Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Montaj qilishni biladiganlar diqqatiga! Professional va havaskorlar uchun! "Lolazor" podkasti tanlovida qatnashib millionlarni qo’lga kiriting. Yoki tanish montajchilarga yuborib qo'ying.
Ayrim savollarga javoblar:
G’oliblar soni cheklanmagan. Hammasi ish sifatiga bog’liq. Hozircha har hafta kamida 3 tadan g’olibni aniqlamoqchimiz, yaxshi ishlar ko’p bo’lsa, 5-10 ta bo’lar balki. Va bu bir martalik aksiya emas, uzoq davom etadi, yil oxirigacha deb reja qilyapmiz. Har bir tanlangan video uchun 1 mln so’mdan beramiz, 1 mlnni bo’lib bermaymiz.
Bir kishi bir necha marta g'olib bo'lishi mumkin, bu cheklanmagan. Ya'ni zo’r montajchi bo’lsa, har bir reelsi uchun 1 milliondan olaveradi.
🔘@xushnudbekuz

Forwarded from Xushnudbek.uz
🇪🇺Euro-2024 musobaqasida qaysi jamoalar finalga chiqadi, deb o’ylaysiz?
Final Results
44%
Ispaniya — Angliya
20%
Ispaniya — Niderlandiya
30%
Fransiya — Angliya
6%
Fransiya — Niderlandiya
Fransiya yarim finalga kelib birinchi marta o’yinda gol urdi. Tovba, qanaqa qilib yetib kelgan unda bu yergacha, deydigan odam yo’q :))
Avtogol ismli futbolchi to’purarlar bahsida yaqqol peshqadam bo’lib oldi!
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Fransiya yoki Portugaliyadan qaysi biri yarim finalga chiqishidan qat’i nazar, bugungi Ispaniya “yeb” qo’ysa kerak ikkalasini ham. 🔘@xushnudbekuz
Mana shu gapni yozganimda ayrimlar meni futbolni tushunmaydi, deganmidi :) Ispaniyaning yarim tarkibi o’ynamaydi, Fransiya yorvoradi, deyishganmidi…
Assalomu alaykum barchangizga :)
Assalomu alaykum barchangizga :)
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Alamli… Fransiya bunaqa o’yin bilan g’alabaga loyiq emas edi. Ronalduga hurmatni saqlagan holda aytamanki, hech bo’lmasa qo’shimcha taymlarda o’rniga boshqa tushganda balki Portugaliya hujumi faollashib, gol urarmidi, kim bilsin. Ispaniya adolatni tiklaydi…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
64 foiz obunachimiz Ispaniya finalga chiqishini to‘g‘ri taxmin qilishibdi. Bugun esa ko‘pchilik Angliya yutadi, degan.
Men esa bugun Niderlandiya yutishi tarafdoriman. Chunki final qiziq bo‘lishini istayman. Har holda Niderlandiya Angliyaga nisbatan qiziqroq o‘ynay oladi, bu shubhasiz.
Ispaniya yutishini xohlayman, desam, ayrimlar "Italiya muxlisi edingizku, kim yutsa shunga sakraysizmi", deyishibdi. Sizlarni bilmadimu, men muxlislikni muqaddaslashtirmaganman. Menga birinchi o‘rinda chiroyli futbol kerak, mazza qilib o‘yin tomosha qilgim keladi. Shu sababli menga Euro2024 da qaysi jamoa yutishini unchalik qizig‘i yo‘q.
Nima uchun Ispaniya yutgani yaxshi?
Hech qachon Ispaniyaga muxlislik qilmaganman, lekin ushbu turnirda ularning yutishi adolatli bo‘ladi, deb hisoblayman. Nega? Chunki agar Angliyaga o‘xshagan jamoa chempion bo‘lsa, unda boshqa murabbiylar ham taktikalarini mana shunaqa "o‘lik" uslubga o‘tkazadi. Jamoalar muxlislar uchun emas, quruq natija uchun o‘ynashni boshlaydi. Bunda futbol jozibasi yo‘qoladi, muxlislar yutqazadi. Ispanlar chempion bo‘lsa, boshqa jamoalar ham ular kabi yorqin va hujumkor o‘ynash g‘alaba kafolati ekanini tushunardi. Bor gap shu.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu video O’zbekistonda olinganiga ishongim kelmayapti (#)
Biznikilar ham biror mojaroli vaziyatni so’kmasdan, baqirmasdan, urushmasdan, muomala bilan hal qilsa bo’larkan-da? Men uchun olamshumul yangilik bo’ldi lekin 🙂
Sabrli haydovchiga rahmat. Haq bo’lsa ham, past ketish uchun katta kuch kerak.
Qoidalarni buzmanglar!

Salkam 20 daqiqada 2 ta gol ko’rdik.
Jamoalarning uyg’ongani rost bo’lsin, degan she’r yozish payti keldi, menimcha.

❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
#abituriyent
✅ Joriy yilda ilk marta testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo'ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.
Xo'sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo'nalish tanlaydi.
Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to'g'ri keladigan ISTALGAN yo'nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin.
Ko'pchilik ro'yxatdan o'tish chog'ida tanlagan yo'nalishini o'zgartirsa bo'ladimi, deb so'ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo'nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko'pchilik chalg'ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo'nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo'lishi uchun misol sifatida qo'yilgandi xolos.
Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
https://t.iss.one/xushnudbek/24239
Xullas, siz ro'yxatdan o'tishda qaysi yo'nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo'nalishni tanlay olasiz.
2️⃣ Ikkinchidan, ta'lim shaklini tanlaydi.
Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo'nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo'ladi. Masalan, 1 va 2-yo'nalishga kunduzgi, 3-ga sirtqi, 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.
Qaysi yo'nalishda sirtqi, kechki, masofaviy bor-yoki yo'qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi.
3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.
Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo'nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo'nalishdan biriga kirishimning farqi yo'q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo'nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo'nalishga beradi.

https://t.iss.one/xushnudbek/19940
❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-25-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o'tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin (agar avvalgi yillardagidek tasdiqlashni cho'zib yuborishmasa).
Oliygohlarning mandati chiqib bo'lgach, o'qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.
🔘 @xushnudbekuz

“Lolazor”ning keyingi sonida Behzod Hoshimov bilan suhbat qilamiz. Yakshanba kuni tomosha qilishingiz mumkin, Xudo xohlasa.
❓Sizningcha, yana kimlarni mehmonga chaqiraylik? Variant bering-chi.
🔘@xushnudbekuz
❓Sizningcha, yana kimlarni mehmonga chaqiraylik? Variant bering-chi.
🔘@xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ertaga "Lolazor" podkastining navbatdagi sonida iqtisodchi, nufuzli New York University professori Behzod Hoshimov mehmon bo‘ladi.
Qiziq suhbat bo‘lgan, ko‘rish tavsiya etiladi.
🔘@xushnudbekuz
Qiziq suhbat bo‘lgan, ko‘rish tavsiya etiladi.
🔘@xushnudbekuz
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Ertaga "Lolazor" podkastining navbatdagi sonida iqtisodchi, nufuzli New York University professori Behzod Hoshimov mehmon bo‘ladi. Qiziq suhbat bo‘lgan, ko‘rish tavsiya etiladi. 🔘@xushnudbekuz
Nima deb o’ylaysiz, Behzod Hoshimov qaysi vazirliklarni kerak emas deb hisoblaydi?
Ertaga podkast efirga ketgungacha taxmin qilib ko’ringchi.
🔘@xushnudbekuz
Ertaga podkast efirga ketgungacha taxmin qilib ko’ringchi.
🔘@xushnudbekuz
#25 QAYSI VAZIRLIKLARNI YOPISH KERAK? — Lolazor podcast
📹 https://youtu.be/iQxa_IPiyro
Ushbu sonda biz ta’limdagi muammolar, rektorlarni saylashda chet el tajribalari, xususiy universitetlar, qaysi vazirliklar bizga kerak emasligi, JST’ga a‘zolikning foyda-zararlari, yo‘llardagi halokatlar va yo’l harakati xavfsizligi muammolari, Prezidentga yozilgan maktub hamda jamiyatimizda nima uchun tashqi ko’rinishga qarab muomala qilinishi kabi mavzular haqida suhbatlashdik.
Mehmonimiz — Nyu York universiteti professori, iqtisodchi Behzod Hoshimov.
📹 https://youtu.be/iQxa_IPiyro
Dam olish kuni yoqimli tomosha tilaymiz.
🔘 @xushnudbekuz
Ushbu sonda biz ta’limdagi muammolar, rektorlarni saylashda chet el tajribalari, xususiy universitetlar, qaysi vazirliklar bizga kerak emasligi, JST’ga a‘zolikning foyda-zararlari, yo‘llardagi halokatlar va yo’l harakati xavfsizligi muammolari, Prezidentga yozilgan maktub hamda jamiyatimizda nima uchun tashqi ko’rinishga qarab muomala qilinishi kabi mavzular haqida suhbatlashdik.
Mehmonimiz — Nyu York universiteti professori, iqtisodchi Behzod Hoshimov.
Dam olish kuni yoqimli tomosha tilaymiz.
🔘 @xushnudbekuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
#25 QAYSI VAZIRLIKLARNI YOPISH KERAK? — Lolazor podcast
Ushbu sonda biz ta’limdagi muammolar, rektorlarni saylashda chet el tajribalari, xususiy universitetlar, qaysi vazirliklar bizga kerak emasligi, JST’ga a‘zolikning foyda-zararlari, yo‘llardagi halokatlar va yo’l harakati xavfsizligi muammolari, Prezidentga…
Forwarded from Xushnudbek.uz
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 13 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Keyt Shopen. O‘kinch (hikoya)
Izoh: Mamzele Aureliya hammaga oʻxshamagan ayol. U turmush qurish, farzandli boʻlish haqida hech ham oʻylab koʻrmagan. Yolgʻiz, ammo bunga afsus qilmaydi. Xoʻsh, unda Aureliyani nima qiynadi? Oʻzi erkakshoda boʻlsa ham, juda nozik koʻngil ayolning kechinmalari bilan hikoya davomida tanishasiz.
📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/keyt-shopen-okinch
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/fhkaHSgrHUo
🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.
📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa