Xushnudbek.uz
666K subscribers
11.2K photos
2.84K videos
251 files
9.35K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
🇶🇦Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy amaliy tashrif bilan Toshkentga keldi. Oliy martabali mehmonni Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.


👉 @xushnudbek 👈
“Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy ishtirokida xalqaro hamjamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi saʼy-harakatlarini ifodalovchi monumentning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.


👉 @xushnudbek 👈
“Zakovat” intellektual olimpiadasi doirasida shashka bahslari yakunlandi

Jami 9 tur davom etgan musobaqa yakunida quyidagi ishtirokchilar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

👨‍🎓Erkaklar o’rtasida

🥇1-o‘rin: Suhrob Yarashov (Qarshi muhandislik va iqtisodiyot instituti);
🥈2-o‘rin: Behruz Yo‘ldoshev (University of science and technology);
🥉3-o‘rin: Shohjahon Hikmatillayev (O‘zbekiston Milliy universiteti).

👩‍🎓Ayollar o’rtasida

🥇1-o‘rin: Robiyaxon Nigmatullayeva (Toshkent davlat pedagogika universiteti);
🥈2-o‘rin: Xumora Xoliqberdiyeva (Guliston davlat universiteti);
🥉3-o‘rin: Sarvinoz Hasanova (O‘zbekiston Milliy universiteti).

G‘oliblar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin: 30 million so‘m;
2-o‘rin: 20 million so‘m;
3-o‘rin: 10 million so‘m.


👉 @xushnudbek 👈
“Zakovat” intellektual olimpiadasi doirasida ayollar o‘rtasidagi shaxmat bahslari yakunlandi

G’oliblar bilan tanishing:

🥇1-o‘rin: Feruza Qurbonova (Qarshi muhandislik va iqtisodiyot instituti);
🥈2-o‘rin: Kamola Nurmatova (Jizzax davlat pedagogika universiteti);
🥉3-o‘rin: Iroda Ismoilova (International school of finance and technology).

G‘oliblar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin: 30 million so‘m;
2-o‘rin: 20 million so‘m;
3-o‘rin: 10 million so‘m.


👉 @xushnudbek 👈
Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Saidahmad Sultonov qamoqqa olindi va tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandi va 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Buxoro tumanining sobiq hokimi Xayrullo Jo‘rayev qamoqqa olindi va tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) 2-qismi “a” bandi, 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi “a” bandi, 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 1-qismi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamiyatimizda dolzarb bo‘lgan muammoni ko‘taribdi. Oilada farzandni tarbiyalash, unga asosiy e’tiborni qaratish va eshita olish – bolaning kelajakda kamol topishi va rivojlanishidagi muhim omil.

Bolaga beparvolik, uning qadr-qimmatini oyoqosti qilish, salbiy muomala va jazo unga nisbatan zo‘ravonlikdir. Bugun bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga ko‘z yumishni to‘xtatish muhim ahamiyatga ega. Agentlik “Meni eshiting” PR-kampaniyasining ishga tushirilishida zo‘ravonlikka uchragan va undan aziyat chekayotgan bolalarning baralla yangraydigan ovoziga aylanishiga katta umid bog‘lagan.

Avvalroq bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yilgan edi.


👉 @xushnudbek 👈