Xushnudbek.uz
679K subscribers
11.2K photos
2.85K videos
251 files
9.38K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
O’n ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

25-iyul
kungi kirish test sinovi natijalarini quyidagi 3 xil usulda bilish mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan;

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali;

3️⃣ Quyidagi telegram botlardan:

@e_dtm_mandatbot || @e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot || @e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
O’n ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi 25-iyul kungi kirish test sinovi natijalarini quyidagi 3 xil usulda bilish mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan; 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali; 3️⃣ Quyidagi telegram botlardan: @e_dtm_mandatbot…
‼️ Shunday qilib, barcha abituriyentlarning natijalari e’lon qilindi. Endi hech kim bu ro’yxatga qo’shilib qolmaydi, chunki qo’shimcha test kunlari o’tkazilmaydi (agar Davlat qabul komissiyasi yopiq bayonnoma bilan kimlargadir ruxsat bermasa).

Ana, endi abituriyentlar uchun yo’nalish tanlash imkoniyatining ochilishini kutish kerak.

Ammo buning uchun eng avvalo kvotalar e’lon qilinishi kerak. Kvotalarni bilmasdan turib, yo’nalish tanlab bo’lmaydi. Batafsil kvotalar esa haligacha tasdiqlanmadi.

20-iyuldagi Prezident farmoyishida Davlat qabul komissiyasi batafsil kvotalarni 1 hafta muddatda tasdiqlashi belgilangan edi. Ushbu muddat ertaga tugaydi.

Demak, agar ertaga — 27-iyul kuni Davlat qabul komissiyasi kvotalarni tasdiqlab, e’lon qilmasa, Prezident hujjatidagi topshiriqni ijro qilmagan bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈
Ertaga, 27-iyul kuni Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi

Ikkinchi bosqich test shaklida:

matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

❗️
Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📋
Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

Imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📍Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.


👉 @xushnudbek 👈
Joriy yilda 737 ming 351 nafar abituriyent test sinovlariga kirgan.

65 ming 243 nafar abituriyent testga kelmagan, 94 nafar abituriyent esa testdan chetlashtirilgan.

Testga kirgan abituriyentlarning hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:

Samarqand — 87 570
Qashqadaryo — 84 874
Fargʻona — 73 146
Andijon — 59 951
Surxondaryo — 57 199
Toshkent viloyati — 56 188
Qoraqalpogʻiston — 51 502
Namangan — 46 480
Jizzax — 43 232
Xorazm — 41 854
Toshkent shahri — 39 518
Buxoro — 38 084
Navoiy — 32 725
Sirdaryo — 25 028


👉 @xushnudbek 👈
345 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagan🤦‍♂️ Bu jami abituriyentning 46,9%iga to‘g‘ri keladi
#abituriyent

mandat.uzbmb.uz saytidagi ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda 737 ming 351 nafar abituriyent testga kirgan. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda 151 mingga kam.

Testga kirgan abituriyentlarning ⬇️ 345 ming 869 nafari (46,9%) 56,7 balni ham to‘play olmagan.

56,7 dan ko‘proq ball to‘plagan abituriyentlar soni ⬆️ 391 ming 482 nafarni (53,1%) tashkil qiladi.

O‘tgan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz nisbatan yaxshilanibdi. Umuman olganda yildan yilga yaxshi tomonga o‘zgarish bor.

O‘tgan yili 49,4% foiz, aniqrog‘i 439 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagandi, joriy yilda bu ko‘rsatkich 2.5% ga yaxshilandi.

2024-yilda eng yomon ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida (51,8%), nisbatan yaxshiroq natija esa doimgidek Toshkent shahrida (35,9%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang).

O‘tgan yili 8 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan edi. Joriy yilda bunday hududlarning soni 4 taga tushdi. Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyati o‘z natijasini yaxshilab, 50 foizdan pastki chiziqqa o‘ta olgan.

🟢 O‘tgan yilga qaraganda natijasini eng ko‘p yaxshilagan 5 ta hudud:

⬆️ Toshkent shahri — 4,9%
⬆️ Toshkent viloyati — 4,9%
⬆️ Jizzax — 3.7%
⬆️ Buxoro — 3,5%
⬆️ Sirdaryo — 3,1%

O‘tgan yilgiga qaraganda natijasi yomonlashgan bironta hudud yo‘q. Hammada o‘sish bor.

***

56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30 foizi degani. Ya’ni abituriyent hech bo‘lmasa 30% bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to‘g‘ri bo‘lar balki.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Paris2024

Birozdan so’ng, aniqrog’i soat 22:25 dan boshlab Parij-2024 Olimpiadasining ochilish marosimi boshlanadi.

Tashkilotchilar tadbir uchun ajoyib yechim tanlashgan. Tantanali ochilish marosimi tarixda ilk marta stadionda o’tkazilmaydi, balki Parij shahri markazidan o’tuvchi Sena daryosida tashkil etiladi.

Terma jamoalar esa kemalarda o’tishadi. 4 xil hajmdagi (kichik, o’rta, katta va o’ta katta) jami 85 ta kema ajratilgan. Kemalar uzunligi 5 metrdan 90 metrgacha bo’ladi.

🇺🇿O’zbekiston delegatsiyasi 55-raqamli kemada 🇳🇿Yangi Zelandiya, 🇴🇲Ummon, 🇺🇬Uganda va 🇵🇰Pokiston delegatsiyasi bilan birga o’tishadi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Paris2024

O’zbekiston delegatsiyasi navbatini kutmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O’zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 Olimpiadasi ochilish marosimida chiqish qildi.


👉 @xushnudbek 👈
Bakalavriat uchun o‘tish ballari qachon tasdiqlanadi?
#abituriyent

JAVOB: Hech qachon. O‘tish bali qaysidir hujjat asosida tasdiqlanmaydi. U ma’lum bir yo‘nalishga topshirgan abituriyentlarning olgan ballari natijasida tabiiy shakllanadi.

Shu sababli o‘tish bali necha ball bo‘lishini hech kim oldindan bilmaydi. Beshta yo‘nalish tanlayotganda siz o‘tgan yilgi ballarga qarab mo‘ljal olishga harakat qilib ko‘rishingiz mumkin, lekin bu ham aniq emas, ball qaysidir yo‘nalishda ko‘tarilishi, qaysidadir tushishi mumkin.

Lekin baribir o‘tgan yilgi ballarga qarab ish tutish shunchaki quruq tavakkal qilishdan yaxshiroq.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi
#abituriyent

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 27-iyuldan 10-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.

Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.

Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.

Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.

❗️Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.

Mandat qachon?

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Demak, mandat 17-avgustgacha e’lon qilinishi kerak.


👉 @xushnudbek 👈
Kunduzgi ta’lim shakli - 2024-yil.pdf
1.6 MB
⚡️KVOTA-2024

BAKALAVR. KUNDUZGI
#abituriyent

Jami: 127 ming 995 ta.

2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.


👉 @xushnudbek 👈
Sirtqi ta’lim shakli - 2024-yil.pdf
813.4 KB
⚡️KVOTA-2024

BAKALAVR. SIRTQI.
#abituriyent

Jami: 52 ming 129 ta.

2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.


👉 @xushnudbek 👈
Kechki ta’lim shakli - 2024-yil.pdf
262.4 KB
⚡️KVOTA-2024

BAKALAVR. KECHKI
#abituriyent

Jami: 9 ming 158 ta.

2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kechki ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.


👉 @xushnudbek 👈
Masofaviy ta’lim shakli - 2024-yil.pdf
146.7 KB
⚡️KVOTA-2024

BAKALAVR. MASOFAVIY
#abituriyent

Jami: 5 ming 610 ta.

2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.


👉 @xushnudbek 👈
Maktab ta’limi (maqsadli) - 2024-yil.pdf
302.1 KB
⚡️KVOTA-2024. MAQSADLI QABUL
#abituriyent

Maktab ta’limi sohasi uchun

2024-2025-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maktab ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti


👉 @xushnudbek 👈
Sog‘liqni saqlash (maqsadli) - 2024-yil.pdf
428.5 KB
⚡️KVOTA-2024. MAQSADLI QABUL
#abituriyent

Sog‘liqni saqlash sohasi uchun

2024-2025-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida)


👉 @xushnudbek 👈
Davlat granti ulushi - 2024-yil.pdf
298.2 KB
⚡️KVOTA-2024
#abituriyent

Davlat granti kvotasi ulushi


2024-2025-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining taʼlim sohalari va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi taqsimoti

Davlat granti uchun chegara nima degani? Batafsil bu yerda:
https://t.iss.one/xushnudbek/24793


👉 @xushnudbek 👈
Davlat granti uchun chegara nima degani?
#abituriyent

Oliy taʼlim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining chegarasi haqida ko’pchilik so’ramoqda. Bu raqamlar nimani anglatishini tushuntiraman.

Eng avvalo ushbu jadvaldagi raqamlar foizni anglatadi. Ya’ni ma’lum bir oliygohning qaysidir yo’nalishiga ajratilgan kvotaning shuncha foizi miqdorida grant ajratilishi mumkin.

Keling, aniq misol bilan tushuntiraman.

• Yurisprudensiya uchun jami davlat granti kvotasi — 115 ta;
• Yurisprudensiya uchun davlat granti ulushi chegarasi 10%;
• Toshkent davlat yuridik universiteti jami kvotasi 650 ta.

Masalan, yurisprudensiya uchun bir oliygoh kesimida 10 foizlik grant chegarasi belgilanibdi.

Bu degani, bitta oliygoh yurisprudensiya yo’nalishi uchun ajratilgan kvotaning maksimum 10 foizini davlat granti shaklida olishi mumkin, qolgani kontrakt bo’ladi.

Misol uchun, Toshkent davlat yuridik universitetiga jami 650 ta kvota ajratilgan. ❗️Bu grant va kontrakt uchun jami kvota hisoblanadi.

TDYU mana shu 650 ta kvotaning maksimum 10% qismini grant shaklida olishi mumkin. Demak, Yuridik universitetga topshirgan abituriyentlar 65 ta grantgacha olishi mumkin. Qolgan 585 ta kvota kontrakt bo’ladi.

65 ta bu maksimum cheklov. Grant undan kamroq ham bo’lishi mumkin, bu abituriyentlar olgan ballarga bog’liq.

ℹ️ Aytgancha, joriy yilda TDYU uchun yagona yurisprudensiya yo’nalishiga qabul bo’ladi. Avvalgi yillardagi kabi fakultetlar kesimida kvota tasdiqlanmagan. Talabalar keyinchalik fakultetlarga ajratiladi.

Agar yurisprudensiya uchun ajratilgan jami 115 ta grantning 65 tasini TDYU olsa, qolgan 50 tasi boshqa oliygohlarning yurisprudensiya yo’nalishida yuqori ball olgan abituriyentlarga ajratiladi.

O’tgan yili Yuridik universitetga 25 ta davlat granti uchun kvota berilgandi. Bundan ko’rinib turibdiki, yangi tizim, ya’ni grant kvotasini oliygohlar kesimida emas, yo’nalishlar kesimida tasdiqlash amaliyoti aqlli abituriyentlarga ko’proq imkoniyat beryapti. Bu yaxshi.


👉 @xushnudbek 👈
Bugun oʻyin kuni!

👍 Soat 20:00 da Olimpiada-2024 guruh bosqichining 2-turida 🇺🇿 Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasining 🇪🇬Misr bilan bahsi boshlanadi.

Agar bugun:

G’alaba qozonsak — guruhdan chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo’lamiz. Oxirgi turda durang ham bizni qanoatlantirishi mumkin;

Durang o’ynasak — unda guruhdan chiqish o’z qo’limizda bo’lmaydi. Oxirgi turda yutgan taqdirimizda ham, Misr Ispaniyani yutib qo’ymasligini kutishimizga to’g’ri keladi. Yana bir variantda biz ikkala o’yinni ham durang o’ynab, 2 ochko bilan ham guruhdan chiqishimiz mumkin. Buning uchun Ispaniya ikkala raqiblarimizni ham kamida 2 ta to’p farqi bilan mag’lub etishi kerak;

Mag’lub bo’lsak — muddatidan oldin guruhda qolishimiz aniq bo’ladi. Uchinchi turda qanaqa hisobda yutishimizdan qat’i nazar, guruhdan chiqa olmaymiz.

Bugungi bahsda yigitlarimizga omad tilaymiz! Faqat va faqat g’alaba kutamiz!


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM