Xushnudbek.uz
717K subscribers
11.1K photos
2.82K videos
248 files
9.27K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Shavkat Mirziyoyev Gʻofur Gʻulom nomidagi bog‘ga tashrif buyurib, odamlar bilan muloqot qildi


👉 @xushnudbek 👈
#U20_SIZGA_ISHONAMIZ

Bugun tunda U-20 Jahon chempionati doirasida 🇺🇿 Oʻzbekiston terma jamoasi guruhdagi oxirgi o'yinida 🇬🇹Gvatemalaga qarshi maydonga chiqadi.

Uchrashuv soat 02:00 da “Uzreport TV” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Yigitlarimizga omad tilaymiz! Umid qilamizki, bu mazkur Jahon chempionatidagi so'nggi o'yin emas. Hali ular yana yurishni davom ettirishadi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dubl-2😄

🇺🇿Nodirbek Abdusattorov ChessKid Cup-2023 turniri mutloq chempioni!

U finalda Fabiano Karuana ustidan ikkinchi marta ham g’alaba qozondi.

Barakalla, Nodirbek!

P/S: bundan biroz avval sal shoshib post chiqarib qo’ygan edik, xayriyat Nodirbek bizni uyaltirmadi va chempion bo’ldi! Ota-onang va ustozlaringga ming rahmat!


👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿O‘zbekiston 1/8 finalda

Yigitlarimiz guruhdagi oxirgi o'yinda Shahzod Ne’matjonovning dubli evaziga Gvatemaladan (2:0) ustun keldi va to‘plar nisbatiga ko‘ra, 2-o‘rin bilan 1/8 finalga yo‘l oldi.

Barakalla, yigitlar!

O‘zbekiston U20 terma jamoasi 30-may kuni nimchorak finalda “С” guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoa bilan to‘qnash kelishadi. Bu 🇯🇵Yaponiya bo’lishi ehtimoli katta. Balki 🇮🇱Isroil bo’lib qolishi ham mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
Singapur prezidenti Halima Yaqub O'zbekistonga tashrifini yakunladi.

U "Uzbekistan Airways" muntazam reysi bilan ortga qaytgan.


👉 @xushnudbek 👈
21 yoshga to‘lmaganlarga tamaki va alkogol mahsulotlarini sotish taqiqlandi

Prezident imzolagan qonunga ko‘ra alkogol va tamaki mahsulotlarini quyidagi holatlarda realizatsiya qilish
TAQIQLANDI:

21 yoshga to‘lmagan shaxslarga va ular tomonidan;

— sotuvchining bevosita ishtirokisiz, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish tokchalaridan, elektron tijorat shaklida;

— sayyor savdo qilish yo‘li bilan, ko‘chmas savdo obyektlaridan tashqarida, dorixonalarda;

— bolalarga mo‘ljallangan tovarlar sotiladigan xonalarda;

— bolalar o‘yinchoqlariga, konfetlarga yoki bolalar uchun mo‘ljallangan boshqa tovarlarga o‘xshatib ishlangan bo‘lsa;

— sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat, sport inshootlari, sanatoriy hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududlarida;

— ta’lim, sport va diniy tashkilotlardan 100 metrdan kam masofada joylashgan savdo obyektlarida;

donalab yoki ochilgan qutilarda.

❗️ Alkogol mahsulotlarini ish joylarida, ko‘chalarda, stadionlarda, xiyobonlarda, bog‘larda, barcha turdagi jamoat transportida va boshqa jamoat joylarida iste’mol qilish taqiqlanadi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kun (25.05.2023y.)dan 3 oy o‘tib kuchga kiradi.


👉 @xushnudbek 👈
Abituriyentlarda biometrik pasport yoki ID-karta boʻlishi kerak

Oliy ta’lim muassasalariga onlayn hujjat topshirish uchun abituriyentlar pasport yoki ID-karta hamda attestat ma’lumotlarini elektron dasturga kiritishi talab etiladi.

Bu hujjatlarsiz elektron ariza topshirib boʻlmaydi.

Arizani biometrik (yashil) pasport bilan ham kiritish mumkin, ikki hujjatdan biri — biometrik pasport yoki ID-karta bo‘lishi kerak.

❗️O'tgan yillarda bitirgan va ayni damda biometrik pasportga ega bo‘lgan abituriyentlar ID-karta olishlari shart emas. ID-karta bo‘lishi kerakligi haqidagi talab faqat hali pasport olmagan o‘quvchilarga tegishli. Chunki hozir biometrik pasport berilmayapti.

Avvalroq vazirlik maktablarning 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilarini tezroq ID-karta olishga chaqirgandi.


👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston U20 terma jamoasi nimchorak finalda 🇮🇱Isroil bilan o‘ynaydigan bo'ldi.

“C” guruhining 3-turida qit’adoshlarimiz 🇯🇵Yaponiya terma jamoasi Isroildan alamli mag’lubiyatga uchradi. Yaponlar 1:0 hisobida oldinda borishayotgandi, boz ustiga Isroil 68-daqiqada 1 kishi kam bo’lib qoldi. Yaponiyaga durang ham bemalol yetardi. Ammo 10 kishi bo’lib o’ynayotgan Isroil 76 hamda 90+2-daqiqalarda 2 ta gol urib, g’alabani ilib ketdi. Yaponlar esa turnirni tark etishga juda yaqin.

O’zbekiston-Isroil bahsi 30-maydan 31-mayga (seshanbadan chorshanbaga) o’tar kechasi tungi soat 02:00 da bo‘lib o‘tadi.

Xudo xohlasa, yigitlarimiz ushbu bahsda g’alaba qozonsa, chorak finalda 🇧🇷Braziliyaga qarshi to’p surishlari mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
🕋 O’zbekistonliklar uchun Haj mavsumi 4-iyundan boshlanadi

✈️ 4–19-iyun kunlari O’zbekistonning 10 ta aeroportidan har kuni 4 tadan reys Saudiya Arabistoniga uchadi.


👉 @xushnudbek 👈
Bugun Turkiyada prezidentlik saylovining 2-turi bo‘lib o‘tdi. Hozirda ovozlar sanab chiqilmoqda. 55% byulletenlar sanab chiqilgandan keyingi vaziyat:

🟠Erdo‘g‘an - 55,8%

🔴Qilichdoro‘g‘li - 44,2%


👉 @xushnudbek 👈
95% byulletenlar sanab chiqilgandan keyingi vaziyat:

🟠Erdo‘g‘an - 52,34%

🔴Qilichdoro‘g‘li - 47,66%


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anni prezidentlik saylovida erishgan g‘alabasi bilan samimiy qutladi.


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 7 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Jalg‘as Alimg‘ozi. Bir kam dunyo (hikoya)

Izoh:
Bir kam dunyo deb bejiz aytishmaydi. Doim kimgadir nimadir yetishmaydi, hammaning o'z dardu tashvishi bor. Ushbu holat qariyalar uyida yashaydigan Tursun ota hamda ota-onasidan xafa bo'lgan bolakay Botir haqidagi qisqa hikoyada ham aks etgan.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/bir-kam-dunyo

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/NqilF5icHGQ

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 O‘zbek yigiti Ukrainadagi urushda vafot etdi

Rossiyaga ishlash uchun ketgan yurtdoshimiz Sh.Tojiboyev taksichilik qilayotgan paytda mashinasidan geroin moddasi topilgani uchun ozodlikdan mahrum qilinadi. Onasining aytishicha, unga tuhmat qilishgan.

U jazoni o‘tayotgan bir vaqtda Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi harbiy nizolarda ishtirok etish uchun safarbar etilgan. Ko‘p o‘tmay Sh.Tojiboyev urushda vafot etadi va uning jasadi tobutda O‘zbekistonga keltiriladi. U dron hujumlari natijasida vafot etgan, tanasining yarmi yo’q bo’lib ketgan.

Bu haqda marhumning onasi so'zlab bergan.

P/S: yaqinda xuddi shu masala bo’yicha qiziqib ko’rgan edim. O’zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan Rossiyaga o’qishga yuborilgan harbiy-kursantlardan biri xuddi shunaqa narkotik tashish ayblovi bilan qamalib qolgan ekan. Onaizor “o’g’limga tuhmat qilishgan, mayli, hech bo’lmasa O’zbekistonga qaytarishsin” deb bormagan eshigi qolmabdi. Mendan ham yordam berishni iltimos qildi.

Ming afsuski, norasmiy xabarlarga ko’ra, Rossiyada 20 mingdan ortiq O’zbekiston fuqarolari turli sabablar bilan qamoqda. Rossiya Hukumati bilan mahbuslarni almashish to’g’risida bitim yo’q, shu sababli mahbuslarni O’zbekistonga olib kelishda o’ziga xos muammolar bor ekan.

Ammo Rossiya tomoni videoda ko’rsatilgan Sh.Tojiboyev singari yigitlarimizni urushning o’chog’iga o’limga yubormoqda. Bu naqadar jirkanchlik. Mahbuslarning ojizligidan, qiyin holatidan foydalanib, ularga go’yoki ozodlik va’da qilib, o’lim putyovkasi beryapti. Jin ursin senlarni.

Rossiyadagi o’zbek mahbuslarni, ayniqsa kuchga to’lgan yoshlarni bir imkonini qilib yurtimizga qaytarish kerak. Yo’qsa, ularning ko’pchiligi ahmoqona urushda kimlarningdir qabih maqsadlari yo’lida o’lib ketishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu videodagi holat 2019-yil oktyabr oyida bo’lgan. Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen (hozir ham shu lavozimda) parlament deputatlari oldida byudjetdagi kutilmagan xarajat bo’yicha hisobot beryapti va deputatlardan shu ortiqcha chiqimga rozilik so’rayapti.

Bosh vazirning Daniya sirklaridagi so'nggi to'rtta filni sotib olish haqidagi hikoyasi kulgiga sabab bo'lgan (samimiy kulgu).

Gap shundaki, Daniyada 2017-yili sirklarda yovvoyi hayvonlar, jumladan, fillardan foydalanish taqiqlangan edi. Shundan so’ng, hukumat sirkdagi hayvonlarni o’zi sotib olib, ularga g’amxo’rlik qiladigan bo’ldi.

So'nggi to'rtta fil uchun byudjetdan 11 million Daniya kronasi (1,6 million yevro) to'langan. Biroq, kutilmagan holat yuzaga kelgan - Rambolin laqabli fil ko'p yillar davomida Ali laqabli tuya bilan do'st bo'lib kelgan.

“Bizga Rambolin va Alini ajratmaslik juda muhimligini aytishdi. Shuning uchun uni ham sotib olishga majbur bo‘ldik”, — deyapti bosh vazir deputatlarga. Va bu ikki do’st hikoyasini ayta turib, beixtiyor kulib yubordi. Uning ortidan butun parlament kulmoqda.

Yakunda deputatlar tuyani ham sotib olishga rozilik beribdi.

Bizning parlamentda shunaqa holatni tasavvur qilish mumkinmi? Yo’q, albatta! Daniyada bitta tuya uchun deputatlardan rozilik so’ralyapti, bizda esa yuz milliardlab pullar “tuya” qilinadi, lekin hech kim xalq vakillaridan ruxsat so’ramaydi. Deputatlar ham buni talab qilmaydi.

Xullas, qanaqadir parallel olamda yashayotgandekmiz.

Ma’lumot uchun: Daniya dunyodagi eng korrupsiyadan holi davlatlar reytingida 1-o’rinda, aholisi eng baxtiyor davlatlar reytingida 2-o’rinda, yashash sharoiti eng yaxshi davlatlar reytingida 6-o’rinda turadi.


👉 @xushnudbek 👈
IELTS sertifikatini olib berishni vaʼda qilgan shaxs qoʻlga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan Zomin tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.M. fuqaro Y.Q. ga tanishlari yordamida “IELTS” yoki "CEFR" sertifikatlaridan birini olib berish evaziga 3 ming AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Siyosiy partiyalar birin-ketin qurultoy o’tkazmoqda va unda o’z nomzodlarini tasdiqlayapti.

Bugun Xalq demokratik partiyasi qurultoyida Ulug‘bek Inoyatov nomzodi, “Adolat” SDP qurultoyida Robaxon Maxmudova nomzodi tasdiqlandi.

Erta-indin O‘zLiDeP va Ekopartiya ham qurultoyida nomzodini tasdiqlaydi.

Nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingach, saylovoldi tashviqotiga start beriladi.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
♟️🇺🇿Nodirbek Abdusattorov nufuzli Norway Chess-2023 turnirining blits-saralashida birinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

Dunyoning TOP-10 dagi eng kuchli shaxmatchilari, jumladan 🇳🇴Magnus Karlsen, 🇺🇸Hikaru Nakamura, 🇫🇷Alirizo Firuzja, 🇳🇱Anish Giri, 🇺🇸Fabiano Karuana, 🇺🇸Uesli So va yana boshqa kuchli grossmeysterlar qatnashayotgan yirik turnir bugundan start oladi.

Kecha asosiy turnirdagi o’rinlar va juftliklarni aniqlab olish maqsadida blits-saralash turniri o’tkazildi. Ushbu turnirda 18 yoshli o’zbek grossmeysteri 🇺🇿Nodirbek Abdusattorov 1-o’rinni qo’lga kiritdi.

Bu degani Nodirbek asosiy turnir davomida 1-raqam ostida qatnashadi va oq donalarda ko’proq o’ynaydi.

Shuningdek, Abdusattorov blits reytingini 2700 dan oshirib oldi. Shunday qilib Nodirbek klassik, rapid va blits yo’nalishlarning barchasida 2700+ reytingga ega bo’ldi. Qoyil! Barakalla! Xudo xohlasa, tez orada barchasida 2800+ ga ham chiqish nasib qilsin.

Nodirbekka bugun start oladigan asosiy klassik turnirda ham omadlar tilab qolamiz va chempionlik nasib qilsin, deb duodamiz.

U bugun oq donalarda Anish Giri bilan kuch sinashadi.


👉 @xushnudbek 👈
Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar hamda ijod maktablariga hujjatlar iyun oyida onlayn qabul qilinadi;

imtihonlar iyul-avgust oylarida katta sig‘imli 58 ta yopiq pavilyonlarda bo‘ladi.

Prezident maktablariga kirish imtihonlari har doimgidek Cambridge Assesment Admissions Testing tashkiloti (Buyuk Britaniya) tomonidan tuzilgan nazorat materiallari asosida ushbu tashkilot bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda 14 ta Prezident maktablariga 5-sinfdan, 169 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internetlarga 5,7-sinfdan (yangi ochilganlariga 5-11-sinfdan), 9 ta ijod maktabiga esa 7-sinfdan o‘quvchilar saralab olinadi.


👉 @xushnudbek 👈
Ayni daqiqalarda O‘zLiDeP Syezdi bo‘lib o‘tmoqda. Unda prezidentlikka nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi bilan tanishtirmoqda. U BESHTA STRATEGIK MAQSADdan iborat.

Jumladan, birinchisi — har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoit yaratish.

Eng avvalo, 2030-yilga qadar maktabgacha taʼlimga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qoplanadi va qamrov 100 foizga yetkaziladi.

Bog‘cha va maktablar filtrlangan ichimlik suvi bilan to‘liq taʼminlanadi.

Kelgusi 7 yilda maktablarda qo‘shimcha 2,5 million o‘quvchi o‘rni yaratish zarur. Shu maqsadda, “Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni” dasturi amalga oshiriladi.

Xususiy taʼlimga qo‘shimcha yengilliklar beriladi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida maktablar qurish keng joriy etiladi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari taʼlim planshetlari bilan to‘liq taʼminlanadi.

Chekka hududlarimizda maktab avtobuslari bepul yo‘lga qo‘yiladi.

Kelgusi yetti yilda barcha maktablarga chet ellardan “til egalari” bo‘lgan o‘qituvchilar olib kelinadi.


👉 @xushnudbek 👈