🥇Ulug’bek Rashitov ikki karra Olimpiya o’yinlari chempioni!!!
Uraaaa!!! Barchani 2-oltin medal bilan tabriklayman!
👉 @xushnudbek 👈

Abdumalik Xalokov finalda!
Boksda besh nafar bokschimiz finalga chiqdi. Rio-2016 dagi natijani takrorlashdi.
Endi kunni yuqori notada yakunlash uchun birozdan so’ng bo’ladigan finalda Hasanboy Do’smatovdan oltin kutamiz, Xudo xohlasa!

O’zbekiston delegatsiyasi 47-o’rindan 25-o’ringa ko’tarilib oldi.
Xudo xohlasa, Hasanboy “Professor” ham oltin olsa, 18-o’ringa chiqishimiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Xudo xohlasa, Hasanboy “Professor” ham oltin olsa, 18-o’ringa chiqishimiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug’bek Rashitov sharafiga Vatanimiz madhiyasi yangradi!
Ulug’bek atiga 22 yoshida ikki karra Olimpiya o’yinlari chempioni bo’ldi! Dahshat-a? Juda dahshat!
Aytgancha, ayni daqiqada Ulug’bek Rashitov Olimpiadaning 2 ta oltin medali bor o’zbekistonlik YAGONA sportchi bo’lib turibdi. To’g’ri, bungacha Artur Taymazov 3 ta oltin medal olgan edi, ammo uning 2 ta oltin medali (Pekin-08 va London-12) doping testlari natijasida keyinchalik bekor qilingan. Hozirda Taymazov hisobida rasman 1 ta oltin, 1 ta kumush medal bor.
Demak, Ulug’bek rasmiy manbalarda 2 ta oltini bor yagona sportchi.
Lekin bu qisqa muddatga deb umid qilamiz. Ulug’bekning yoniga birozdan so’ng Hasanboy Do’smatov ham qo’shiladi, Xudo xohlasa. Erta-indin esa Bahodir Jalolov va Akbar Jo’rayevda ham Olimpiadaning 2 ta oltin medali bo’ladi, deb duo qilamiz.

Hasanboy “professor” Do’smatovning final bahsi boshlanmoqda!
Omad, Hasanboy! Ikki karra Olimpiya o’yinlari chempioni bo’lish nasib qilsin, ilohim.
👉 @xushnudbek 👈
Omad, Hasanboy! Ikki karra Olimpiya o’yinlari chempioni bo’lish nasib qilsin, ilohim.
👉 @xushnudbek 👈
🥇Hasanboy “professor” Do’smatov ikki karra Olimpiya o’yinlari chempioni!!!
Uraaaa!!! Barchani 3-oltin medal bilan tabriklayman!
👉 @xushnudbek 👈
Uraaaa!!! Barchani 3-oltin medal bilan tabriklayman!
👉 @xushnudbek 👈
Medallar soni va sifati bo’yicha umumjamoa hisobida 18-o’ringa chiqib oldik.
Hisobimizda🥇3 ta oltin va 🥉2 ta bronza medali bor.
Bu Tokio-2020 Olimpiadasidagi medallarimizning ayni takrori degani. Lekin bu hali hammasi emas, Xudo xohlasa.
Yana 4 nafar bokschimiz finalda. Shuningdek, oltin medalga da’vogarlik qiluvchi yana boshqa sportchilarimiz ham o’z chiqishlarini kutib turibdi.
Rio-2016 dagi rekordni yangilaydiganga o’xshaymiz. O’shanda 🥇4 ta oltin, 🥈2 ta kumush va 🥉7 ta bronza medali olgan edik.

🇺🇿Hasanboy Doʻsmatov sharafiga Parijda Oʻzbekiston madhiyasi yangradi hamda Vatanimiz bayrogʻi eng balandga koʻtarildi!
Hasanboy ikki karra Olimpiya o’yinlari chempioni bo’lgan O’zbekistondagi ilk bokschi sifatida tarixga kirdi!
Lekin biz ishonamiz, uning bu rekordini tez orada Bahodir Jalolov yangilaydi, Xudo xohlasa.
Lekin baribir birinchisi Hasanboy bo’lib qolaveradi. Barakalla, “professor”! Irodangni ishga solib, yana ortga qaytganing uchun rahmat! Qirolning qaytishi bo’ldi bu!

❗️Abituriyentlar diqqatiga!
Yo‘nalish tanlash uchun 1 kun vaqt qoldi. 10-avgust soat 23:59 ga qadar abituriyentlar o‘zlari tanlagan fanlar majmuasiga mos yo‘nalishni tanlashlari mumkin.
Ushbu muddat davomida yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi, ya’ni ular o‘qishga kira olmaydi. Necha ball olgan bo‘lishidan qat’i nazar.
Iltimos, yana bir bor yaxshilab qayta tekshirib ko‘ring. Yo‘nalish tanlaganingizga ishonchingiz komil bo‘lsin.
Shuningdek, ertaga soat 23:59 ga qadar tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirish ham mumkin. Faqat imkoni bo‘lsa, o‘zgartirishni vaqt kam qolganda amalga oshirmang. Odam ko‘pligidan serverda texnik muammo chiqsa, siz uchun kutilmagan yoqimsiz holat bo‘lishi mumkin. Barchasini vaqtliroq hal qiling.
Barchaga omad!

Audio
Temurbeklar maktabi bitiruvchilariga alohida kvota berilishi eng avvalo ularning o‘ziga foyda
#abituriyent
Bir necha yildan buyon Temurbeklar maktabi (TM) bitiruvchilariga qo‘shimcha ball tarzidagi imtiyoz berilishini tanqid qilib kelganman. Buni ko‘pchilik yaxshi biladi, ayniqsa shu maktabda ishlaydigan, o‘qiydigan, bitirgan inson borki, meni o‘lgudek yomon ko‘rsa ham kerak. Hammaga yoqish imkonsiz, asosiysi adolat tomonda bo‘laverish kerak.
Xullas, nihoyat bizning tanqidlarimizni mas’ullar ham eshitdi va joriy yilda TM bitiruvchilari uchun alohida kvota beradigan bo‘lishdi. Ya’ni imtiyoz ball berish tartibi qolaveradi, ammo eng muhimi endi TM bitiruvchilari boshqalarga xalaqit bermaydi, alohida qozonda bo‘ladi.
Buning bir nechta yaxshi tomonlari bor. Va agar yaxshilab tahlil qilinsa, ushbu o‘zgarish eng avvalo TM bitiruvchilarining o‘ziga foydali ekanligini ko‘rish mumkin.
1️⃣ Birinchidan, TM bitiruvchilariga alohida kvota berilishi kirish ballarini PASAYTIRADI! Chunki avvallari qo‘shimcha ball tarzida imtiyoz olgan TM bitiruvchilari umumiy ro‘yxatda bo‘lardi va ball ko‘tarilishiga ham sababchi edi. Ular umumiy ro‘yxatdan chiqib ketgach, o‘z-o‘zidan ballar ham pasayadi. Bu hamma yo‘nalishda emas, aynan TM bitiruvchilari ko‘p topshiradigan yo‘nalishlarda kuzatiladi.
2️⃣ Ikkinchidan, kirish ballari pasayishi natijasida kamroq ball to‘plab, chiziqdan pastroqda bo‘lgan va o‘qishga kira olmagan TM bitiruvchilarida ham talaba bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ladi.
3️⃣ Uchinchidan, TM bitiruvchilari uchun grant va kontraktda nazariy jihatdan cheksiz kvota berilyapti. Ya’ni o‘tish balidan oshirgan BARCHA TM bitiruvchilari o‘qishga kiradi. 100 nafar bo‘lsa ham, 200 nafar bo‘lsa ham, farqi yo‘q. Shu sababli TM bitiruvchilari uchun alohida kvota e’lon qilinmayapti, chunki cheklov yo‘q.
Avvallari TM bitiruvchilari ham cheklangan grant kvotasi doirasida hamma bilan birga kurashar edi. Endi ularga cheksiz kvota beriladi.
4️⃣ To‘rtinchidan, grantga kirgan TM bitiruvchilari grantni 4 yilga oladi. Xabaringiz bor, endilikda grantlar 1 yilga beriladi va talaba yaxshi o‘qimasa, kontraktga o‘tadi. Bunda faqat bitta istisno bor, ya’ni imtiyozli qo‘shimcha kvota bilan kirganlarga grant 4 yil muddatga ajratiladi, deyilgan. Avvalgi tizim bo‘lganda edi, TM bitiruvchilari ham umumiy grantni olishardi va yaxshi o‘qimasa, kelasi yili kontraktga tushishi mumkin edi. Endi esa yangi o‘zgarishga ko‘ra, ularga alohida kvota ajratilgani hisobiga grantni 4 yil muddatga oladigan bo‘lishdi.
Ko‘rib turganingizdek, ushbu o‘zgarishlar eng avvalo TM bitiruvchilarining o‘zi uchun foydali bo‘ldi.
P.S.: kecha meni tanqidim uchun yomon ko‘rganlar, bugun rahmat aytib qo‘ysa ham bo‘laveradi 😉

❓Mandat qachon?
#abituriyent
✅ JAVOB: qoidaga ko’ra, abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari, ya’ni mandat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
Ta’lim yo‘nalishlarini tanlash ertaga, 10-avgust kuni to‘liq yakunlanadi.
Demak, mandat 17-avgustgacha e’lon qilinishi kerak.

❗️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish uchun qisqa muddat berildi
2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 9-avgust soat 23:59 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.
✅ To‘lovlarni amalga oshirish esa, 10-avgust soat 13:00 da to‘xtatiladi.
Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabgorlardan my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlarini kuzatib borishlari so‘raladi.
❗️ Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish hamda to‘lovlarni amalga oshirish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q.
👉 @xushnudbek 👈
2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 9-avgust soat 23:59 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.
✅ To‘lovlarni amalga oshirish esa, 10-avgust soat 13:00 da to‘xtatiladi.
Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabgorlardan my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlarini kuzatib borishlari so‘raladi.
👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy ID-kartalarini o‘zaro tan olish taklifini ilgari surdi
O‘zbekiston rahbari turistik almashuvni kengaytirish maqsadida “Bitta tur – butun mintaqa” tamoyili bo‘yicha milliy ID-kartalarni o‘zaro tan olish va ommaviy turistik mahsulotlarni ishlab chiqish masalalarini o‘rganib chiqishni taklif qildi.
O‘zbekiston Prezidentining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvidagi to‘liq nutqi bu yerda.

Shavkat Mirziyoyevga mintaqa davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik, qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Faxriy nishoni topshirildi.
👉 @xushnudbek 👈
👉 @xushnudbek 👈
Uning yarim finaldagi raqibi tojikistonlik Viktor Rassadin bo’ladi.
👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev yapon tomonining tashabbusi bilan Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari Yaponiyaning janubi-sharqida kuchli zilzila roʻy bergani va sunami kutilayotganidan xavotir bildirdi.
Oʻzbekiston Yaponiya tomonining “Markaziy Osiyo + Yaponiya” birinchi sammitini oʻtkazish va Bosh vazir Kishidaning joriy yil 10-11-avgust kunlariga rejalashtirilgan mamlakatimizga rasmiy tashrifi muddatlarini koʻchirish toʻgʻrisidagi qarorini toʻliq tushunishi taʼkidlandi.
Tayyorgarlik tadbirlarini davom ettirish va tashrifni tashkil etishning yangi muddatlarini diplomatik kanallar orqali kelishishga ahdlashib olindi.
ℹ️ Eslatib o’taman, avvalroq Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida mamlakatdagi kuchli zilzilalar sabab 9−12-avgust kunlari Qozog‘iston, O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonga rejalashtirilgan to‘rt kunlik safarini bekor qilgan edi.