Xushnudbek.uz
711K subscribers
11.1K photos
2.81K videos
246 files
9.24K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
❗️Davlat granti asosida tamomlagan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati oʻz kuchini yoʻqotmagan vazirlik bayonoti


👉 @xushnudbek 👈
🇦🇷Argentina U20 2:1 🇺🇿O’zbekiston U20

Jahon chempionatining ilk bahsida afsuski mag’lub bo’ldik. Teng kurashlar ostida o’tgan o’yinda yigitlarimiz dastlab hisobda oldinga chiqib olishdi. Ammo keyin himoyamizda yo’l qo’yilgan xatolar natijasida mezbonlar 1-taymning o’zida 2 ta gol urishga muvaffaq bo’ldi.

2-taymda esa hisob o’zgarmadi, Argentina asosan hisobni ushlab qolish uchun harakat qildi.

Umuman olganda terma jamoamiz yaxshi o’ynadi. Golga tortadigan xavfli vaziyatlar yaratishda raqiblaridan qolishgani yo’q. Statistika ham buni ko’rsatib turibdi.

Faqat oxirgi nuqtani qo’yishda biroz tajriba va omad yetishmadi. Argentina esa kichik imkoniyatlardan ham gol urib ketdi.

Boshlanishiga yomon emas. Umid qilamizki, keyingi 2 ta o’yinda ham terma jamoamiz muxlislarni g’alaba bilan xursand qiladi. Omad!


👉 @xushnudbek 👈
Qo‘shni mamlakatning saytlaridan birida Ookla Speedtestga tayanib mobil operatoralar haqida qiziq maʼlumotlar ochiqlanibdi. Ushbu infografikada mintaqada bizning mobil operatorlarning internet tezligi bo‘yicha olgan o‘rinlari ham ko’rsatilgan (2022-yilning 4-choragi misol qilib keltirilgan).

15 ta operator ichida O‘zbekiston kompaniyalariga eʼtibor qarating.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yaqinda “Mahalla” telekanalining “Minbar” tok-shousiga chaqirishgandi. Mavzu: Tashabbusli byudjet

Menimcha, qiziq ko’rsatuv bo’ldi, mana bu yerdan to’lig’ini tomosha qilishingiz mumkin.

Jumladan, ko’rsatuv davomida xalqimizga murojaat qilib, Parlament va mahalliy kengashlarga bo’ladigan kelgusi saylovlarda faol bo’lishni, o’sha okrugdagi aholining manfaatlari uchun o’lib-tiriladigan, byudjet taqsimotida kerak bo’lsa hokimning yoqasidan olib talashadigan deputatlarni saylash kerakligini so’radim.

Chunki salkam butun xalqni oyoqqa turg’azgan Tashabbusli byudjet loyihasida ijtimoiy masalalarni hal qilishga yo’naltirilgan byudjetning atigi 8%i ajratilgan xolos. Qolgan 92% mablag’ni qayerga sarflashni yana hokimlar va amaldorlarning o’zi hal qilmoqda.

Shu sababli bizga xalq manfaatlarini himoya qiladigan “uyg’oq” deputatlar kerak. Keyingi saylovlarda qo’g’irchoq, “tepadan” ro’yxati tasdiqlangan deputatlar saylanmasligiga erisha olsakgina, hududlar obod bo’lishi uchun navbatdagi katta qadamni tashlagan bo’lar edik.

Aytgancha, Rasul Kusherbayevning yozishicha, ushbu ko’rsatuv efirga ketgach, “Minbar” tok-shousini yopishyapti ekan. Barcha syomkalari to’xtatilibdi. Aytgandim-a, shu xosiyatsiz tepalikka chiqmaylik deb 🙈

Kallasi katta senzurachi akalarimiz nimani gapirish mumkin yoki mumkinmasligining ro’yxatini ham berib qo’yishmabdi-da, shunda bizning kasrimizga bitta yaxshi ko’rsatuv yopilib ketmagan bo’larmidi…

Qaysi gapdan shunchalik qo’rqib ketishdi ekan, qiziq?


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentlar uchun joriy yilgi qabul 20-iyundan 20-iyulgacha bo’ladi

Bu aslida yangilik ham emas, amaldagi qonunchilik bo’yicha ayni shu muddatda qabul bo’lishi belgilangan. Lekin avvalgi yillarda kvotalar tasdiqlanmasdan qabul kechikib boshlangan paytlari ham bo’lgan. Balki rasmiylar “bu yil biz aniq muddatida ulguramiz, kechikmaymiz”, demoqchi bo’lgandir. Mayli, yaqinlashaversin-chi, ko’ramiz. Bunaqa va’dalarni oldin ham ko’p berishgan.

Yana bir qiziq jihat. Bilim va malakalarni baholash agentligi (sobiq DTM) direktori Majit Karimov “joriy yilgi qabulda abituriyentlar uchun yangilik qilyapmiz, endilikda 5 tagacha yo’nalish tanlayotganda ta’lim shaklini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) ham turlicha tanlashiga ruxsat beriladi”, debdi.

Lekin bu yangilik 2022-yili joriy qilingandi. Ya’ni o’tgan yili ham abituriyentlar istasa 1-yo’nalishga kunduzgini, 2-yo’nalishga sirtqini, 3-yo’nalishga kechkini va h.k tanlashi mumkin bo’lgan edi.

Qiziq, nega bor yangilikni yana yangilik deb e’lon qilishyapti? Yoki men nimanidir tushunmay qoldimmi?


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 20 daqiqa vaqtingiz ketadi)

O’Genri. So‘nggi yaproq (hikoya)

Izoh:
Bugun jahon adabiyotining eng nodir durdona hikoyalaridan biri - O‘Genrining «So‘nggi yaproq» hikoyasini mutolaa uchun tanladik. To‘g‘ri, bu shunchalik mashhur hikoyaki, balki uni kanalimiz mushtariylari orasida minglab insonlar allaqachon o‘qigan bo‘lishi ham mumkin. Shunday bo‘lsa-da, uni yana bir bor takrorlash, o‘qimaganlar uchun esa, shu paytgacha qilgan “xatosi”ni to‘g‘rilashga imkon bermoqchimiz :)

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/o-genri-songgi-yaproq

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/FVsxjci_Mcc

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Milliy gvardiya xodimlari qo'shimcha vakolatlarga ega bo'ldi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Milliy gvardiya tuzilmalari xodimlariga quyidagi ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish va sudga yuborish vakolatlari berildi:

mayda bezorilik;

sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish;

voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish;

jamoat joylarida alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish.


👉 @xushnudbek 👈
2022-2023-o'quv yilida magistraturada tahsil olayotgan 12 ming 300 nafar xotin-qizlarga 68 mlrd 298 million so'mlik shartnoma to'lovlari to'lab berilgan.

Ma'lumot uchun: o'tgan yildan boshlab magistraturaga kontraktga o'qishga kiradigan BARCHA xotin-qizlarning kontrakti davlat byudjeti hisobidan qoplanadi. Batafsil ma'lumot bu yerda va mana bu yerda.


2022-2023-o'quv yilida 84 ming 640 nafar qizlarga 872 mlrd so'mdan ortiq miqdorda 7 yillik foizsiz kredit ajratilgan.

Foizsiz kredit olish tartibi mana bu yerda tushuntirilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Yaqinda “Mahalla” telekanalining “Minbar” tok-shousiga chaqirishgandi. Mavzu: Tashabbusli byudjet Menimcha, qiziq ko’rsatuv bo’ldi, mana bu yerdan to’lig’ini tomosha qilishingiz mumkin. Jumladan, ko’rsatuv davomida xalqimizga murojaat qilib, Parlament va…
📺 "Minbar" tok-shousi yopilmas ekan

“Mahalla” telekanalining maʼlum qilishicha, “Minbar” koʻrsatuvi odatdagi tartibda efirga ketmoqda.

Jumladan, koʻrsatuvning navbatdagi soni 22-may soat 20:50 da namoyish etiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Davlat organlari rahbarlari AKT bo'yicha oʻqitiladi

Hukumat qarori bilan 2023-yil 1-iyuldan davlat organlarining AKT sohasiga maʼsul xodimlari 3 yilda bir marta malakasini oshiradi.

Qayd etilishicha, xodimlarning malakasini oshirishga Raqamli texnologiyalar vazirligi masʼul hisoblanadi. Malaka oshirish kursi 24 soatdan kam boʻlmaydi, kursni tamomlagan xodimlar esa 2 oyda reyting baholashdan oʻtkaziladi.

2023-yil 1-avgustdan davlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish boʻyicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda oʻqitiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan 23-25-may kunlari Singapur prezidenti Halima Yoqub davlat tashrifi bilan O’zbekistonga keladi.


👉 @xushnudbek 👈
2023-yil 1-iyundan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga tugʻruqxonaning o’zidayoq tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma o‘rniga QR-kodli sertifikatlar beriladi.

Ushbu ma’lumotnoma:

gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi;

davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish taqiqlanadi.

❗️Agar guvohnomaning o’zi kerak bo’lib qolsa, unda fuqarolar istalgan vaqt murojaat qilishganda FHDYo bo‘limlari tomonidan rasmiylashtirib beriladi.


👉 @xushnudbek 👈
🛬 2023-yilning yanvar-aprel oylarida 2 milliondan ortiq sayyoh turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga kelgan.

Eng ko'p quyidagi davlat fuqarolari tashrif buyurgan:

🇹🇯 Tojikiston – 623,8 ming nafar
🇰🇿 Qozogʻiston – 558,8 ming
🇰🇬 Qirgʻiz Respublikasi – 487,7 ming
🇷🇺 Rossiya – 207,7 ming
🇹🇷 Turkiya – 29,7 ming
🇹🇲 Turkmaniston – 14,2 ming
🇰🇷 Koreya Respublikasi – 9,2 ming
🇮🇳 Hindiston – 8,3 ming nafar
🇨🇳 Xitoy – 6,3 ming nafar
🇩🇪 Germaniya – 5,7 ming nafar


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar kontrakti uchun yoki xususiy bog’cha va maktablar uchun qilingan to’lovlardan 12% qaytarib olish uchun soliq organlariga borish shart emas.

Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat bog’cha va maktablar;
▫️ipoteka kreditlari.

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

➡️Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

12% qaytarilishiga oid batafsil ma’lumot bu yerda:
https://t.iss.one/xushnudbek/17561
https://t.iss.one/soliqnews/10602

Soliq qo’mitasi boshqarma boshlig’i bilan ushbu masalaga oid ovozli chatni eshitish uchun bu yerni bosing.


👉 @xushnudbek 👈
Bugun U-20 Jahon chempionati doirasida 🇺🇿 Oʻzbekiston terma jamoasi 🇳🇿Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga chiqadi.

Uchrashuv soat 23:00 da “Uzreport TV” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Yigitlarimizga omad tilaymiz!


👉 @xushnudbek 👈
Singapur Respublikasi Prezidenti O‘zbekistonga keldi

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 23-may kuni Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova va boshqa rasmiylar kutib oldi.

🏫 Manba


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM