Xushnudbek.uz
653K subscribers
11.9K photos
3.05K videos
261 files
9.95K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Aytgancha, kecha o’yin vaqtida VARga oid qarorlar stadiondagi katta ekranda ham e’lon qilib borildi. Ingliz va o’zbek tilida. Ajoyib!

Lekin keyingi safar o’zbek tilidagi yozuvlarni o’zbekchalashtirish kerak. Inglizchadan so’zma-so’z tarjima bo’lib qolibdi.


👉 @xushnudbek 👈
🥈Safiya Burxanova kumush medal sohibi

Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish bahslarida Safiya Burxanova 14.12 metr natija ko‘rsatib, delegatsiyamiz hisobiga oltinchi kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, Safiya Burxanova bundan avval Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlarida kumush va Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.


👉 @xushnudbek 👈
Bitta oltin, bitta bronza va bitta final. Oltinlar soni bo‘yicha tarixiy rekord o‘rnatdik!!!

🥇Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F37 klassida disk uloqtirish dasturida hamyurtimiz Tolibboy Yo‘ldashev 57.28 metr natija qayd etgan holda delegatsiyamizga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

🥉Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida T44 klassida balandlikka sakrash dasturida esa Temur Giyazov 2.03 metr natija qayd etgan holda bronza medalga sazovor bo‘ldi!

🥋Para dzyudo bo‘yicha ayollar o‘rtasida J2 klassida -57 kg vazn toifasida Kumush Xodjayeva hal qiluvchi final bahsiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Hamyurtimizga finalda omad tilaymiz va oltin kutib qolamiz, Xudo xohlasa.

Umumjamoa hisobida hozircha 11-o’rindamiz, hisobimizda 20 ta medal bor:
🥇 9 ta oltin;
🥈 6 ta kumush;
🥉 5 ta bronza.

‼️Oltinlar soni bo‘yicha tarixiy rekord o‘rnatdik. Bungacha na Olimpiya o‘yinlarida, na Paralimpiya bahslarida 9 ta oltin olgandik. Umid qilamizki, tez orada bu rekordni yanada yaxshilaymiz.


👉 @xushnudbek 👈
Umumjamoa hisobida Yaponiyani quvib o‘tib, 11-o‘ringa chiqib oldik. Oltinlar soni bo‘yicha Germaniyaga yetib oldik.

9-o‘rindagi jamoaga yetib olishimiz qiyin. Lekin kuchli o‘ntalikka kirish uchun imkoniyat yo‘q emas. Sportchilarimizga omad tilaymiz.

Paralimpiya o‘yinlari tugashiga 2 kun qoldi.


👉 @xushnudbek 👈
✔️ Saylov byulletenlarining shakli tasdiqlandi

Bugun Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari sayloviga doir saylov byulletenlarining shakli, matni va tavsifi tasdiqlandi. Bunda:

🔵 Qonunchilik palatasi deputatlari saylovining bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha saylov byulleteni;

🟢 Qonunchilik palatasi deputatlari saylovining yagona saylov okrugi bo‘yicha saylov byulleteni;

🟡 Viloyat Kengashi deputatlari saylovi bo‘yicha saylov byulleteni;

⚪️ Tuman, shahar Kengashi deputatlari saylovi bo‘yicha saylov byulleteni.

Saylov byulletenlari saylov okrugi (hudud) bo‘yicha saylovchilar sonini inobatga olgan holda chop etiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Germaniya kansleri Olaf Shols 15−17-sentyabr kunlari O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrif buyuradi.

Shuningdek, u «Markaziy Osiyo — Germaniya» sammitida ishtirok etadi.


👉 @xushnudbek 👈
🥈Kumush kumush oldi

Para dzyudo bo‘yicha ayollar o‘rtasida J2 klassida -57 kg vazn toifasida final bahsida ishtirok etgan hamyurtimiz Kumush Xodjayeva finalda yaponiyalik Xirose Junkoga qarshi tatamiga chiqdi.

Afsuski, hamyurtimiz hal qiluvchi bellashuvda imkoniyatni boy berdi va delegatsiyamiz hisobiga kumush medalni qo’shib qo’ydi.

Barakalla, Kumush! Bu ham katta yutuq!


👉 @xushnudbek 👈
🥉Uchqun Quronboyev bronza medali sohibi

Para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida J2 klassida -73 kg vazn toifasida Uchqun Quronboyev delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi bronza medalini qo’shib qo’ydi.


👉 @xushnudbek 👈
🥈15 yoshli Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya o’yinlarining kumush medaliga sazovor bo’ldi!

Para yengil atletika bo’yicha ayollar o’rtasida F46 klassida nayza uloqtirish dasturida Shahina Yigitaliyeva 43.12 metr natija bilan delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi kumush medalni taqdim etdi.

Shahina delegatsiyamiz tarkibidagi eng yosh sportchi hisoblanadi. Barakalla, keyingi musobaqalarda bundan-da yuksak natija tilab qolamiz.


👉 @xushnudbek 👈
Sud majlisi jamoatchilik uchun ochiq tarzda o‘tkazilishi maqsadga muvofiq Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Shu kunlarda sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri A.Voitov va boshqalarga oid jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilmoqda

Sudning 6-sentyabr kungi majlisida OAV vakillarining faoliyati cheklab qo‘yildi. Ularga sud majlisida foto, video va audiomaterial olish taqiqlandi. 

OAV vakillari shundan so‘ng sud zalini tark etgan. Jurnalistlar sudning ushbu qaroridan norozi bo‘lishmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur sud majlisi jamoatchilik uchun ochiq tarzda o‘tkazilishi maqsadga muvofiq ekanligini ma’lum qildi.

Agentlikka ko‘ra, Prezident farmoniga muvofiq, davlat xizmatchilarining kasbiy faoliyati bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga oid ishlar bo‘yicha sud majlislari telekanallar, shuningdek, internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatilishi lozimligi belgilangan.


👉 @xushnudbek 👈
‼️Millionga yaqin abituriyentning shaxsiy ma’lumotlari tarqalgan bo‘lishi mumkin. Kiberxavfsizlik markazi bu bilan jiddiy shug‘ullanishi kerak

Telefon raqamimga bir nechta xususiy universitetlardan "o‘qishga kirdingiz" degan SMS xabarlar kelmoqda. Xabarda hattoki ismimni ham yozishgan. Bunday xabarlarni siz ham olgan bo‘lsangiz kerak.

Barcha xabarlar my.uzbmb.uz saytidan abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan raqamimga kelyapti.

Demak, mening telefon raqamim va boshqa shaxsiy ma’lumotlarim uchinchi shaxslar qo‘liga borib tushgan. Bo‘lib ham bitta universitetda emas, bir nechtasida bunday ma’lumot bor. Vaziyat jiddiy va qo‘rqinchli.

E’tiborli jihati, bunday xabarlar faqat joriy yildan kelishni boshlagani yo‘q. Avvalgi yillarda ham kelgan, lekin hech kim bunga qiziqmagan va chora ko‘rmagan.

Menda 2 ta taxmin bor:

1) Yoki uddaburon xakerlar UzBMB saytini buzib kirishgan va abituriyentlarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘zlashtirishgan hamda uni ko‘chada pullamoqda;

2) Yoki sayt buzilmagan, ammo UzBMBdagi qaysidir xodimlarning o‘zi abituriyentlarning shaxsiy ma’lumotlarini ko‘chada pullamoqda.

Shaxsan men 1-variantga uncha ishonmayman, 2-variant haqiqatga yaqinroq.

Ikkalasidan qaysi biri bo‘lishidan qat’i nazar, kiberxavfsizlikka mas’ul organlar albatta buni o‘rganishi shart. Axir davlat tashkilotining bazasidan shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqishi hazil narsa emas.

Mening o‘zim tegishli organlarga nomimdan rasman ariza ham yuborib qo‘yaman, albatta. Buning tagiga yetishimiz kerak.


👉 @xushnudbek 👈
🥇Nurxon Qurbonova oltin medal sohibi! U jahon rekordini yangiladi!

Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F54 klassida nayza uloqtirish dasturida Nurxon Qurbonova 21.12 metr natija qayd etgan holda jahon rekordini yangiladi va delegatsiyamiz hisobiga 10-oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, F54 klassida nayza uloqtirish bo‘yicha amaldagi jahon rekordi ham aynan Nurxon Qurbonovaning o‘ziga tegishli edi.

Nurxon Qurbonova bundan avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan.


👉 @xushnudbek 👈