Xushnudbek.uz
697K subscribers
11.1K photos
2.83K videos
249 files
9.29K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri atrofida "yashil" belbog‘ barpo etish loyihasi doirasida daraxt ekish tadbirida ishtirok etadi hamda Yangihayot tumaniga tashrif buyurib, sanoat korxonalari faoliyati va mahalladagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent halqa yo‘li bo‘yida (Bektemir tumani) barpo etilayotgan yangi bog‘ga ko‘chat ekdi.

Ushbu kuzgi mavsumda “Yashil makon” loyihasi doirasida 80 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

Bahorda 138 million dona ko‘chat ekilgan edi.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Nodavlat bog’cha va maktablar 2030-yilgacha soliqlardan ozod etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat bog’cha va maktablar barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan ozod qilinadi, ularda ishlayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar esa daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lamaydi.

⬇️ 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nodavlat taʼlim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan xorijiy pedagog mutaxassislarga “A-2” oʻqituvchilar kirish vizalarini berish yoʻlga qoʻyiladi;

davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yigʻim miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.

🖥 Shuningdek, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlarining Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan quyidagi tovar jihozlariga bojxona toʻlovlari toʻlanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno):

🔹zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari;
🔹kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
🔹oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.


👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Abdusalom Azizov lavozimidan bo‘shatildi.

Uning o’rniga mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlangan.

Bu haqda GazetaUz hamda KunUz xabar bermoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Abdusalom Azizov lavozimidan bo‘shatildi. Uning o’rniga mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlangan. Bu haqda GazetaUz hamda KunUz xabar bermoqda. 👉 @xushnudbek 👈
Kechagi tayinlov rasman tasdiqlandi. Prezident farmonlariga ko’ra:

Baxodir Nizamovich Kurbanov mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi va Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi;

Abdusalam Abdumavlanovich Azizov Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etildi va Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati ixtiyoriga o‘tkazildi.


👉 @xushnudbek 👈
Xolmuhamedov Shuhrat G’ayratjonovich mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i edi.


👉 @xushnudbek 👈
Ichki ishlar tizimida quyidagilar lavozimidan ozod etildi:

IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshligʻi polkovnik Atxamov Axrorjon Xalimjonovich;

Toshkent shahar IIBB boshligʻining birinchi oʻrinbosari polkovnik Tashxodjayev Doniyor Baxtiyarovich;

Toshkent shahar IIBB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Sobirov Timur Akramovich.


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 47 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Anar. Men, sen, u va telefon

Izoh
: Telefon raqamlari hech o‘xshamas bir-biriga, biroq barchasida inson ovozi bor… Yomon kunlar hech o‘xshamas bir-biriga, birida o‘zing jim qolasan, birida telefon…

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/anor-men-sen-u-va-telefon

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/D8TFrNQZuWk

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Ibragimov Shuhrat Musojonovich Bosh vazirning yordamchisi – Bosh vazir qabulxonasining mudiri lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudirining o‘rinbosari — bo‘lim boshlig‘i edi.


👉 @xushnudbek 👈
Wikipedia asoschisi Jimmi Uels O‘zbekistonga keldi

Jimmi Uels Toshkentda WikiStipendiya jamoasi, administratorlar hamda vikifaollar bilan uchrashgan. Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilingan:

🔹Sifatli maqolalar va ularni takomillashtirish usullari;
🔹WikiStipendiya loyihasining yutuqlari va imkoniyatlari;
🔹Avtomatik tarjima xatolarining Wikipedia sifatiga ta’siri;
🔹Sun’iy intellekt uchun Wikipediya ensiklopediyasining ahamiyati.


👉 @xushnudbek 👈
Bosh prokuratura rasmiy bayonoti:

Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonovga nisbatan sodir etilgan qotillikka suiqasd qilish bo‘yicha jinoyat ishi doirasida jami 7 nafar shaxs aniqlanib, 5 nafariga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanildi, shuningdek 2 nafariga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan edi.

Qidiruvda boʻlgan ayblanuvchi K.S.ning Qozogʻistonda yashiringan manzili aniqlanib, uning ishtirokida tergov harakatlari olib borildi.

Shuningdek, qidiruvda boʻlgan ayblanuvchi Javlon Yunusov Janubiy Koreyada qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi.

Tergov harakatlari davom etmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Loyiha: 1-yanvardan Toshkent shahridagi jamoat transportida 💵naqd pulda to’lov qilinsa, 3 ming so’m bo’lishi mumkin

❗️💳
Elektron to’lovda esa narx oshmaydi — 1 ming 700 so’mligicha qoladi.

Bu haqdagi Toshkent shahri hokimining qarori loyihasi e’lon qilindi.

Bu nima degani?

Bundan asosiy maqsad aholining elektron to’lovlardan foydalanishini rag’batlantirish. Ya’ni kim xohlasa, avtobus va metroda oldingidek eski narxda — 1 ming 700 so’mda yuraversin, buning uchun elektron to’lov qilishi kerak. Kim naqd pulda to’layman desa, unda 1-yanvardan boshlab qimmatroq, ya’ni 3 ming so’m to’lashi mumkin. Tanlov aholining o’zida qoladi.

Shuningdek, transport kartalaridan foydalanilgan holda bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tarif rejalarining narxlari ham hozirgiday qoladi, o‘zgarmaydi.

Toshkent shahri yo‘nalishlaridagi barcha avtobuslar salonida yo‘lkira haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi va yo‘lkira haqini faqat elektron tarzda qabul qilish amaliyoti joriy etiladi.

Bu nima degani?

Yangi yildan boshlab avtobus ichida haydovchi yoki konduktor tomonidan aholidan naqd pul olish taqiqlanadi. Avtobusda naqd pulda to’lov qilmoqchi bo’lgan yo’lovchilar avtobus bekatlarida yoki boshqa maxsus joylarda naqd pul evaziga bir martalik QR-kodli bilet sotib olishi mumkin bo’ladi.

Bundan maqsad — haydovchi va konduktorlar tomonidan pul mablag’larining talon-toroj qilinishiga chek qo’yish.

Metrolarda naqd pul evaziga bilet sotib olishda eskicha tartib saqlanib qoladi.


👉 @xushnudbek 👈
‼️Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining raisi etib saylandi.

Otabek Umarov MOQ raisining birinchi o‘rinbosari, Sherzod Tashmatov rais o‘rinbosari hamda Oybek Kasimov Bosh kotib lavozimiga saylandi.


👉 @xushnudbek 👈