 25-iyungacha qayta ariza topshirsa bo’ladi. 25-iyundan keyin arizani o’zgartirishga ruxsat berilmaydi;

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.


🔘 @xushnudbekuz
Chet tili sertifikati uchun may oyida imtihon topshirganlarning natijasi qabul yakunigacha chiqadimi?
#abituriyent

JAVOB: Ha, chiqadi.

Mazkur savol bo’yicha UzBMB vakili bilan bog’lanib aniqlik kiritishga harakat qildim. Olingan ma’lumotlarga ko’ra, may oyidagi imtihon natijalari 25-iyunga qadar, ya’ni qabul tugagunga qadar e’lon qilinadi. Yetarli darajadagi natijani ko’rsatgan abituriyentlarning shaxsiy sahifasida bu haqdagi ma’lumot avtomatik ravishda o’zi paydo bo’ladi.


🔘 @xushnudbekuz
Fanlar majmuasi 2024-2025 (yangilangan).pdf
545.7 KB
Yangilangan fanlar majmuasi tasdiqlandi. O'zgarishlar bor
#abituriyent

2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari maqbullashtirilib, ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi qayta tasdiqlandi.

5-iyundan boshlangan qabulda faqat fanlar majmuasi tanlanyapti xolos. Bunday vaziyatda ko’plab abituriyentlardan “men falon fanlarni tanlasam, bu kelgusida qaysi yo’nalishlarga to’g’ri keladi?”, degan savollar kelib tushmoqda.

Buni bilish uchun yuqoridagi faylda ko'rsatilgan fanlar majmuasi bilan tanishib chiqing.

Avvalgi fanlar majmuasida 573 ta yo'nalish mavjud edi. Yangisida 198 ta yo'nalish ro'yxati tasdiqlangan. Demak, maqbullashtirish natijasida 375 ta yo'nalish yoki birlashtirilgan, yoki qisqartirilgan.


🔘 @xushnudbekuz
Hujjat topshirayotganda nega yo‘nalish tanlayapmiz? Testdan keyin boshqa yo‘nalishni tanlay olmaymizmi?
#abituriyent

Shu kabi savollar ko‘p berilmoqda.

Darhaqiqat, UzBMB saytidan ro‘yxatdan o‘tayotganda "fanlar majmuasini tanlash" degan joyni bossangiz, sizga yo‘nalishlar ro‘yxatini chiqarib beradi. Shu sababli ko‘pchilik "biz yo‘nalish tanlayapmiz" deb o‘ylab, adashyapti.

Aslida joriy yildan boshlab, birinchi bosqichda yo‘nalish emas, shunchaki fanlar majmuasi tanlanadi. Ya’ni siz qaysi fandan imtihon topshirishingizni belgilaysiz xolos. Testlar to‘liq yakunlangach esa, o‘sha fanlarga mos keladigan BESHTA yo‘nalishni tanlaysiz. Bunda yo‘nalish tanlashda hech qanaqa cheklov yo‘q, asosiysi fanlar majmuasiga to‘g‘ri kelsa bo‘ldi.

Unda nega ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish chiqyapti?

Menimcha, fanlar majmuasini tanlashda abituriyentlarga osonroq bo‘lsin, mo‘ljal olishga qiynalishmasin, degan maqsadda shunaqa qilingan bo‘lsa kerak.

Aslida texnik jihatdan chalg‘itmaydigan boshqacha yo‘l qilish kerak edi. Ya’ni abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda dastlab birinchi fanni, keyin ikkinchi fanni tanlashi kerak, ro‘yxatda ham faqat mavjud fanlar nomi chiqishi kerak edi.

Fanlarni tanlab bo‘lgach, pastda shu fanlarga mos keladigan yo‘nalishlarning to‘liq ro‘yxati chiqishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shunda abituriyentda to‘liq tasavvur paydo bo‘lardi. Hozirgi usul esa, rostdan chalg‘ityapti.

Bundan tashqari ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qaysi fanlar majmuasi qaysi yo‘nalishga to‘g‘ri kelishini oson tekshirib oladigan imkoniyat ham bo‘lishi kerak. Buning uchun albatta Telegram kanallarga o‘tib, qaysidir faylni ko‘chirib olib qarashi shart emas.

Balki bu yil shoshilinch o‘zgarishlar bo‘lganiga, ulgurishmagandir, ammo kelasi yildan algoritmni o‘zgartirish kerak.

‼️XULOSA: ro‘yxatdan o‘tishda tanlayotgan yo‘nalishingizning hech qanday ahamiyati yo‘q. Hozir asosiysi fanlar majmuasiga qarashingiz kerak. Test yakunlangach, istalgan yo‘nalishni tanlashingiz mumkin bo‘ladi. Hattoki ro‘yxatdan o‘tishda belgilagan yo‘nalishingizni umuman tanlamaslikka ham haqqingiz bor.

Masalan, yuqoridagi rasmda men "Buxgalteriya hisobi" degan yo‘nalishni tanladim va matematika-chet tili fanlari chiqib keldi. Test tugagach, men matematika-chet tiliga mos keladigan beshta yo‘nalishni tanlayman, bunda aynan buxgalteriyani tanlashim shart emas.

ℹ️ ESLATMA: Qaysi fanlar majmuasiga qaysi yo‘nalishlar mos kelishini mana bu yerdagi jadvaldan ko‘rib olishingiz mumkin:
https://t.iss.one/xushnudbek/24148


🔘 @xushnudbekuz
Abituriyentlar test uchun to‘lovlarni ertaga amalga oshirsa ham bo'ladi
#abituriyent

Testga kirish uchun talab etiladigan to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati ertaga, 26-iyun soat 23:59 gacha etib belgilandi.

Ertadan kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Hujjat topshirish esa birozdan so‘ng, aniqrog‘i soat 23:59 da yakunlanadi.


🔘 @xushnudbekuz
Qabul jarayoni yakunlandi. Abituriyentlar soni oxirgi 6 yilda eng kam miqdorni tashkil etdi
#abituriyent

Kecha tunda abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlandi. UzBMB bergan ma’lumotga ko‘ra, 894 ming 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan:

joriy yil bitiruvchilari — 410 ming 334 nafar;
avvalgi yillar bitiruvchilari — 483 ming 945 nafar.

Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🤵‍♂️ erkaklar — 431 ming 806 nafar;
👩🏻‍🔧 ayollar — 462 ming 473 nafar.

Agar oxirgi 6 yildagi abituriyentlar soniga qarasak, joriy yilda eng kam miqdorni tashkil etganini ko‘rish mumkin. O‘tgan davrda birinchi marta abituriyentlar soni 900 ming nafarga ham yetmadi. 2021-yilni hisobga olmaganda, qolgan yillarda abituriyentlar soni 1 mlndan oshayotgan edi.

Yillar kesimida abturiyentlar soni (oxirgi 6 yil):

2019 yil — 1 mln 66 ming 925 nafar;

2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;

2021-yil — 948 ming 211 nafar;

2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;

2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;

2024-yil — 894 ming 279 nafar.


🔘
@xushnudbekuz
‼️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5-iyuldan boshlanadi va 19-iyulgacha davom etadi
#abituriyent

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jami 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan:

o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari;
ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.

🔘 @xushnudbekuz
Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
#abituriyent

Joriy yilda ilk marta testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo'ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.

Xo'sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?

1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo'nalish tanlaydi.

Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to'g'ri keladigan ISTALGAN yo'nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin.

Ko'pchilik ro'yxatdan o'tish chog'ida tanlagan yo'nalishini o'zgartirsa bo'ladimi, deb so'ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo'nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko'pchilik chalg'ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo'nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo'lishi uchun misol sifatida qo'yilgandi xolos.

Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
https://t.iss.one/xushnudbek/24239

Xullas, siz ro'yxatdan o'tishda qaysi yo'nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo'nalishni tanlay olasiz.

2️⃣ Ikkinchidan, ta'lim shaklini tanlaydi.

Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo'nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo'ladi. Masalan, 1 va 2-yo'nalishga kunduzgi, 3-ga sirtqi, 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.

Qaysi yo'nalishda sirtqi, kechki, masofaviy bor-yoki yo'qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi.

3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.

Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo'nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo'nalishdan biriga kirishimning farqi yo'q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo'nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo'nalishga beradi.

Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
https://t.iss.one/xushnudbek/19940

❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-25-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o'tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin (agar avvalgi yillardagidek tasdiqlashni cho'zib yuborishmasa).

Oliygohlarning mandati chiqib bo'lgach, o'qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.


🔘 @xushnudbekuz
Imtihonsiz "perevod" qilsa bo‘ladimi?
#perevod

Yaqinda internetda bir video tarqaldi. Unda turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlarga imtihonsiz o‘qishni ko‘chirish mumkinligi haqida aytilgan. Buni ko‘rgan minglab talabalarning yuragiga g‘ulg‘ula tushdi, halovati yo‘qoldi. “Nahotki men imtihonsiz osongina davlat oliygohiga o‘qishimni ko‘chira olsam?” deya shirin orzularga berilishdi.

Lekin bu yerda siz bilishingiz kerak bo‘lgan 3 ta masala bor:

1️⃣ Birinchidan, videodagi gaplar yangilik emas, ushbu tartib 2022-yildagi Prezident qarorida belgilangan, ya’ni 2 yildan buyon amalda.

2️⃣ Ikkinchidan, xususiy oliygohlardan hamda yurtimizdagi xorijiy OTM filiallaridan davlat OTMlarining mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishiga o‘qishni ko‘chirish bir martalik "super-kontrakt" to‘lab, imtihonsiz ko‘chirish mumkin. Ya’ni bu yo‘nalishga qarab 50 mln so‘mdan 250 mln so‘mgacha bo‘ladi.

O‘tgan yilgi "super-kontrakt" narxlari bu yerda:
https://t.iss.one/xushnudbek/21116

❗️Tuzatish: lekin xorijdan mos va turdosh bo’lmagan yo’nalishga o’qishni ko’chirib bo’lmaydi. “Super-kontrakt” evaziga ham.

3️⃣ Uchinchidan, mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirayotganda 99% holatda talaba bitta kurs pastdan o‘qishni boshlaydi. Chunki o‘quv rejasidagi fanlardagi farqlar soni ko‘p bo‘ladi.

Masalan, 1-kursni xususiy oliygohda o‘qib tugatgan talaba bir martalik super-kontrakt uchun pul topgan taqdirda ham, davlat universitetiga borganda 1-kursni yana qaytadan o‘qiydi, 2-kursdan davom ettirmaydi. Boshqacha aytganda 1 yil yo‘qotadi. Agar yuqori kurs bo‘lsa, unda 2-3 yil yo‘qotishi ham mumkin.

O‘zi umuman o‘qishni ko‘chirayotganda shunga alohida e’tibor bering. Agar fanlardagi farqlar soni 4 ta va undan yuqori bo‘lsa, unda siz bitta kurs pastga tushishingiz mumkin.

Xullas, mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni imtihonsiz ko‘chirishni xohlayotganlar mana shu jihatlarni inobatga olishi kerak. Agar bu shunchalar oson ish bo‘lganda, 2 yildan buyon hamma shunaqa qilgan bo‘lar edi.

Xorijdan esa umuman noturdosh yo’nalishga o’qishni ko’chirish taqiqlangan.


🔘 @xushnudbekuz
Forwarded from Xushnudbek.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
UzBMB (DTM) yana eski davrga qaytyaptimi? Yoki “bolasi yo’qlar” yana savol tuzyaptimi?
#abituriyent

Kecha testning ilk kunida huquq fanidan imtihonga kirgan abituriyentlar darsliklarda mavjud bo'lmagan ma'lumotlardan, xususan, Kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar borligidan shikoyat qilishdi. Masalan, davlat ramzlari to'g'risidagi qonunlar (bayroq qachon ko'tarilishi, madhiya soat nechida aytilishi va hk), davlat byudjeti to'g'risidagi qonun va hk.

Albatta, qo'limda aniq fakt bo'lmagani uchun bu borada biror fikr aytishdan yiroqman, bunga UzBMB izoh bergani ma'qul. Har qanaqa vaziyatda ham savollar tayyorlanadigan manbalar aniq ko'rsatilishi va bunga qat'iy rioya qilinishi shart. Hamma qonunni yoddan bilishning iloji yo'q, boz ustiga bular hali oddiy abituriyent, oliy ma'lumotli yurist emas. Agar biror qonundan savol berishmoqchi bo‘lsa, o‘sha qonunlar ro‘yxatini ham alohida e’lon qilish kerak.

Lekin men boshqa masalaga e'tibor qaratmoqchiman. Kecha testga kirgan abituriyentlarning aytishicha, Jinoyat va Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodekslarda qaysidir qilmishga qanaqa jazo nazarda tutilgan degan savollar ham tushgan emish. Ya'ni sanksiya qismini so'rashibdi.

Agar bu gap rost bo'lsa, agar testda bir donagina bo'lsa ham shunaqa savol tushgan bo'lsa, unda bu sharmandalikdan boshqa narsa emas. Bunaqa savol tuzgan ekspertni butun umr "qora ro'yxat"ga tiqib, hech qachon testlarga yaqinlashtirmaydigan qilish kerak.

Rahmatli ustozimiz Omonulla Madayev tili bilan aytganda, bunaqa savollarga “farzandi yo'q odam tuzgan savol” deb ta’rif berish mumkin.

Biz Yuridik institutda o'qib yurgan paytlarimizda ustozlarimiz sanksiya qismini yodlashni taqiqlagan edi. Sababi qonunlar tez o'zgaradi, buni yodlash befoyda. Undan ko’ra, mazmunini tushinish kerak. Boz ustiga yurist doim qaror chiqarishdan oldin, kodeksni qayta ochib, yana bir marta o'qib, keyin xulosa qilishi kerak, faqat xotirasiga ishonish aksincha chalg'itadi. Uchinchidan, sanksiyalarga qat'iy amal qilinmaydi, sudya vaziyatdan kelib chiqib, umuman o’sha modda sanksiyasida ko'rsatilmagan yengil jazoni ham berishi mumkin.

Qaysi kalla bilan kecha maktabni tugatgan o'quvchilarga JK yoki MJtK sanksiyasidan savol berishgan, hayronman. Sanksiyalarni hatto sudya, prokuror va tergovchilar ham yoddan bilmaydi-ku.

Yoki yana eski davrga qaytyapmizmi? Savollarni atayin qiyin qilib, mantiqiy fikrlashga emas, faqat xotiraga qaratilgan savollar bilan yoshlar kelajagini sindirmoqchimizmi yana?

Vaziyatga albatta izoh berilishi kerak.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Kechagi ilk natijalardan ayrim namunalar
#abituriyent

Yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlarni ko‘rsam, doim xursand bo‘laman. Aslida yoshlarimiz orasida bilimlilari ham ko‘p. Faqat bilimi ko‘ngildagidek bo‘lmaganlar fonida ular juda ozdek va hattoki yo‘qdek ko‘rinadi. Biz bilimlilarni saqlab qolishimiz, ularning iqtidorini yuzaga chiqarishga yordam berishimiz shart.

Ahmoqona savollar bilan ularning kelajagini sindirib, o‘qishdan ko‘ngli qolib ketadigan darajaga olib bormasligimiz kerak.


👉 @xushnudbek 👈
Kvotalar bo‘yicha batafsil izoh
#abituriyent

Biroz avval e’lon qilingan kvotalar bo‘yicha ko‘pchilikda savol tug‘ilgani tabiiy. Chunki Prezident farmoyishi bilan tasdiqlangan joriy yilgi kvotalarning avvalgilaridan bir qancha farqi bor:

1️⃣ Birinchidan, kvotalar OTMlar kesimida emas, balki yo‘nalishlar kesimida e’lon qilindi;

2️⃣ Ikkinchidan, kvotalar faqat davlat granti uchun e’lon qilindi, to‘lov-kontrakt uchun yo‘q;

3️⃣ Uchinchidan, kvotalar faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun e’lon qilindi, sirtqi, kechki va masofaviy uchun yo‘q.

Joriy yilda yangi tizim bo‘lgani uchun, ayrim tushuntirishlar berib o‘tmoqchiman.

Batafsil kvotalar qachon va kim tomonidan e’lon qilinadi?

Batafsil kvotalar Davlat qabul komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi. Odatda bu yana 1 haftacha muddatni talab qiladi. Ya’ni Prezident umumiy kvotani tasdiqlagach, batafsil kvotalarni yana kutishga to‘g‘ri keladi.

Davlat qabul komissiyasi nimalarni tasdiqlaydi?

Davlat qabul komissiyasi 2024/2025-o‘quv yili uchun quyidagilarni tasdiqlashini kutishimiz kerak:

umumiy qabul parametrlarini (oliygohlar, ta’lim shakllari va tillar kesimida);
qo‘shimcha qabul parametrlarini (imtiyozga ega abituriyentlar uchun);
maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
o‘qishga qabul qilishning minimal o‘tish balini;
umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushini.

Grant kvotasi yo‘nalishlar kesimida ekan, u qanday taqsimlanadi?

Joriy yildan boshlab davlat grantlari oliygohlar uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun aniq grant kvotasi bo‘lmaydi, 50 ta oladi, 100 ta oladi, deyilmaydi. Balki yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi.

Bunda respublikadagi barcha oliygohlardagi yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim oliygohlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin.

Keling aniq misolda ko‘ramiz.

Joriy yilda yurisprudensiya yo‘nalishi uchun 115 ta grant kvotasi ajratilibdi. Masalan, TDYU, O‘zMU, QDU, SamDU va NamDUda yurisprudensiya yo‘nalishi bor deylik. Mana shu 5 ta oliygohning yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan barcha abituriyentlar ballar ketma-ketligida taxlab chiqiladi va eng yuqori ball olgan 115 nafar abituriyentga grant beriladi. Shunda, misol uchun, TDYUga 50 ta grant, O‘zMUga 25 ta grant, QDUga 20 ta grant va h.k. to‘g‘ri kelishi mumkin.

Ya’ni davlat endi falon universitetga grant beraman, degandan ko‘ra, ma’lum bir yo‘nalishga topshirgan va yuqori ball olgan aqlli abituriyentlarga grant beraman, deyapti. Bu degani endi qaysidir oliygohga 160 ball bilan kontraktga kirib, boshqa bir oliygohda xuddi shu yo‘nalishga 100 ball bilan grantga kirish degan narsa yo‘qoladi.

Faqat bitta istisno joyi bo‘ladi. Davlat grantining barcha kvotasini bitta oliygoh olib qo‘yishining oldini olish maqsadida cheklov qo‘yiladi. Masalan, 115 ta kvotaning hammasi TDYUga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Bunaqa paytda, masalan, 50%lik cheklov qo‘yiladi. Ya’ni TDYU faqat 115 ta kvotaning yarmini, ya’ni 57 ta grant kvotasini olishi mumkin bo‘ladi.

‼️XULOSA: hali kvotalar to‘liq tasdiqlanmadi, hozircha chala. Oliygohlar, to‘lov-kontrakt, ta’lim shakllari va tillar kesimidagi kvotalar tasdiqlanishini yana kutish kerak. Qancha kutishimiz noma’lum, bu Bosh vazir raisligidagi Davlat qabul komissiyasiga bog‘liq.


🔘 @xushnudbekuz
Temurbeklar maktabi bitiruvchilari uchun alohida qo‘shimcha kvota ajratiladi, ular endi boshqalarga xalaqit bermaydi
#abituriyent

Prezident imzolagan farmoyishga binoan, endilikda davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plagan baliga nisbatan ma’lum miqdordagi qo‘shimcha ball beriladigan shakldagi imtiyozga ega abituriyentlar 2024/2025-o‘quv yilida tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan o‘tish bali va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda, to‘plagan baliga mos ravishda davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha kvota bilan talabalikka tavsiya etiladi.

Bu nima degani?

Endilikda qo‘shimcha ball beriladigan imtiyozlar, eng asosiysi Temurbeklar maktabi bitiruvchilari agar o‘tish bali uchun yetarli ball to‘play olsa, unda ular uchun qo‘shimcha kvota ajratiladi. Bunda oldindan qo‘shimcha kvota soni ma’lum qilinmaydi, chunki necha nafar bitiruvchi o‘qishga kira olishi oldindan ma’lum bo‘lmaydi. Mandatdan keyin imtiyozlilarga nechta grant yoki nechta kontrakt ajratilishi aniq bo‘ladi.

Eng muhimi, endi Temurbeklar maktabi bitiruvchilari boshqalarga xalaqit bermaydi. Nihoyat bizni eshitishdi, rahmat.


🔘 @xushnudbekuz
345 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagan🤦‍♂️ Bu jami abituriyentning 46,9%iga to‘g‘ri keladi
https://t.iss.one/xushnudbek/24776

Bular mandatdan avval kurashdan chiqdi. Chunki 56,7 ball to’play olmaganlar tanlovda qatnashmaydi. Agar joriy yilda o’tish bali oshirilsa (hali rasman aniq emas), unda yanada ko’proq abituriyent tanlovda qatnasha olmaydi.

391 ming abituriyent 56,7 balldan oshiribdi. Demak, agar bu yil davlat oliygohlariga jami 200 ming kvota berilsa, unda har ikkita abituriyentdan bittasi talaba bo’ladi degani. Mazza-ku!


🔘 @xushnudbekuz
Davlat granti uchun chegara nima degani?
#abituriyent

Oliy taʼlim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining chegarasi haqida ko’pchilik so’ramoqda. Bu raqamlar nimani anglatishini tushuntiraman.

Eng avvalo ushbu jadvaldagi raqamlar foizni anglatadi. Ya’ni ma’lum bir oliygohning qaysidir yo’nalishiga ajratilgan kvotaning shuncha foizi miqdorida grant ajratilishi mumkin.

Keling, aniq misol bilan tushuntiraman.

• Yurisprudensiya uchun jami davlat granti kvotasi — 115 ta;
• Yurisprudensiya uchun davlat granti ulushi chegarasi 10%;
• Toshkent davlat yuridik universiteti jami kvotasi 650 ta.

Masalan, yurisprudensiya uchun bir oliygoh kesimida 10 foizlik grant chegarasi belgilanibdi.

Bu degani, bitta oliygoh yurisprudensiya yo’nalishi uchun ajratilgan kvotaning maksimum 10 foizini davlat granti shaklida olishi mumkin, qolgani kontrakt bo’ladi.

Misol uchun, Toshkent davlat yuridik universitetiga jami 650 ta kvota ajratilgan. ❗️Bu grant va kontrakt uchun jami kvota hisoblanadi.

TDYU mana shu 650 ta kvotaning maksimum 10% qismini grant shaklida olishi mumkin. Demak, Yuridik universitetga topshirgan abituriyentlar 65 ta grantgacha olishi mumkin. Qolgan 585 ta kvota kontrakt bo’ladi.

65 ta bu maksimum cheklov. Grant undan kamroq ham bo’lishi mumkin, bu abituriyentlar olgan ballarga bog’liq.

ℹ️ Aytgancha, joriy yilda TDYU uchun yagona yurisprudensiya yo’nalishiga qabul bo’ladi. Avvalgi yillardagi kabi fakultetlar kesimida kvota tasdiqlanmagan. Talabalar keyinchalik fakultetlarga ajratiladi.

Agar yurisprudensiya uchun ajratilgan jami 115 ta grantning 65 tasini TDYU olsa, qolgan 50 tasi boshqa oliygohlarning yurisprudensiya yo’nalishida yuqori ball olgan abituriyentlarga ajratiladi.

O’tgan yili Yuridik universitetga 25 ta davlat granti uchun kvota berilgandi. Bundan ko’rinib turibdiki, yangi tizim, ya’ni grant kvotasini oliygohlar kesimida emas, yo’nalishlar kesimida tasdiqlash amaliyoti aqlli abituriyentlarga ko’proq imkoniyat beryapti. Bu yaxshi.


🔘 @xushnudbekuz
«Super-kontrakt» haqida ayrim maʼlumotlar
#abituriyent

O‘qishga kira olmagan ko‘plab abituriyentlarda super-kontrakt bilan bog‘liq savollar paydo bo‘layotganini hisobga olib, ayrim tushuntirish berib o‘taman.

‼️Eng avvalo bir narsani unutmang: 2024-yil uchun super-kontrakt narxi va tartiblari hozircha tasdiqlangani yo‘q. Tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beramiz.

2023-yilgi narxlar mana bu yerda:
https://t.iss.one/xushnudbek/21116

4 ballgacha yetmaganlar qancha to’laydi?

Super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha:

o‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

(masalan, kontrakt 10 mln so’m bo’lsa, 1 ballgacha yetmaganlar 15 mln so’m to’laydi);

1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari;

2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;

3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari.

❗️ESLATMA: 4,05 ballgacha deb yozilganiga ko‘pchilik chalg‘imoqda va buni 4,5 ball deb o‘ylayapti. Ammo unaqa emas. 4,05 (to‘rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to‘rt yarim) ballning farqi katta. Kirish chizig‘iga 4,1 (to‘rt-u bir) balldan ko‘p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.

4,1 ball va undan ko‘proq
yetmaganlarning barchasiga (56,7 balldan baland bo‘lsa) 8, 10, 12, 15, 17 va 25 baravar qo‘llanadi.

Super-kontrakt bilan bir qatorda oddiy kontrakt ham qo‘shib to‘lanadimi?

Yo‘q, unaqa emas. Birinchi yili faqat super-kontrakt summasi to‘lanadi, oddiy (bazaviy) kontrakt qo‘shib to‘lanmaydi. Ikkinchi yildan boshlab esa faqat oddiy kontrakt to‘lanadi, super-kontrakt to‘lanmaydi.

Super-kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachongacha ariza berishi kerak?

Hali super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmayapti. Ertagayoq OTMga yugurib borishingiz shart emas. Arizani sentyabr oyida, o‘qishlar boshlangach ONLAYN berasiz.

Kim birinchi ariza bersa, o‘sha birinchi qabul qilinadi, degan qoida yo‘q. Talabgorlar to‘plangan ballga qarab tartibga solinadi, yaʼni avval yuqori ball to‘plaganlarga imkon beriladi.

Ariza berish uchun OTMga borish kerakmi?

Yo‘q. 3 yildan buyon super-kontrakt uchun arizalar onlayn qabul qilinadigan bo‘ldi. Siz uyingizdan chiqmagan holda internet orqali ariza yuborasiz. Buning uchun OTMga kelish, kimnidir kabinetida navbat kutish, kimlargadir iltimos qilish shartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt ishga tushgach, qo‘shimcha xabar qilinadi.

O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?

Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.

O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.

O‘qishga KIRA OLMAGANLAR istalgan beshta yo‘nalishda super-kontrakt qila olishadimi?

Ushbu masala ham hozircha nomaʼlum. Aniq bo‘lgach, xabar beriladi. O‘tgan yili beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi.

Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?

Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit taklif qilishi mumkin.

Ammo super-kontraktga kirganlar 2-kursdan oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin. Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limga beriladi.

Super-kontraktni bo’lib to’lasa bo’ladimi?

Ha, 4 ga bo’lib to’lash mumkin.

56,7 balldan kam to’plaganlar ham super-kontraktda o’qisa bo’ladimi?
Javob: https://t.iss.one/xushnudbek/21132


🔘 @xushnudbekuz