Xushnudbek.uz
668K subscribers
11.1K photos
2.82K videos
248 files
9.25K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Bugun talabalar o‘rtasida Prezident sovrini uchun o‘tadigan O‘zbekistondagi eng yirik intellektual turnirga start berildi. Umumiy sovrin jamg’armasi — 5,4 mlrd so’m!

Zakovat Intellektual olimpiadasi doirasida 50 ta oliygohning 550 nafar talabalari Zakovat, Breyn-ring, Erudit kvartet, Shaxsiy o‘yin, Shaxmat va Shashka musobaqalarida o‘zaro kuch sinashmoqda. Umumjamoa hisobida g‘olib bo‘lgan 3 ta oliygohga Prezident sovrini topshiriladi.

Uchinchi marta o‘tkazilayotgan mazkur yirik musobaqani talabalar har yili orziqib kutadigan bo‘lib qolishgan. Bu nafaqat bilimlar bellashuvi, balki o‘zaro do‘stlik va fikr almashish maydoni hamdir.

Intellektual olimpiada doirasida qaysi oliygoh qanday natija ko‘rsatayotganini bilish uchun @zakovat kanalini kuzatib boring. O‘yinlar "Zakovat" kanalida jonli efirda ham uzatilmoqda.

Bilimlilarga omad yor bo‘lsin!


👉 @xushnudbek 👈
Intellektual olimpiada doirasida Breyn-ring o‘yinining chorak final juftliklari ma'lum bo'ldi. 8 ta jamoa chempionlik uchun kurashmoqda.

O'yinlarni kuzatib borish uchun:

Onlayn matnli jadval;

Audio translyatsiya;

Foto hamda videolar.

1️⃣ O'zbekiston Milliy universiteti 1:4 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
2️⃣ Urganch davlat universiteti 1:4 Yangi O'zbekiston universiteti
3️⃣ Guliston davlat universiteti 4:2 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
4️⃣ Buxoro davlat tibbiyot instituti 1:4 Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘onadagi gaz quyish shoxobchasidagi portlash oqibatida 4 kishi vafot etdi

Kecha, 17-dekabr soat 13:45 larda Farg‘ona shahar Yangiyo‘l mahallasidagi “Petrolium” propan gaz quyish shoxobchasida 5 m. kub sig‘imli konteynerga gaz quyish jarayonida yoriq kelib chiqib, gaz moddasi tashqariga sizib chiqishi oqibatida, portlash va yong‘in sodir bo‘lgan.

Natijada 1 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan, shu hududda bo‘lgan bir nechta fuqarolar turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan ulardan 3 nafari shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyat IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi hamda 259-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirgi kunda jinoyat ishi doirasida 5 nafar shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan, 2 nafar shaxslarni ushlash choralari ko‘rilmoqda. Tergov harakatlari davom etmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Energetika sohasini subsidiyalash 2028-yildan to‘xtatiladi

Bosh vazir o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Senatdagi yig‘ilishda nega tariflar oshsa ham energetika sohasiga byudjetdan subsidiya ajratilayotgani haqidagi savolga javob berdi.

Uning aytishicha, hozirgi tariflar xarajatlarni to‘liq qoplash darajasiga chiqqani yo‘q.


👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇰🇬 Abdulla Aripov Qirg‘izistonning yangi bosh vazirini tabrikladi

Telefon muloqoti davomida bosh vazir Abdulla Aripov qirg‘izistonlik mavqedoshi Odilbek Qosimaliyevni ushbu lavozimga tasdiqlangani bilan tabrikladi.

Ma'lumot uchun, Odilbek Aleshovich Qosimaliyev bundan buyon Qirg‘iziston hukumatini boshqaradi.

Bugun, 18-dekabr kuni mamlakat parlamentida hukumatning yangi tarkibi qasamyod qildi.

Qosimaliyevdan oldin 3 yildan ortiqroq vaqt davomida Qirg‘iziston bosh vaziri bo‘lgan Aqilbek Japarov avvalroq lavozimidan ozod qilingan edi.

Aqilbek Japarov nima uchun ishdan olindi?

Prezident Sadir Japarov Aqilbek Japarovning ishdan ketishiga ayni paytda mamlakat Soliq xizmati rahbariyati va xodimlariga nisbatan ko‘rib chiqilayotgan jinoyat ishida manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishining oldini olish uchun qaror qilinganini aytdi.

Joriy yilning 3-dekabrida Soliq xizmatining poytaxt Bishkekdagi barcha to‘rt tumanidagi bo‘limlarida ommaviy hibsga olishlar o‘tkazilgan edi.

Ma'lum bo‘lishicha, soliq xodimlari korrupsion sxema tuzib, davlat byudjetiga 3,2 mlrd Qirg‘iziston somi miqdorida zarar yetkazgan.

Soliq xizmati aynan sobiq bosh vazir Aqilbek Japarov nazorati ostida edi.

👉 @xushnudbek 👈
❗️“Inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalari donorligiga qarshi koʻrsatma boʻladigan kasalliklar roʻyxati” tasdiqlandi

Ro‘yxatdagi kasalliklarda inson a'zolari donorligiga ruxsat berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Rasman: Mustafoyev Ulug‘bek Mavlonovich Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

U bunga qadar "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi edi.

Viloyatni bunga qadar boshqarib kelgan Soliyev Ergash Alibekovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Bu haqda Prezidentning tegishli farmonlari qabul qilindi.


👉 @xushnudbek 👈
Abat Fayzullayev O‘zbekistonning 🇨🇾Kiprdagi birinchi elchisi etib tayinlandi.

U bir vaqtning o‘zida mamlakatimizning 🇮🇹 Italiyadagi elchisi ham hisoblanadi.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Talabalar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Barcha oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM