Xushnudbek.uz
687K subscribers
11.1K photos
2.83K videos
250 files
9.31K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qalbaki 71 ming 200 dollarning muomalaga kiritilishi oldi olindi

Toshkent shahrida yashovchi 2 shaxs har bir qalbaki AQSh dollarini 7500 so‘mdan hisoblab, xaridorga qalbaki 18 ming 800 dollarni 141 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlangan. Ulardan qo‘shimcha qalbaki 9500 dollar ham olingan;

Oltiariq tumanida yashovchi shaxs qalbaki 20 ming dollarni haqiqiy 14 ming dollarga sotishga kelishib, xaridorga qalbaki 12 ming dollarni bergan vaqtida qo‘lga tushgan. U muqaddam odam savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlanib, hozirda probatsiya nazoratida bo‘lgan;

Jinoyatchining yashash xonadonidan ham qalbaki 400 dollar topilgan. Shuningdek, u bilan birga kelgan Oltiariq tumanida yashovchi muqaddam sudlangan sherigining mashinasidan qalbaki 10 ming 500 dollar topilgan. Jami qalbaki 22 ming 900 dollar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan;

Andijon viloyatida yashovchi 2 shaxs har bir qalbaki 100 dollarni haqiqiy 40 dollardan hisoblab, qalbaki 20 ming dollarni haqiqiy 8 ming dollarga sotgan vaqtida ushlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Gaz “zapravkalar” qaysi biri, qayerda ishlayotganini 24 soat davomida ko‘rish mumkin bo‘lgan mobil ilova ishga tushiriladi

Bu haqda 22-aprel kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev ma’lum qilgan.

“Hududgazta’minot” tomonidan ishlab chiqilayotgan ushbu ilova orqali qayerda, qanaqa tiqilinch borligi haqidagi ma’lumotlar ham onlayn tarzda uzatiladi.

“Hududgazta’minot” tasarrufida bugungi kunda butun respublika bo‘yicha 1329 ta AGTKS bo‘lib, kompaniya bilan shartnoma tuzgan barcha shoxobchalar ilovaga kiritiladi.

“Ilova joriy yilning kuz-qish mavsumida ishga tushishi reja qilinyapti. Qishda haydovchilarning qo‘lida ilova bo‘ladi”, – degan Hasan Toshxo‘jayev.


👉 @xushnudbek 👈
Uraaaa!

🇺🇿O'zbekiston futzal terma jamoasi qiyin o‘yinda 🇻🇳Vetnamni 2:1 hisobida mag‘lub etib, Osiyo kubogida yarim finalga chiqdi!

Dastlabki taymda 1:0 ga yutqazayotgan edik, ikkinchi taymda tenglashtirdik va oxirgi daqiqada g‘alaba golini urib ketdik. Zo‘r! Barakalla!

Endi 26-aprel kuni yarim finalda o‘ta kuchli 🇮🇷Eron bilan o‘ynaymiz. Olg‘a, yigitlar!


👉 @xushnudbek 👈
Toshkent viloyatining 19 ming 723 ta ko‘chmas mulk obyektlari Yangi Toshkent hududiga o‘tmoqda. Shundan:

● Turar joylar — 18 ming 773 ta;
● Noturar joylar — 891 ta;
● Ko‘p qavatli uylar — 52 ta.

Jumladan, Yuqori Chirchiq tumanidan 6 ming 556 ta, O'rta Chirchiq tumanidan jami 3 ming 167 ta obyekt o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2023-yilning 18-mart kuni Shavkat Mirziyoyev “Yangi Toshkent” loyihasi qurilishiga tamal toshini qo‘ygan edi. Ushbu shahar 500 ming aholiga mo‘ljallangan bo‘lib, Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida barpo etilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev "Telefonsiz maktab" loyihasini faol qoʻllab-quvvatlagani uchun Angren shahridagi 17-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga 300 million soʻm pul mukofotini topshirdi.

Ushbu maktab 50 kundan buyon yangi loyihani faol tatbiq qilib kelmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.


👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekistondan Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya navbatdagi insonparvarlik yordamini yetkazish uchun Balxga jo‘nab ketdi.

Jami 8 ta yuk mashinasiga ortilgan insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15 ming litr o‘simlik yog‘i, 10 ming dona konservalangan go‘sht, 24 tonna shakar va 22 tonna makaron mahsulotlari hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan qadoqlangan lag‘mon paketlari o‘rin olgan.


👉 @xushnudbek 👈
Bog‘ — xalqniki bo‘lishi kerak, bog‘lardan qo‘lingizni torting, uyatsizlar!

"Abdulla Qodiriy" hamda "Do‘stlik" (sobiq "Bobur") bog‘i atrofidagi gap-so‘zlarni eshitgan bo‘lsangiz kerak.

Toshkent shahridagi ushbu bog‘larini xususiy investorga berishmoqchi ekan. Investor ham bir dunyo rejalarini to‘lqinlanib, aytib beribdi. Ya’ni bog‘ juda zo‘r bo‘larmish, hozir qarovsiz ekan.

Singapurda ochilgani aytilayotgan, lekin tagini yaxshilab surishtirsa, o‘zimizning qorako‘zlar bo‘lib chiqish ehtimoli yuqori bo‘lgan bu investor shunchaki bu xalqni sevgani, shu xalqdan o‘zini qarzdor deb hisoblagani uchungina bu bog‘larni o‘zidan-o‘zi, beminnat rekonstruksiya qilishiga sizlar ishonasizlarmi? Men ishonmayman, bunaqa ertaklarga ishonmay qo‘yganman.

Juda ko‘p davlat mulklari, ko‘plab korxonalar atayin qarovsiz tashlab qo‘yilib, ahvoli rasvo bo‘lgandan keyin xususiy qo‘llarga tekinga berib yuborilganini ko‘p ko‘rdik. Mayli, dedik, qo‘l siltadik.

Lekin hech bo‘lmasa, bog‘larga tegmanglarey, baraka topgurlar. Shundoq ham ekologiyamiz ahvoli o‘ta rasvo darajaga kelganda, shaharning o‘pkasi bo‘lgan bog‘lar taqdirini xavf ostida qoldirish jinoyat bilan teng.

‼️ Odamlarga tinch va sokin, hech qanday attraksionsiz, hech qanday shovqin-suronsiz, hech qanday do‘konlaru, savdogarlarsiz bog‘lar kerak. Bunday bog‘lar bilan ta’minlash davlatning MAJBURIYATI. Yanada aniqroq aytsak, shaharlarda bu MAJBURIYATNI shahar hokimligi ta’minlab berishi SHART!

Toshkent shahar hokimligida insofli va xalq uchun haqiqatda qayg‘uradigan mas’ullar bo‘lsa, unda xususiy investorlarga ushbu bog‘larni topshirish fikridan qaytishi kerak.

Agar topshiriq "yuqoridan" berilgan bo‘lsa, unda o‘sha "yuqoridagi" vallomatlar ham insofga kelishsin va bu qarordan qaytishsin, deb duodamiz.

Va o‘z navbatida insofli deputatlarimizdan ham iltimos qilamiz (aslida talab qilishimiz kerak), katta-kichikligidan qat’i nazar, mamlakatdagi barcha bog‘larga UMUMMILLIY BOYLIK, umumxalq mulki maqomini berish va ularni har qanday tajovuzdan, har qanday tadbirkor hamlasidan asrovchi qonun tashabbusini bildirishsin. Uyg‘oq deputatlarimiz sanoqli bo‘lsa ham bor-ku, xalq uchun foydali harakatni boshlashsin. Bu qonun nafaqat bugun uchun, balki millat kelajagi uchun ham juda muhim.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uzbekistan’s club jurnalining AQSh mavsumiga bag‘ishlangan ikkinchi soni taqdim qilinadi

Jurnalning bu galgi sonida siyosat arboblari, jamoatchilik faollari bilan ham intervyular berilgan. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev, AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik, O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov, Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, o‘zbek sportining afsonasi Oksana Chusovitina, jamoatchilik faollari media rezidentlar Hikmat Abdurahmonov, Otabek Bakirov, Shahnoza Soatova va AQShda muvaffaqiyatga erishgan o‘zbekistonlik vatandoshlarimizdan iborat jamoa ushbu jurnalning asosiy qiyofalari sifatida gavdalanishgan.


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Ivan Bunin. Yoshlik va keksalik (hikoya)

Izoh: Ushbu hikoya inson umrining qanchalik tez o‘tishi, uni qanday o‘tkazish esa o‘ziga havola ekanligi ta’kidlangan. Hikoyadagi keksa kurd inson hayoti turli davrlarga bo‘linishini, o‘sha davrlarda ham inson inson bo‘lib qolishi kerakligini ta’riflab bergan.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/ivan-bunin-yoshlik-va-keksalik

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/LwM1UCAEzDI

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
📊 O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP-10 davlatlar

2024-yilning birinchi choragida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar (AQSH dollarida) ma’lum qilindi. Bular:

🇨🇳 Xitoy – 3 mlrd;
🇷🇺 Rossiya – 2,8 mlrd;
🇰🇿 Qozog‘iston – 937,7 mln;
🇹🇷 Turkiya – 656,3 mln;
🇰🇷 Janubiy Koreya – 544,1 mln;
🇫🇷 Fransiya – 337,1 mln;
🇩🇪 Germaniya – 268,1 mln;
🇹🇲 Turkmaniston – 235,2 mln;
🇦🇫 Afg‘oniston – 224,8 mln;
🇮🇳 Hindiston – 213 mln.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Inklyuziv jamiyatni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘rgazma tashkil etilyapti

Toshkent shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 1-2-mayda “Inson uchun” savdo ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Unda 200 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etadi. Xususan:

• nogironligi bo‘lgan shaxslarni band qilgan;
• nogironligi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlar o‘z mahsulotlari bilan qatnashadi.

Shuningdek, 300 ga yaqin tadbirkorlar bulan hududlarda masofadan turib savdolar tashkil etiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Bugun, 26-aprel kuni, Toshkent shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashining 78-majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ko‘plab masalalar qatorida bojxona tizimlarida qog‘oz hujjatlar almashinuvidan voz kechib, jarayonni elektronlashtirish va mavjud to‘siqlarni zudlik bilan bartaraf etish masalasi ham muhokama qilindi.

Masalan, tomonlar bir-biriga bojxona imtiyozlarini taqdim qilishga asos bo‘luvchi tovar kelib chiqishiga doir sertifikatlarning hamon qog‘oz shaklida taqdim qilinayotgani, MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida ushbu hujjatni raqamli shaklda almashishni yo‘lga qo‘yish lozimligi ta’kidlandi.


👉 @xushnudbek 👈
Bugun ikkala terma jamoamiz ham bir paytda o’ynaydi

U23 Osiyo kubogi chorak finalida 🇺🇿O’zbekiston terma jamoasi 🇸🇦Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashadi. G’olib jamoa kamida Parij-2024 Olimpiadasi uchun o’tish o’yinida qatnashish huquqini qo’lga kiritadi.

Futzal terma jamoamiz esa Osiyo kubogi yarim finalida 🇮🇷Eronga qarshi maydonga tushadi.

Ikkala o’yin ham soat 19:00 da boshlanadi. Yigitlarimizga omad tilaymiz!


👉 @xushnudbek 👈