Xushnudbek.uz
695K subscribers
11.2K photos
2.85K videos
251 files
9.37K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Xodjayev Alisher Jo’raqulovich Kinematografiya agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi.

U fevral oyida MTRK raisi lavozimidan ozod etilgan edi.


👉 @xushnudbek 👈
Stiven King. Chekishni tashlang korporatsiyasi
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 43 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Stiven King. Chekishni tashlang korporatsiyasi (hikoya)


Izoh
: Dik Morrisonning ishlari tobora orqaga ketayotgan, hayotida ichish va chekishdan boshqa ma’ni qolmayotgandi. Shunday kunlarning birida u kollejda birga o‘qigan do‘sti Jeyms Makkennni uchratib qoladi va uning tavsiyasiga ko‘ra “Chekishni tashlang” korporatsiyasiga boradi. Xo‘sh, shundan so‘ng uning hayotida qandaydir o‘zgarish ro‘y berarmikan? Buni hikoyani o‘qib/tinglab bilib olishingiz mumkin.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Stiven-King-Chekishni-tashlang-korporatsiyasi

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/qhGM9QMVbg4

💬 Muhokama bu yerda.

🎙 Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
29-mart, juma (19-kun)
Saharlik vaqti: 04:51
Iftorlik vaqti: 18:47 (Toshkent vaqti)

Sabr. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Yig‘ilishda aytilishicha, viloyat va tuman hokimlarining qurilish, kommunal va ekologiyaga javobgar o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralar tizimidagi mas’ul rahbarlarning 28 nafariga nisbatan intizomiy jazo ko‘rilgan.

Jumladan, Kasbi, Qarshi, To‘raqo‘rg‘on tumanlari hokim o‘rinbosarlari ishdan olindi, ushbu tumanlar hokimlarining, 6 ta viloyat hokimining o‘rinbosarlari va boshqa rahbarlarga “hayfsan” berildi.

Barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga sinov muddati tayinlandi.


👉 @xushnudbek 👈
Yangihayot, Sergeli, Bektemir, Olmazor tumanlarining ba’zi hududlarida ta’mirlash va sozlash ishlari sababli gaz ta’minoti to‘xtatiladi

Yangihayot tumanida 29-mart kuni 10:00 dan 17:00 gacha:
— Yo‘ldosh mahallasi;
— Alfarg‘oniy mahallasi;
— «Toshkent» mahallasi;
— «Fayzli» mahallasi;
— «Chortoq» mahallasi;
— «Charog‘on» mahallasi;

Sergeli tumanida 29-mart kuni 14:00 dan 16:00 gacha:
— «Eshonbuloq» mahallasi;
— «Sadoqat» mahallasi;
— «Xonobod» mahallasi;

Bektemir tumanida 29-mart kuni 14:00 dan 16:00 gacha:
— Ko‘p qavatli uylardagi 60 ta xonadon;

Olmazor tumanida 30-mart kuni 11:00 dan 17:00 gacha:
— «Ziyo» mahallasi;


👉 @xushnudbek 👈
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 15-aprel kuni boshlanadi.

Malaka sinovlari ushbu manzillarda test shaklida oʻtkaziladi.

Attestatsiya ikki bosqichda (bir kunda va bir vaqtda) kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.

👉 Test sinovlarini bajarish uchun:

matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa;

qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa vaqt ajratiladi.

👉 Malaka sinovlarining:

1️⃣ birinchi bosqichida mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta (mutaxassislik fanidan 35 ta, pedagogning kasbiy standartlaridan 5 ta) test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test 2 ball bilan baholanadi. Test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;

2️⃣ ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Endilikda har oyning to'rtinchi chorshanba kuni "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o'tkaziladi

Hukumat topshirig'iga binoan, 2024-yil mart oyidan boshlab har oyning to'rtinchi chorshanba kuni (agar bayram kuniga to'g'ri kelsa, payshanba kuni) Toshkent shahrida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan "Avtomobilsiz kun" deb e'lon qilindi.

Bu haqda O'zA xabar bermoqda.

"Avtomobilsiz kun" jamoatchilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va mas'ul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna ko'rsatib borishi belgilandi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xushnudbek.uz
❗️Endilikda har oyning to'rtinchi chorshanba kuni "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o'tkaziladi Hukumat topshirig'iga binoan, 2024-yil mart oyidan boshlab har oyning to'rtinchi chorshanba kuni (agar bayram kuniga to'g'ri kelsa, payshanba kuni) Toshkent shahrida…
Yil davomida qaysi kunlar “Avtomobilsiz kun” bo’ladi?

Avval xabar berganimizdek, Hukumat topshirig'iga binoan, endilikda har oyning to’rtinchi chorshanba kuni “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi o’tkaziladi.

O’zA ushbu loyiha 2024-yilda qaysi kunlarga to’g’ri kelishi haqida ma’lumot berdi:

• 24-aprel;
• 22-may;
• 26-iyun;
• 24-iyul;
• 28-avgust;
• 25-sentyabr;
• 23-oktyabr;
• 27-noyabr;
• 25-dekabr.

“Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va mas'ul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna ko'rsatib borishi belgilandi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan so’ng, aniqrog’i soat 22:10 da “Milliy” telekanalida Jobir Ahmedov jamoasi “Zakovat” teleko’rsatuvining 2024-yil bahorgi mavsumi uchinchi o‘yinida ishtirok etadi.

Shuningdek, muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida bugun, soat 22:10 dan boshlab @zakovat Telegram kanalida ovozli hamda matnli translyatsiya ham tashkil etiladi.

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Axmedxadjayev Azim Israilovich energetika vazirining birinchi o‘rinbosari — Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi.

U bunga qadar ham energetika vazirining birinchi o‘rinbosari edi. Faqat endilikda uning zimmasiga Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktorligi vazifasi ham yuklandi.

***

Mamatkarimov Baxtiyor Rustamovich energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar Andijon tumani hokimi edi.

***

Qobilov Azizxo‘ja Ochilovich energetika vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. U 2023-yil 31-yanvar kuni tog'-kon va geologiya vazirining o'rinbosari etib tayinlangan edi.


👉 @xushnudbek 👈
Ramazon. 20-kun. Ruhiy tarbiya. Rizo
30-mart, shanba (20-kun)
Saharlik vaqti: 04:49
Iftorlik vaqti: 18:48 (Toshkent vaqti)

Rizo. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈
Savdo majmualari, ko‘ngilochar maskanlar, bozorlar va boshqa jamoat joylarida xavfsizlik nazorati choralari kuchaytirilgani ma’lum qilindi.


👉 @xushnudbek 👈
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi tasdiqlandi

❗️ Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma;
Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan — yozma;
Matematika fanidan — yozma;
Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki;
Jismoniy tarbiya fanidan — amaliy shaklda oʻtkaziladi.

❗️ 11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma (insho);
Matematika fanidan — yozma;
Davlat tili (taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun, taʼlim muassasasi tanlovi asosida)dan — yozma va ogʻzaki;
Chet tili fanidan — yozma/ogʻzaki;
Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki;
Kimyo, Fizika, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan (oʻquvchining tanlovi boʻyicha) — yozma shaklda oʻtkaziladi.

✔️ Ma’lumot uchun, 2025-yildan boshlab ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun Davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘lishi belgilanmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
VMQ-166. 29.03.2024-yil.pdf
405.7 KB
❗️Amaliy harakatlar boshlandi: 1-iyundan avtomobillarga ekologik stikerlar berish va hududlarni “yashil”, “sariq”, “qizil” zonalarga ajratish boshlanadi

Bu haqda Hukumat qarori qabul qilindi, deya xabar bermoqda O’zA.

Qarorga koʻra, 2024-yil 1-iyundan boshlab transport vositalari ekologik tekshiruvdan o’tkaziladi.

Diagnostik tekshiruv natijalariga asosan transport vositalariga qalbakilashtirishdan himoyalangan va elektron belgiga ega stikerlar beriladi. Shunga koʻra, transport vositalari “yashil”, “sariq” va “qizil” ranglar bilan belgilanadigan “toza”, “oʻrta” va “zararli” ekologik toifalarga boʻlinadi.

❗️Diagnostik tekshiruvlar va stikerlar berish BEPUL amalga oshiriladi.

Shuningdek, ekologik holatdan kelib chiqib hududlar “yashil”, “sariq” va “qizil” zonalarga bo’linadi. Agar havo ifloslanishi juda ortib ketib qolsa, “qizil” hududlarga stikeriga qarab ayrim mashinalar kirishi taqiqlanadi.

Tartibni buzganlarga jarima solinadi, jarimadan tushgan mablag’lar esa ekologiya va atrof-muhitni yaxshilash uchun sarflanadi.

Ushbu “Ekologik transport” tizimi 2030-yilgacha bosqichma-bosqich joriy etiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
VMQ-166. 29.03.2024-yil.pdf
Eski mashina egalariga yangisiga almashtirish uchun subsidiya beriladi

Bu haqda Hukumat qarori (166-sonli, 29.03.2024) qabul qilindi.

Qarorda aytilishicha, iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda aholiga “zararli” toifadagi transport vositalarini “toza” toifadagi transport vositalariga almashtirish uchun subsidiya berish tizimini joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.


👉 @xushnudbek 👈