Xushnudbek.uz
713K subscribers
11.1K photos
2.82K videos
248 files
9.26K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Kecha “Oltin qalam” XVII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.

Bu yil ilk marta Bosh milliy mukofot uchun yengil avtomobil berildi. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti ushbu sovringa ega chiqdi.

Barcha g‘olib va sovrindorlarni, ustozlar va hamkasblarimni chin dildan tabriklayman.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli ijodkor, jamoat arbobi Oydin Hojiyevaning 81 yoshida vafot etgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.


👉 @xushnudbek 👈
Xalq orasida “Shukrullo domla” deb tanilgan Farg‘ona viloyati Toshloq tumani bosh imomi va “Abu Hanifa” jome masjidi imom-xatibi Shukrullo Egamberdiyevga “hayfsan” intizomiy jazosi berilib, tuman bosh imomi vazifasidan ozod etildi.

Bunga uning ijtimoiy tarmoqlardagi imomlik maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan chiqishlari sabab bo‘lgan. Bu haqda O’zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
🎓Jurnalistika sohasida o’qiyotgan talabalar uchun 75 mln so’mlik ta’lim granti XushnudbekUz kanali jurnalistika sohasida ta’lim olayotgan, yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichiga ega, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalarning…
Taʼlim granti bo‘yicha ayrim tushuntirishlar:

grant g‘olibi bo‘lish uchun ariza topshirish bosqichining oxirida yoziladigan esse juda muhim. Yaʼni siz o‘zingiz haqingizda, nima uchun bu grantga hujjat topshirganingiz, nima uchun bunga o‘zingizni munosib deb hisoblashingiz, kelajakdagi rejalaringiz va shu kabi fikr-mulohazalaringizni yozishingiz kerak bo‘ladi. G‘oliblarni saralashda komissiya aʼzolari albatta shu essedagi fikrlarni inobatga olishadi. Esse erkin shaklda yoziladi, biror shabloni yo‘q;

grant faqat bakalavrlar uchun, magistrlarga taalluqli emas. Shuningdek, faqat kontraktda o‘qiyotganlar uchun, grantda tahsil olayotganlarga ham taalluqli emas. Qaysi bosqichda o‘qiyotganining ham ahamiyati yo‘q;

agar bitiruvchi bosqich talabasi grant g‘olibi bo‘lsa va u barcha kontrakt to‘lovlarini allaqachon to‘lab bo‘lgan bo‘lsa, unda grant summasi talabaning o‘ziga, shaxsiy rivojlanishi uchun taqdim etiladi;

davlat yoki nodavlat oliygohda o‘qishining ahamiyati yo‘q, istalganiga berilaveradi. Faqat o‘qiyotgan yo‘nalishi jurnalistika sohasiga oid bo‘lishi kerak;

agar ariza topshirishda biror texnik muammo paydo bo‘lsa, unda bu haqda mana bu yerda izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Bugundan Yevropa chempionlar ligasi yarim final bahslariga start beriladi. Juftliklar:

Real Madrid — Manchester City Inter — Milan Sizningcha, finalga qaysi jamoalar yo‘l oladi va yakunda qaysi jamoa chempion bo‘ladi?
Anonymous Poll
37%
Real Madrid — Inter, chempion Real
4%
Real Madrid — Inter, chempion Inter
17%
Real Madrid — Milan, chempion Real
4%
Real Madrid — Milan, chempion Milan
21%
Manchester City — Inter, chempion M.City
4%
Manchester City — Inter, chempion Inter
10%
Manchester City — Milan, chempion M.City
3%
Manchester City — Milan, chempion Milan
My.gov.uz yagona portalida yoshlar uchun bir qator davlat xizmatlari zamonaviy va qulay usulda taqdim etilmoqda. Deylik, siz chet tilini yaxshi bilasiz, portal orqali til bilish darajangizga mos ravishda imtiyozlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Bundan tashqari, “Million dasturchi” loyihasi sertifikati egalariga kompyuter sotib olish uchun foizsiz kredit uchun ariza yuborish ham mumkin, “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga esa repetitorlarga sarflagan pullarining bir qismi qoplab beriladi. Yana boshqa ko‘plab imtiyozlar bor. Asosiysi, ularning barchasidan ortiqcha byurokratiya va ovoragarchiliklarsiz, onlayn foydalanish mumkin.

Portal haqidagi mana bu videorolikda barchasi yana ham batafsilroq tushuntirilgan:

📹 https://youtu.be/U4A2enrdFm0
⚡️ Xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi
#abituriyent

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo‘lishlari lozim.

📝 Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma;
o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom.

Imtiyoz qo‘llanishi haqida batafsil bu yerda:
https://t.iss.one/xushnudbek/14477

Tasavvur hosil qilish uchun o‘tgan yilgi kvotalar va tartib haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin:
https://t.iss.one/xushnudbek/14934

❗️ESLATMA: o‘tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas. O‘tgan yilgi tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin.

‼️ESLATMA-2: O‘tgan yili tavsiyanoma olib, o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi esa o‘z kuchini yo‘qotgan, yaʼni kuygan bo‘ladi.

ℹ️ Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;

tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;

o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.
 
Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga kelgan Shavkat Mirziyoyev dastlab Hazrati Hizr majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi.


👉 @xushnudbek 👈
Kasb-hunar maktablari kunduzgi.pdf
1.3 MB
Kasb-hunar maktablari uchun qabul kvotalari tasdiqlandi
#abituriyent

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida kasb-hunar maktablariga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 98 ming 42 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.

✔️Shundan:

➡️ Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha – 93 ming 310 ta;
➡️ Dual ta’lim shakli bo‘yicha – 4 ming 732 ta.

Kunduzgi ta’lim shakli bo’yicha kvota yuqoridagi faylda ko’rsatilgan.

💾 DUAL ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish

Hujjatlar 1-iyuldan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, kasb-hunar maktablarida o‘qish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Maktablardagi to‘garaklar uchun ajoyib sovg‘a! Nafaqat maktablar, barcha intellektual o‘yin ixlosmandlari uchun desa ham bo‘ladi

Mendan juda ko‘p so‘rashadi, "Biz “Zakovat” kabi intellektual o‘yinlarga juda qiziqamiz, maktabimizda (yoki litseyimizda, universitetimizda, ishxonamizda) shunaqa o‘yinlar o‘ynamoqchimiz, turnirlar qilmoqchimiz, lekin savollarda qiynalyapmiz, qayerdan savol topsak bo‘ladi?", deb.

Haqiqatdan intellektual o‘yinlar uchun asosiy muammo — bu yaxshi savollar topishda!

Azaliy muammoning innovatsion yechimi

Endi bu haqda bosh qotirishingiz shart emas. “Bilimdon” o‘yini mana shunday muammoga yechim beradi.

“Bilimdon” qutisi ichida 500 ta saralangan savol-javob bor. Bundan tashqari telefoningizga “Bilimdon” ilovasini (Android yoki iOS) yuklab olsangiz, unda hozircha 2 mingta savol bor. Tez orada savollar sonini 2 mingtaga chiqarishmoqchi ekan. Va har doim elektron savollar bazasi yangi savollar bilan to‘ldirib borilarkan. Ilovadan to‘laqonli foydalanish uchun “Bilimdon” qutisi ichidagi promo-kodni kiritish kerak.

Yana eng qizig‘i, sizga mobil ilova orqali “Zakovat” teleko‘rsatuvi boshlovchisi Abdurasul Abdullayevning shaxsan o‘zlari video-savol berishi mumkin. O‘zingizni xuddi “Zakovat”dagidek his qilasiz.

ℹ️ “Bilimdon” o‘yini narxi 299 ming so‘m. Bu degani bitta savol taxminan 149 so‘mdan to‘g‘ri kelyapti. Agar 5-6 kishi birgalashib olinsa, "suv tekinga" tushadi.

ASaxiy internet do‘konidan buyurtma bersangiz, butun O‘zbekiston bo‘ylab eshigingiz tagigacha yetkazib berisharkan.

♻️ Xarid qilish uchun: https://asaxiy.uz/uz/product/bilimdon

Ilovani yuklab olish uchun: Android | iOS

Savollarni ko‘rdim, qiyinlik darajasi o‘rtacha ekan, o‘ta qiyin ham emas, o‘ta oson ham emas. Bemalol maktablardagi to‘garaklarda, litsey-kollej, institut va korxonalarda, shuningdek, shunchaki oila davrasida ham o‘ynasa bo‘ladi.

🎁 Ayniqsa farzandingiz uchun ajoyib sovg‘a!

Shaxsiy tavsiya