Xushnudbek.uz
674K subscribers
11.1K photos
2.84K videos
251 files
9.33K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
“Xon Saroy Afsonasi” - siz orzu qilgan xonadonlar!

Toshkent shahri Yashnobod tumanida qad koʻtarayotgan “Xon Saroy Afsonasi” loyihasidan 1 xonali xonadonlarni 105 mln soʻm boshlangʻich toʻlovda xarid qiling.

Boshlangʻich toʻlovni amalga oshiring va qolgan qismini oyma-oy toʻlab boring.

➡️ Bot orqali bogʻlanish

☎️ 712007400
☎️ 555017400

🌐 xonsaroy.uz | Telegram | Reklama
🛑 O‘zbekistonda yangi yo‘l belgisi joriy etiladi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, piyodalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ular ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida “Baland piyodalar oʻtish joylari” yoʻl belgisi hamda 3D koʻrinishidagi yoʻl yotiq chiziqlari joriy etiladi.

Ular quyidagi nuqtalarga oʻrnatiladi:

🛣 shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalarida;
3⃣0⃣ davlat va mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yoʻllarining yoritilgan hamda yuqori tezlik soatiga 30 kilometrgacha cheklov joriy qilingan uchastkalarida;
🏢 turar joy dahalaridagi koʻrinish cheklangan chorrahalarda;
👶 bolalar maydonchalari hamda taʼlim tashkilotlari oldidagi yoʻl uchastkalarida;
🏖 ommaviy dam olish joylari, stadionlar, vokzallar, savdo markazlari va boshqa odam koʻp toʻplanadigan joylarda;
🚏 koʻchalarning 1.21. “Bolalar” yoʻl belgisi taʼsiridagi qismlarida.


👉 @xushnudbek 👈
Konstitutsiya kuni munosabati bilan 500 nafarga yaqin shaxs afv etildi

Konstitutsiya qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan prezident farmoni bilan qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan jazo muddatini oʻtayotgan 483 nafar shaxs afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 107 nafari jazodan toʻliq ozod qilinadi, 275 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 7 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi. Shuningdek, 94 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 25 nafarini chet el fuqarolari, 32 nafarini ayol, 5 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 274 nafarini yoshlar (shulardan, 104 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 6 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.


👉 @xushnudbek 👈
Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etibdi.

Innaa lillahi va innaa ilayhi roji’un.


👉 @xushnudbek 👈
Odil Temirov “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

Bunga qadar u “Oʻzbekneftegaz” AJ boshqaruvi raisining qayta ishlash boʻyicha oʻrinbosari edi.


👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi muborak!


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uch haftalik tanaffusdan so‘ng “Lolazor” podkasti yana qaytdi.

Podkastimizning bugungi sonida darsliklar ijarasining bepul yoki pullik bo‘lishi masalasi, byudjetni tasdiqlash jarayoni, agar Parlament byudjetni tasdiqlamaganda nimalar bo‘lishi, valyuta bozori, gaz muammosi, paxta mavsumi, "parkovka"lar bo‘yicha qaror va yana boshqa mavzularda suhbatlashdik.

📹 https://youtu.be/0iB2yVZCRlQ

Dam olish kunida, ayniqsa sovuqda issiq ko‘rpaga o‘ranib olib, tomosha qilish tavsiya etiladi.

👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 41 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Anor. Albatta, uchrashamiz

Izoh
: Ozarbayjonlik hikoya qahramoni yurti uchun oʻzga shaharlarda kichik boʻlsa-da yordam izlab yurgan kezlarida "yolgʻonchi amaldorlar"ning vaʼdalaridan figʻoni falak boʻladi. Ushbu hikoyada siz bosh qahramonning "yolgʻonchilar" tomonidan baʼzida kulgu ostida yoʻgʻrilgan, ammo achinarli sarguzashtidan boxabar boʻlasiz...

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/anor-albatta-uchrashamiz

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/kn5ytIO4E-w

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Sug‘diyona Erdonova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Shaxmat bo‘yicha jahon toji uchun kurash o‘zining hali qiluvchi pallasiga kirdi.

Ketma-ket yettita partiya durang bo‘lgandan so‘ng, nihoyat kecha g‘alaba qayd etildi. Oq donalarda o‘ynagan 🇮🇳Gukesh qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan 🇨🇳Ding Liren ustidan g‘alaba qozondi va hisobda oldinga chiqib oldi.

Endi Gukesh qolgan 3 ta partiyada durang qayd etsa ham tarixdagi eng yosh jahon chempioniga aylanadi. Gukeshning g‘alabasi Hindistonda hozirdan katta bayram qilinmoqda.

12-partiya bugun bo‘lib o‘tadi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tarix takrorlamoqda: Ding Liren 12-partiyada yana kambek qila oldi

Shaxmat toji uchun bugungi bahsda xitoylik amaldagi chempion hindistonlik raqibiga hech qanday imkon qoldirmadi va umumiy hisobni tenglashtirdi.

Ertaga tanaffus. Oxirgi 2 ta partiya 11-12-dekabr kunlari bo’lib o’tadi.

Avvalgi chempionatda ham Ding hisobdan ortda qolayotganda 12-partiyada Yan Nepomnyashiyni mag’lub etib, hisobni tenglashtirgan va yakunda chempion bo’lgandi. Ko’ramiz, bu safar nima bo’larkan.


👉 @xushnudbek 👈
Bu yil ham talaba boʻla olmadingizmi? Founders English School siz uchun yaxshi tanlov boʻla oladi.

☺️ Nega aynan Founders English School?

• 2 soatlik darslar
• 2 nafar ustoz
• Oyiga 20+ darslar
• Bepul MOCK imtihonlari
• Founders School'ning IELTS uchun maxsus tuzilgan kitoblari
• 300+ IELTS testlari
• Shaxsiy kabinet
• British Council tomonidan maxsus BEPUL MOCK imtihonlari
• 24/7 kamera nazorati
• Innovatsion dars xonalari

❗️Agar bu yerda oʻqib IELTS'dan 7.0 ball ololmasangiz, keyingi o‘quv kursi siz uchun mutlaqo BEPUL bo‘ladi!

📣 Hoziroq qoʻngʻiroq qiling:

+998712050333
+998712055333
+998908235330
+998900610692

📱Telegram | 📱Instagram ✉️@founders_admin

Ta’lim reklamasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
Bugun, 10-dekabr - O‘zbekiston davlat madhiyasi qabul qilingan kun.

Mutal Burhonov musiqasi, Abdulla Oripov so‘zi.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Gaz "zapravka"lar faoliyatiga cheklov kiritiladi

Havo haroratining keskin sovishi hamda energiya resurslariga talabning ortishi munosabati bilan, isteʼmol yuqori boʻlgan ayrim hududlardagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (gaz zapravkalar) faoliyatiga qisqa muddatli cheklov kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Bu boʻyicha viloyatlar va tumanlar hokimliklari rasmiy axborot manbalarida tegishli tartibda maʼlumot berib borilishi yoʻlga qoʻyiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Uzbekistan Airways talabalar uchun 50 foizgacha chegirma e’lon qildi

Aviakompaniya o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun 23-dekabrdan 7-yanvarga qadar barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari uchun 50% gacha chegirma taqdim etadi.  

Chegirmali chiptalarni davlat muassasasida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida Toshkentdagi Uzbekistan Airways Sales filialida, uning agentlaridan O‘zbekiston hududida va booking.uzairways.com saytida xarid qilish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈