Xushnudbek.uz
663K subscribers
11.6K photos
2.94K videos
258 files
9.65K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Ramazon. 22-kun. Ruhiy tarbiya. Tavba
1-aprel, dushanba (22-kun)
Saharlik vaqti: 04:46
Iftorlik vaqti: 18:50 (Toshkent vaqti)

Tavba. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈
Turkiyada kecha o’tgan saylovlarda Erdo‘g‘anning partiyasi 20 yil ichida ilk bor munitsipal saylovlarda muxolifatga mag‘lub bo‘ldi.

99,82% saylov byulletenlari sanab chiqilgandan keyin muxolifatdagi Respublika Xalq partiyasi 37,74%, hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi esa 35,49% ovoz olgan.

Anqara, Istanbul, Bursa, Izmir, Antalya va Adana kabi yirik shaharlarda muxolifat g‘alaba qozondi.


👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿Rasman: Nodirbek Abdusattorov FIDE reytingida 4-o‘rinda qayd etildi

Avval ma’lumot berganimizdek, rasmiy reyting jadvali FIDE tomonidan har oyning boshida e’lon qilinadi.

Aprel oyi uchun yangilangan natijalarga ko‘ra, 2765 reyting ochkosi bilan Nodirbek Abdusattorov FIDE reytingida 4-o‘ringa rasman ko‘tarildi. Undan yuqorida 🇳🇴Magnus Karlsen (2830), 🇺🇸Fabiano Karuana (2803) va 🇺🇸Hikaru Nakamura (2789) bor.

O‘z navbatida Abdusattorov o‘tgan oydagi kabi o‘smirlar o‘rtasida FIDE jahon reytingida yetakchi sifatida qayd etildi.

Ushbu tarixiy natija bilan Nodirbekni, uning ota-onasini, ustozlarini va yurtimizdagi barcha shaxmat ixlosmandlarini tabriklaymiz! Va ishonamizki, tez orada Nodirbek FIDE reytingini boshqaradigan davrlarga ham kelamiz, Xudo xohlasa.


👉 @xushnudbek 👈
👨🏻‍🎓🧑‍🎓Oʻzbekistonlik talabalarga Xitoy universitetlarida tahsil olish uchun stipendiyalar ajratiladi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov va Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uygʻur avtonom viloyati hukumati raisi Erkin Tuniyaz “Oʻzbekiston fuqarolariga Xitoy oliy taʼlim muassasalarida oʻqish uchun stipendiyalar taqdim etish toʻgʻrisida”gi kelishuvni imzoladilar.

Shartnomaga koʻra, Xitoy tomoni har yili noyabr oyining oxirigacha Oʻzbekiston fuqarolari tahsil olishi mumkin boʻlgan oliy oʻquv yurtlari roʻyxatini, stipendiya dasturlari shartlari va talablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi esa Shinjon-Uygʻur avtonom tumanidagi universitetlarda oʻqish uchun tavsiya etilgan talabalar roʻyxatini taqdim etadi.

Xitoyda oʻqish uchun nomzodlar maʼlum darajadagi xitoy tilini bilishi talab etiladi. Zarur hollarda stipendiyaga tavsiya etilgan talabalar uchun til kurslari tashkil qilinishi mumkin.

Birlamchi kelishuvga koʻra, stipendiyalar oʻqish, toʻlovlar hamda turar joy, sugʻurta mukofotlari (shu jumladan, tibbiy sugʻurta) va yashash xarajatlarining bir qismini qoplashi nazarda tutilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Ramazon Hayitida necha kun dam olinadi?

ℹ️ Bu haqda ma’lumot berishdan oldin alohida ta’kidlash kerakki, Ramazon Hayitining birinchi kuni hozircha aniq emas. Shariat qoidalari bo‘yicha, Hayit kuni yangi oy ko‘rinishiga qarab belgilanadi. Shu sababli ushbu postda aytilgan ma’lumotlarni "Hayit kuni aniq bo‘ldi" deb talqin qilinmasligini so‘rayman.

Hozirgi rejaga ko‘ra, Ramazon Hayitida ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo‘lishi kutilmoqda. Bular:

🔴 10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;

🔴 11-aprel, payshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

🔴 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;

🟢 13-aprel, shanba — barcha uchun ISH KUNI;

🔴 14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

📖 Sharh:

Ramazon oyining 30-kuni 9-aprel, seshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Demak, agar yangi oy ko‘rinishi o‘zgarmasa, unda Ramazon Hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Prezident farmoniga ko‘ra, 11-aprel, payshanba kuni barcha xodimlarga qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. 12-aprel, juma kuni esa 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga esa 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni bo‘ladi.

Demak, 13-aprel, shanba kuni barcha xodimlarga, 6 kunliklarga ham, 5 kunliklarga ham ISH KUNI bo‘ladi.

Agar mabodo yangi oy ko‘rinishi hozirgi taqvimdan farq qilib qolsa, unda dam olish kunlariga ham o‘zgarish kiritilishi mumkin.

📃 Izoh: qo’shimcha dam olish kunlari 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni asosida belgilangan.


👉 @xushnudbek 👈
Sambochining otib o‘ldirilishi yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonoti

Shahrisabz tumani prokuraturasi tomonidan To‘ra Avloqulovning hayotiga suiqasd qilinganligi holati bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Aniqlanishicha, gumonlanuvchi shaxs o‘zaro janjal davomida temir quvurdan qo‘lbola usulda yasalgan qurol bilan T.Avlaqulovning bosh qismiga qaratgan holda bir marta o‘q uzgan.

Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan jabrlanuvchi T.Avloqulov 31-mart kuni vafot etgan.

Tergov harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.


👉 @xushnudbek 👈
Telegram monetizatsiya dasturini ishga tushirmoqda. Bu O'zbekistonda ham ishlaydi

Endilikda 1000 va undan ortiq obunachiga ega Telegram kanali egalari o‘z kanalida ko‘rsatilgan reklamadan tushgan daromadning 50 foizini olishlari mumkin.

Monetizatsiya dasturidan olingan daromadni komissiyasiz olish, Telegramdagi reklamalarga sarflash yoki Premium obunalarga to'lash uchun ishlatish mumkin. To‘lovlar TON kriptovalyutasida amalga oshiriladi.

Hozirda monetizatsiya dasturi Rossiya, Ukraina, Falastin va Isroil davlati foydalanuvchilari uchun ishlamaydi. Avvalroq chiqqan xabarlarda monetizatsiya tizimi O'zbekistonda ham ishlamasligi haqida aytilgan edi, ammo bunday bo'lmadi. Tizim o'zbekistonlik kanal adminlari uchun ham yoqildi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Iskandar Qutbiddinov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Prezident Administratsiyasida ishlagan.


👉 @xushnudbek 👈
Ramazon. 23-kun. Ruhiy tarbiya. Iffat
2-aprel, seshanba (23-kun)
Saharlik vaqti: 04:44
Iftorlik vaqti: 18:51 (Toshkent vaqti)

Iffat. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2023-yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksi natijalarini eʼlon qildi

Indeksda jami 103 ta (2022-yilda – 86 ta) davlat idoralari va tashkilotlari faoliyati qamrab olinib, 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida shakllantirilgan.

Baholash natijalariga ko‘ra, 31 ta idora va tashkilot 🟢“yashil” (71-100 ball), 43 tasi 🟡“sariq” (55-71 ball) va 29 tasi 🔴“qizil” (55 balldan past) samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etgan.

Indeksda eng yaxshi natijani Statistika agentligi, eng yomon natijani esa Andijon viloyati hokimligi band etgan.

Faoliyat samaradorligi “yashil” toifadagi davlat idoralari soni o‘tgan yilga nisbatan 16 taga (13%) ortgan.


👉 @xushnudbek 👈
Rustam Gʻafurov Kitob tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u Qashqadaryo viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i edi.


👉 @xushnudbek 👈
Rahimova Durdona Shukurullayevna Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

U bunga qadar yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari edi.

***

To’xtayev Xusen Mirzayevich Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

U bunga qadar Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i edi.


👉 @xushnudbek 👈
Uzbekistan’s club jamoasi o'z rezidentlari ishtirokida O‘zbekistonlik.Podcast loyihasini boshlabdi.

Podkastning 1-sonida “O‘zbekistonlik” filmining ilk epizodi orqali tanish bo‘lgan Аsqarali Karimov moderatorlik qilgan.

Shuningdek, Kolumbiya Universiteti yordamchi professori Aziza Shonazarova hamda IT bizneslar egasi Bobir Akilxanov ham ishtirok etgan.

Ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar haqida qiziq suhbat ko'rishni yoki tinglashni istaganlar uchun tavsiya qilinadi.

Aytgancha, O‘zbekistonlik.Podcast Uzbekistan's club YouTube kanalida, Apple Music, Яндекс Музыка, Amazon, Spotify kabi ommabop audioplatformalarda va hamkor telekanallarda ham mavjud.


👉 @xushnudbek 👈
Ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli O‘zbekiston davlat drama teatri binosida teatr tomoshalarining o‘tkazilishi vaqtincha to‘xtatiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon. 24-kun. Ruhiy tarbiya. Hayo
3-aprel, chorshanba (24-kun)
Saharlik vaqti: 04:42
Iftorlik vaqti: 18:52 (Toshkent vaqti)

Hayo. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈
Bugun Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi sessiyasida ishtirok etadi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari poytaxtda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yangi ta’lim va turizm obyektlarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishadi.


👉 @xushnudbek 👈