Xushnudbek.uz
655K subscribers
11.2K photos
2.86K videos
252 files
9.39K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari - 2024.pdf
151.7 KB
Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha 5%li davlat granti asosidagi kvota taqsimoti
#abituriyent

Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun respublika bo‘yicha jami 1 742 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

❗️ESLATMA: mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas. Lekin ular ham beshta yo‘nalish tanlay olishadi, faqat imtiyozli kvotaga kira olmay qolganda, o‘z bali bilan el qatori umumiy kvotada kurashadi.

Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?

Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Masalan, TATUda ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun 27 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 100 nafar xuddi shu toifadagi abituriyent TATUni birinchi yo‘nalish sifatida tanladi. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir kiberxavfsizlik, raqamli iqtisodiyot, kimdir sun’iy intellekt va h.k.

Yo‘nalishidan qat’i nazar, mana shu 100 nafar IIO xodimlarining farzandlari to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 27 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 73 nafar abituriyent esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.

IIO xodimlari farzandlariga ball qo‘shib beriladimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. Ular o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi.

‼️Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 68 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. 68 dan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi.


👉 @xushnudbek 👈
Bojxona organlari xodimlari farzandlari - 2024.pdf
166.4 KB
Bojxona organlari xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha 2%li davlat granti asosidagi kvota taqsimoti
#abituriyent

Jami: 697 ta qo‘shimcha kvota.

❗️ESLATMA: mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas. Lekin ular ham beshta yo‘nalish tanlay olishadi, faqat imtiyozli kvotaga kira olmay qolganda, o‘z bali bilan el qatori umumiy kvotada kurashadi.

Bojxona organlari xodimlari farzandlariga ball qo‘shib beriladimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. Ular o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi.

‼️Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 68 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. 68 dan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi.


👉 @xushnudbek 👈
Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasi - 2024.pdf
229.7 KB
Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kvota
#abituriyent

Respublika bo‘yicha jami 1 ming 949 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

▪️Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi 1 280 ta;
sirtqi521 ta;
kechki92 ta;
masofaviy56 ta.

Ushbu kvota kimlar uchun taalluqli?

• Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar;
• SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari;
• 25 yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan).

❗️ESLATMA: ushbu imtiyozli kvotalar tanlangan beshta yo‘nalishga ham o‘tadi. Oddiy holatda faqat birinchi yo‘nalishga taalluqli bo‘lar edi, ammo ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun istisno sifatida beshalasiga ham o‘tishi belgilangan.

Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?

Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Masalan, Iqtisodiyot universitetining kunduzgi shaklida ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun 46 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, shu toifadagi 100 nafar abituriyent TDIUga topshirgan. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir iqtisodiyot, kimdir marketing, kimdir bank ishi va h.k.

Yo‘nalishidan qatʼi nazar, mana shu 100 nafar abituriyentlar orasida eng ko‘p ball to‘plagan 46 nafar abituriyent davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 54 nafar ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.

Bu toifadagilarga ball qo‘shib beriladimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
‼️BU MUHIM:
#abituriyent

Turli tavsiyanomalar orqali davlat granti uchun qo‘shimcha kvotaga da’vogarlik qiladigan imtiyozli abituriyentlar yodidan chiqarmasligi kerakki, ushbu imtiyoz faqatgina 68 balldan ko‘proq to‘plaganlarga qo‘llanadi.

Agar tavsiyanomasi bor abituriyent, u xoh xotin-qizlar bo‘lsin, xoh harbiylarning farzandlari bo‘lsin, 68 dan kamroq ball to‘plagan bo‘lsa, unda mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi.

Agar tavsiyanomasi kontrakt uchun ham imtiyozli qo‘shimcha kvota beradigan bo‘lsa, unda bu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 56,7 ball olishi kerak. Undan past ball olsa, imtiyozi kuyadi.


👉 @xushnudbek 👈
👍 Sportchilarimizning bugungi natijasi: Bahodirda g’alaba, Zaynab uyga qaytadi
#Parij2024

🥊 Boks

Bahodir Jalolov
(+92 kg) va Ruslan Abdullayev (63,5 kg) chorak finalga chiqdi;

🤺 Qilichbozlik

bayroqdorimiz Zaynab Dayibekova birinchi bahsdayoq janubiy koreyalik raqibiga mag’lub bo’ldi va Olimpiadani tark etdi;

🥋 Dzyudo

Murodjon Yoʻldoshev (-73 kg) hamda Shukurjon Aminova (-57 kg) nimchorak finalda mag’lub bo’ldi;

🏊‍♂️ Suzish

Ilya Sibirsev 800 metrga erkin usulda suzish dasturida qatnashib, saralashdan o’ta olmadi;

🚣‍♀️ Akademik eshkak eshish

🔄Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev o’tish bosqichida 4-bo’lib marraga yetib keldi va 31-iyul kuni C finalida startga chiqadi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Endi ilmga oid xushxabar bilan o‘rtoqlashsam.

Hozirgina Saudiya Arabistonida yakuniga yetgan 56-Xalqaro kimyo olimpiadasida 🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi 🥇1 ta oltin, 🥈2 ta kumush va 🥉1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

87 ta davlatdan 340 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etgan Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO) quyidagi o‘quvchilarimiz sovrindor bo‘lishdi:

🥇Rahimov Daler Rahmonovich – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi - oltin medal (suratda chapdan uchinchi);

🥈Baxodirov Axror Mardonbekovich – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi - kumush medal (suratda chapdan birinchi);

🥈Abdullayeva Saida Ravshan qizi – Navoiy shahar 11-sonli maktabining 11-sinf o'quvchisi - kumush medal;

🥉Muxammadov Mirjaxon Muxammadjon o‘g‘li – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o'quvchisi - bronza medal (suratda o‘ngdan birinchi).

Barcha sovrindor o‘quvchilarimizni, ularning ota-onalari hamda ustozlarini tabriklaymiz.

G'oliblarga qanday mukofot va imtiyozlar beriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, tan olingan Xalqaro fan olimpiadalari g’oliblariga davlat byudjetidan quyidagicha bir martalik pul mukofoti beriladi:

🥇1-o’rin (oltin medal) uchun:

o'quvchiga — 500 baravar (170 mln so‘m);
ustoziga 450 baravar (153 mln so‘m).

🥈2-o’rin (kumush medal) uchun:

o'quvchiga — 300 baravar (102 mln so‘m);
ustoziga 250 baravar (85 mln so‘m).

🥉3-o‘rin (bronza medal) uchun:

o'quvchiga — 200 baravar (68 mln so‘m);
ustoziga 150 baravar (51 mln so‘m).

Shuningdek, ushbu o'quvchilar davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz grant asosida talabalikka qabul qilinadi. Ular keyinchalik taʼlim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan taqdirda lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama beriladi.


👉 @xushnudbek 👈
❗️KVOTA-2024
#abituriyent

📚 BAKALAVR:

KUNDUZGI127 995 nafar;

SIRTQI52 129 nafar;

KECHKI9 158 nafar.

MASOFAVIY5 610 nafar.

Izoh: nodavlat OTMlardagi kvotalar, qabul natijalari chiqqach davlat OTMlarida super-kontrakt hisobiga olinadigan talabalar hisobiga bu raqam yakunda yana-da ko‘p bo‘ladi.

🎓 MAGISTRATURA17 500 nafar.

❇️ MAQSADLI QABUL:

Sog‘liqni saqlash (1 086);

Maktab ta’limi (421);

Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun (1 200 ta).

🔰IMTIYOZLI KVOTALAR:

Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun (2 000 ta);

5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (500 ta);

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (3 898 ta);

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun (1 903 ta);

Harbiy tavsiyanomalilar uchun (9 745 ta);

Harbiylarning farzandlari uchun (2 439);

IIO xodimlari farzandlari uchun (1 742);

Bojxona xodimlari farzandlari uchun (697).

ℹ️ QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR:

Davlat granti ulushi chegarasi;

5 yil stajga ega xodimlarini tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati.


👉 @xushnudbek 👈
❗️ 9-10-iyul kunlari  Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish uchun o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.

📌 Imtihon natijalarini @Piimaa_tayanch_natija_2024_bot maxsus telegram boti orqali bilishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt miqdori oshirildi

Bu haqda universitet saytida ma’lum qilindi.

2024/2025-o‘quv yilida kontrakt summalari quyidagicha belgilangan:

● 1-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 29 mln 428 ming so‘m, stipendiyali – 35 mln 642 ming so‘m;

● 2–4-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 23 mln 740 ming so‘m, stipendiyali varianti esa 31 mln 814 ming so‘m;

● Magistratura uchun – 27 mln 216 ming so‘m.

Ma’lumot uchun, 2023/2024-o‘quv yilida bakalavriat uchun stipendiyasiz o‘qish narxi – 18 mln so‘m, magistratura uchun – 21 mln so‘m edi.


👉 @xushnudbek 👈
Kunduzgi bilan sirtqi qo‘shib tanlanganda davlat granti ustuvorligi masalasi qanaqa bo‘ladi?
#abituriyent

JAVOB: davlat granti uchun kvota ajratilmagan taʼlim shakllarida o‘z-o‘zidan faqat to‘lov-kontrakt uchun tanlov bo‘ladi.

Abituriyentlar yo‘nalish tanlayotganda quyidagi ikkita ustuvorlikdan birini belgilashlari mumkin: «Davlat granti» yoki «Ta’lim yo’nalishi».

Bu ikkalasining maʼnosi qanaqaligini mana bu yerda tushuntirganman:
https://t.iss.one/xushnudbek/24770

Ammo 2022-yildan boshlab bir nechta taʼlim shakllarini aralash tanlash imkoni paydo bo‘ldi. Ya’ni bir abituriyent beshta yo’nalish tanlayotganda ham kunduzgi, ham sirtqi, ham kechki va ham masofaviyni aralashtirib tanlashi mumkin.

Shu sababli ko‘pchilikda savol tug‘ilmoqda, agar biz «Davlat granti» degan ustuvorlikni tanlasak, unda sirtqi yoki kechki taʼlim shakllarida tanlov qanaqa bo‘ladi, axir ularda davlat granti yo‘q-ku deb.

Buni so‘zda tushuntirish biroz mushkulroq, shu sababli ikkala ustuvorlik uchun ham alohida chizma tayyorladim. Shunda ketma-ketlik qanaqa bo‘lishini osonroq tushunib olishingiz mumkin.

Qisqa qilib aytganda, “davlat granti” ustuvorligi xuddi kunduzgidek bo‘laveradi, faqat sirtqi, kechki yoki masofaviy tanlanganda grant qismi tashlab ketiladi xolos.

Agar siz beshalasiga ham sirtqi yoki kechki kabi yo’nalishni tanlayotgan bo’lsangiz, unda ustuvorlikning mutlaqo farqi yo’q. Xohlaganingizni tanlayvering, ikkalasi ham birdek amal qiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi - 2024.pdf
277.5 KB
⚡️KVOTA-2024
#abituriyent 

HARBIY TAVSIYANOMALILAR UCHUN

Harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 9 745 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

➡️ kunduzgi6 400 ta (davlat granti - 1 742 ta, to‘lov-kontrakt - 4 658);
➡️ sirtqi2 606 ta (to‘lov-kontrakt);
➡️ kechki458 ta (to‘lov-kontrakt);
➡️ masofaviy281 ta (to‘lov-kontrakt).

❗️ESLATMA: harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas.

Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?

Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Masalan, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida harbiy tavsiyanomalilar uchun 51 ta kvota (14 ta grant, 37 ta kontrakt) ajratilgan. Aytaylik, 300 nafar tavsiyanomali abituriyent Sharqshunoslikni birinchi yo‘nalish sifatida tanladi. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir tarix, kimdir falsafa, kimdir filologiya va h.k.

Yo‘nalishidan qatʼi nazar, mana shu 300 nafar harbiy tavsiyanomalilar to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 51 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga grant yoki kontrakt asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 249 nafar harbiy tavsiyanomalilar esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.

Bu tavsiyanoma ball qo‘shib beradimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi.

‼️Ushbu imtiyozdan foydalanishda abituriyent grant uchun kamida 68 ball, kontrakt uchun kamida 56,7 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. Undan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi.


👉 @xushnudbek 👈
“Tashabbusli byudjet”ning amaldagi tartibiga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda

Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov parlament quyi palatasiga bergan axborotida ma’lum qildi.

Jumladan:

aholi soni kichik bo‘lgan mahallalarning g‘olib bo‘lish imkoniyatini yaratish maqsadida doimiy tarzda g‘olib bo‘lib kelayotgan mahalla yoki tashkilotlarga tanaffus e’lon qilish amaliyotini joriy etish;

xodimlarni majburiy ovoz to‘plashga jalb etish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha maqsadida ovoz berish bosqichi muddatini 10 kunga kamaytirish, majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni g‘olib loyihalar ro‘yxatidan chetlatish amaliyotini joriy etish;

xalq deputatlari hududiy kengashlarining vakolatlarini kengaytirish maqsadida tuman (shahar) budjetidan qo‘shimcha mablag‘ ajratish hisobiga g‘olib bo‘lmagan loyihalarni qo‘shimcha g‘olib sifatida e’lon qilish amaliyotini joriy etish nazarda tutilmoqda.

Ushbu hujjat loyihasi ishlab chiqilib ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Oliy Majlis Senatiga taqdim etilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Bugun o’yin kuni!

🇺🇿O’zbekiston olimpiya terma jamoasi guruhdagi va o’zi umuman Parij-2024 Olimpiadasidagi oxirgi o’yinini o’tkazadi. Raqibimiz — 🇩🇴Dominikan Respublikasi.

Uchrashuv soat 18:00 da boshlanadi.

Garchi ushbu o’yin biz uchun hech narsani hal qilmasa-da, lekin Olimpiya o’yinlaridagi tarixiy ilk g’alabamiz uchun ham yigitlar harakat qilishadi. Dominikanda esa guruhdan chiqish uchun imkoniyat mavjud. Buning uchun ularga faqat va faqat g'alaba kerak.

Temur Kapadze bugun asosiy tarkibga yoshi kattalardan hech kimni qo’shmabdi. Faqat yoshlarning o’zi o’ynaydi va asosan zaxiradagilarga imkon bergan.


👉 @xushnudbek 👈
Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?
#abituriyent

Ushbu postda ehtiyojmand xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma qanday hisoblanishini aniq misol bilan tushuntirmoqchiman.

Juda ko‘p xotin-qizlar "tavsiyanoma oldim, endi aniq o‘qishga kiraman" deb o‘ylayapti. Ammo bu xato. Tavsiyanomadan tashqari ular yuqori ball ham to‘plashi kerak, ya’ni bilim ham muhim.

Tavsiyanoma berilgan xotin-qizlarga respublika bo‘ylab kunduzgi ta’limga davlat granti asosida jami 2 mingta QO‘SHIMCHA kvota ajratilgan. Sirtqi, kechki va masofaviy ta’limda imtiyoz berilmaydi.

❗️Ko‘pchilik tavsiyanoma olganlar "menga ball qo‘shib beradi", deb o‘ylaydi. Bu ham xato. Mazkur tavsiyanoma hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi.

‼️BU MUHIM: 2 mingta o‘rin uchun tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun imtiyozli kvota faqat BIRINCHI yo‘nalishga o‘tadi. Shu sababli birinchi yo‘nalishga kunduzgi ta’limni tanlash kerak. Agar birinchi yo‘nalishga sirtqi, kechki yoki masofaviy tanlansa, unda imtiyozli kvotaga da’vogarlik qila olishmaydi. Ya'ni tavsiyonama kuyadi. Birinchiga kunduzgini tanlab, 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishga sirtqi, kechki, masofaviyni tanlash mumkin.

Kvotalar hududlar kesimida bo‘lib chiqilgan. 2024-yilgi kvota mana bu yerda:
https://t.iss.one/xushnudbek/24830

Hisoblash tartibi

Keling, Samarqand misolida ko‘rib chiqamiz. Samarqand viloyatida yashaydigan va tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun jami 227 ta qo‘shimcha kvota ajratilgan.  Demak, ushbu kvotalar Samarqandda doimiy ro‘yxatda (propiska) turadigan xotin-qizlar uchun ajratilgan, Samarqanddagi OTMlarga hujjat topshirganlar uchun emas. Samarqandlik tavsiyanoma olgan xotin-qizlar faqat Samarqandga hujjat topshirishi shart emas, ular istalgan hududni (masalan, Toshkent) tanlashi mumkin.

Xo‘sh, bu nimani anglatadi? Imtiyoz qanday qo‘llanadi?

Buning tartibi quyidagicha, yuqoridagi rasmga qarang, tushuntiraman:

tushunish osonroq bo‘lishi uchun Samarqand viloyatiga 5 ta kvota berilgan deb, tasavvur qilamiz;

aytaylik Samarqand viloyatida jami 40 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi;

yuqoridagi 1-rasmga qarasangiz, tavsiyanoma olgan 40 nafar xotin-qizlar respublikaning istalgan OTMlariga hujjat topshirgan (bu yerda osonroq tushunarli bo‘lishi uchun OTMlar nomlarini oldim, yo‘nalishlarga bo‘lib o‘tirmadim);

abituriyentlar turlicha ball to‘plashdi;

endi ularni olgan baliga qarab taxlab chiqamiz, xuddi 2-rasmdagi kabi;

Samarqanddan tavsiyanoma olgan barcha xotin-qizlar orasida eng yuqori ball olgan 5 nafar abituriyentlar grant asosida qo‘shimcha kvotaga qabul qilinadi (2-rasmda yashil rang bilan berilgan);

rasmga qarasangiz, grantga kirgan xotin-qizlar turli hududlardagi OTMlarni tanlaganini ko‘rish mumkin;

qolgan xotin-qizlar o‘zining bali bilan umumiy, el qatori tanlovda ishtirok etadi, ya’ni imtiyoz doirasida o‘qishga kira olmasa ham umumiy tartibda tanlovda qatnashaveradi.

Qissadan hissa shuki, Samarqand viloyatida jami aytaylik ming nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berilgan bo‘lsa, ular orasidan eng ko‘p ball to‘plagan 227 nafar xotin-qizlar davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga qabul qilinadi.

ℹ️ Faqat yana bir jihati bor:

Dastlabki yillarda kvotalar hudud kesimida umumiy berilar edi. 2022-yildan boshlab 3 ta sohaga alohida kvota ajratilmoqda:

1) aniq va tabiiy fanlar;
2) texnika fanlari;
3) tibbiyot fanlari;

Mana shu uchta sohadan ortib qolgan kvotalar esa, umumiy boshqa barcha sohalar uchun bo‘ladi.

Sohalar kesimida 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda:
https://t.iss.one/xushnudbek/20881

‼️MASLAHAT: agar bilimlaringiz yuqori bo’lmasa, unda o’tish bali pastroq sohani, ya’ni TEXNIKA sohasini birinchi yo’nalish sifatida tanlang. Chunki har yili texnika sohasida o’tish bali past bo’ladi (70 ball atrofida).


👉 @xushnudbek 👈
Parijda futbolchilarimizga g’alaba nasib qilmadi. 1 ochko bilan guruhda oxirgi o’rinni egalladik.

Oxirgi turda Dominikan bilan 1:1 hisobida durang o’ynadik. Golni Alisher Odilov urdi.

Narigi o’yinda Misr Ispaniyani 2:1 hisobida mag’lubiyatga uchratdi va guruhda 1-o’rinni egalladi.

Shu bilan futbol bo’yicha olimpiya terma jamoamizning ilk tarixiy ishtiroki o’z nihoyasiga yetdi. Birinchisida razvedka qilib ketdik, keyingisida kuchliroq bo’lib qaytishga harakat qilamiz, nasib qilsa.

Barchasi uchun rahmat, yigitlar.


👉 @xushnudbek 👈
👍 Sportchilarimizning bugungi natijasi
#Parij2024

🥊 Boks

Hasanboy Do’stmatov
(51 kg) va Sitora Turdibekova (57 kg) chorak finalga chiqdi;

Nigina O’ktamova (54 kg) nimchorak finalda mag’lub bo’ldi;

Birozdan so’ng To’rabek Habibullayev (80 kg) ringga ko’tariladi;

🚣‍♀️ Akademik eshkak eshish

Anna Prakaten saralash bosqichida 2-o’rinda keldi va 1-avgustda bo’ladigan yarim finalga chiqdi;

⚽️ Futbol

🟰 O’zbekiston olimpiya terma jamoasi Dominikan Respublikasi bilan 1:1 hisobida durang o’ynab, guruhda oxirgi o’rin bilan ishtirokini yakunladi;

🥋 Dzyudo

Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) dastlab chorak finalda, keyin bronza uchun o’tish o’yinida mag’lub bo’ldi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya o‘ldirib ketildi

Bu haqda Eronning Mehr agentligi xabar qildi.

Haniya Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning inauguratsiya marosimida qatnashishi uchun Tehronga kelgandi.


👉 @xushnudbek 👈
Nima uchun ayrim yo’nalishlarda sirtqi ta’lim chiqmayapti?
#abituriyent

JAVOB:
chunki 5 ta yo’nalishning sirtqisiga topshirish uchun 5 yillik pedagogik staj talab etiladi.

Bular:

boshlang‘ich ta’lim;
tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
musiqa ta’limi;
jismoniy madaniyat;
texnologik ta’lim.

Ushbu yo’nalishlarning sirtqi shakliga 5 yillik pedagogik staji bo’lmaganlar topshira olmaydi. Staj faqat sirtqida talab etiladi, yuqoridagi 5 ta yo’nalishning kunduzgi, kechki va masofaviy shakliga istalgan abituriyent hujjat topshirishi mumkin.

Shuningdek, mana shu 5 ta yo’nalishdan boshqa yo’nalishlarning sirtqi shaklini istalgan abituriyent tanlay oladi, hech qanaqa staj talab etilmaydi.

Kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan va hozirda faoliyat koʻrsatib kelayotgan pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan olinadi va UzBMB bazasida avtomatik o’zi chiqadi.


👉 @xushnudbek 👈