Xushnudbek.uz
592K subscribers
11K photos
2.81K videos
244 files
9.21K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
🎙Bugun ovozli chat!

Ko‘pchilikka maʼlumki, oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlar, xususiy maktab va bog‘chalarda o‘qish uchun qilingan to‘lovlardan daromad solig‘i olinmaydi. Jaydari tilda aytganda, kontrakt va oylik to‘lovlardan 12% qaytarib beriladi.

12% qaytarib olish uchun faqat davlat ishida ishlash kerakmi?
Ota-onam pensioner, qaytarib olsam bo’ladimi?
Ta’lim krediti olganman, lekin menga qaytarilmayaptiku.
Kontraktga naqd to’laganmiz, kvitansiyani yo’qotib qo’yganman, nima qilsam bo’ladi?
Bitirganimga 3 yil bo’ldi, o’sha payti bilmagandim, endi kechikdimmi, qaytara olmaymanmi?

Shu va shu kabi boshqa ko’plab savollarga bugun, 19-may — juma kuni soat 18:30 da @xushnudbek Telegram kanalida Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda ovozli chatda javob olishingiz mumkin.

Ovozli chatni tinglash uchun:

https://t.iss.one/xushnudbek?livestream

Ovozli chat spikeri: Soliq qo‘mitasining Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ismailov.

O‘tkazib yubormang, foydali maʼlumotlar olishingiz kafolatlanadi.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Qo‘shma bayonotni imzoladilar va 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston bilan XXR o‘rtasida yangi davrdagi har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish dasturini qabul qildilar.

Yetakchilar huzurida 41 ta hujjatlar imzolandi, jumladan:

– O‘zbekiston Hukumati bilan XXR Hukumati o‘rtasida o‘rta ta’lim maktablari salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim;

– O‘zbekiston Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi AOKA bilan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Matbuot kanselyariyasi o‘rtasida ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;

– Toshkent shahri va Sichuan muzofoti, Sirdaryo hamda Samarqand viloyatlari va Shensi muzofoti o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi bitim.

Iqtisodiy kelishuvlar:

🚗 “EXEED” kompaniyasi bilan birgalikda zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarish to‘g‘risida;

🚙 “BYD Auto Industry” kompaniyasi bilan birgalikda elektr va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish to‘g‘risida;

– elektr uzatish liniyalari va nimstansiyalarini qurish loyihasini moliyalashtirish to‘g‘risida;

– “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ lokomotivlari parkini yangilash va modernizasiya qilish to‘g‘risida;

– “O‘zbektelekom” AKning telekommunikasiya infratuzilmasini yanada kengaytirish to‘g‘risida;

– “O‘zbekiston milliy banki” AJ bilan “Xitoy Eksim banki” hamda “Xitoy taraqqiyot davlat banki” o‘rtasida kredit liniyalarini jalb qilish to‘g‘risida;

Tarmoq memorandumlar:

– Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan Pekin xorijiy tillar va madaniyat universiteti hamda Lyaonin pedagogika universiteti o‘rtasida;

– Samarqand xalqaro texnologiyalar universiteti bilan Tyanszin fan va texnika universiteti hamda Shimoliy-sharq elektroenergetika universiteti o‘rtasida;

– Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Shanxay universiteti o‘rtasida.


👉 @xushnudbek 👈
Prezident saylovini o‘tkazish uchun 174 mlrd 130 mln so‘m ajratiladi

Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, bu miqdor 2021-yilgi prezidentlik saylovlari uchun ajratilganidan 41 foizga kam (2021-yildagi saylovga 300 mlrd so‘m sarflangan).

Xarajatlarning qariyb 82 foizi okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyatini tashkil etishga sarflanadi. Asosiy mablag‘ okrug va uchastka saylov komissiyalari a’zolariga kompensasiya to‘lovlari sifatida beriladi.


👉 @xushnudbek 👈
Live stream scheduled for
⚽️ Finallar:

Yevropa chempionlar ligasi

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Manchester City — 🇮🇹 Inter
10-iyun soat 23:59, Istanbul

Yevropa ligasi

🇪🇸 Sevilla — 🇮🇹 Roma
31-may soat 23:59, Budapesht

Konferensiyalar ligasi

🇮🇹 Fiorentina — West Ham
7-iyun soat 23:59, Praga


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ta’limga oid korrupsiya holatlari

• Namangan davlat universiteti o‘qituvchisi tanishlari orqali bir fuqaroning qarindoshini Qirg‘izistondagi oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kiritib, so‘ngra O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirib berish evaziga 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
 
• Pastdarg‘om tumanidagi maktabning ingliz tili o‘qituvchisi tanishlari yordamida Tayloq tumanida yashovchi fuqaroni xorijiy OTM talabasi ekanligi to‘g‘risida soxta hujjat tayyorlab, Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6 ming AQSh dollari hamda uning qarindoshiga ingliz tili bo‘yicha milliy sertifikat olib berish uchun 1 ming 200 AQSh dollari, jami 7 ming 200 dollar olgan vaqtida ushlangan.
 
• Guliston shahrida yashovchi, 1997 yilda tug’ilgan shaxs Yangiyer shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Guliston davlat universitetining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 5 ming 100 dollar olgan vaqtida ushlangan.

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u mazkur pul mablag‘ining 4 ming 600 dollarini viloyat Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi o‘qituvchisiga berishi kerakligi ma’lum bo‘lib, ushbu shaxs ham 200 dollari olgan vaqtida ushlandi.

🤦🏻‍♂️ Haligacha falon ming dollar evaziga o’qishga kiradiganlar qoldimi-yey? O’qiyman desa shuncha imkoniyat, bilim olaman desa shuncha sharoit, talaba bo’laman desa shuncha xususiy universitetlar bor paytda yana pora evaziga o’qishga kirmoqchi bo’ladiganlarning miyasi qurtlagan.


👉 @xushnudbek 👈
Live stream started
Ta’lim uchun qilingan to‘lovlarga daromad solig‘i imtiyozi berilishiga bag‘ishlangan ovozli chat boshlanadi.

Ulanish uchun:
https://t.iss.one/xushnudbek?livestream
Live stream finished (1 hour)
Daromad solig’idan imtiyoz haqida chat
Xushnudbek.uz
Ta’lim uchun qilingan to‘lovlarga daromad solig‘i imtiyozi berilishiga bag‘ishlangan ovozli chatning to’liq audiosi.

Suhbatdoshimiz Soliq qo‘mitasining Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ismailov bo’ldi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Bugun ilk o’yin!

Vanihoyat intiqib kutilgan kunlar keldi. Bugun tunda futbol bo’yicha U-20 Jahon chempionatiga start beriladi.

🇺🇿O’zbekiston milliy terma jamoasi ilk o’yinda mezbonlar 🇦🇷Argentinaga qarshi maydonga chiqadi.

O’yin tungi soat 02:00 da boshlanadi. UzReport telekanali translyatsiya huquqini sotib olgan.

Yigitlarimizga chin dildan omad tilaymiz!


👉 @xushnudbek 👈
❗️ Markaziy bank sinov tariqasida Korzinka tarmog‘i kassalari orqali bank kartalaridagi mablag‘ni naqdlashtirishga ruxsat beribdi.

Bu nima degani?

Ya’ni onlayn kassa qo‘yilgan savdo shohobchalari yaqin kelajakda bemalol xuddi bankomatga o‘xshab, fuqarolarga kartasidan naqd pul yechib beradi.

Ushbu jarayonning barcha texnik va tashkiliy tomonlarini puxta o‘rganish maqsadida Korzinka do‘konlarida eksperiment o‘tkaziladi.

Ayrim ma’lumotlar:

• pul naqdlashtirishda 1% komissiya mavjud;
• pul naqdlashtirish uchun Korzinka’dan albatta nimadir xarid qilish majburiyati yo‘q;
• ayni vaqtda maksimal 300 ming so‘mlik limit bor.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Davlat granti asosida tamomlagan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati oʻz kuchini yoʻqotmagan vazirlik bayonoti


👉 @xushnudbek 👈
🇦🇷Argentina U20 2:1 🇺🇿O’zbekiston U20

Jahon chempionatining ilk bahsida afsuski mag’lub bo’ldik. Teng kurashlar ostida o’tgan o’yinda yigitlarimiz dastlab hisobda oldinga chiqib olishdi. Ammo keyin himoyamizda yo’l qo’yilgan xatolar natijasida mezbonlar 1-taymning o’zida 2 ta gol urishga muvaffaq bo’ldi.

2-taymda esa hisob o’zgarmadi, Argentina asosan hisobni ushlab qolish uchun harakat qildi.

Umuman olganda terma jamoamiz yaxshi o’ynadi. Golga tortadigan xavfli vaziyatlar yaratishda raqiblaridan qolishgani yo’q. Statistika ham buni ko’rsatib turibdi.

Faqat oxirgi nuqtani qo’yishda biroz tajriba va omad yetishmadi. Argentina esa kichik imkoniyatlardan ham gol urib ketdi.

Boshlanishiga yomon emas. Umid qilamizki, keyingi 2 ta o’yinda ham terma jamoamiz muxlislarni g’alaba bilan xursand qiladi. Omad!


👉 @xushnudbek 👈