Bugun YouTube'ga ilk video joylanganiga 18 yil bo‘ldi
2005-yil 24-aprel kuni jawed ismli foydalanuvchi (San Diyego) YouTube'ga ilk videoni joylagan edi. Me at the zoo (Men hayvonot bog‘idaman) deb nomlanuvchi 19 soniyalik ushbu rolik bugungacha 264 mln marta ko‘rilgan.
YouTube rekordlari:
• 2005-yil noyabr oyida “Nike” kompaniyasining Ronaldinyo ishtirokidagi reklamasi ilk marta million marta ko’rilgan video bo’lgan;
• 2012-yil dekabr oyida esa PSY guruhining “Gangnam Style” klipi ilk marta milliard marta ko’rilgan video bo’ldi;
• 2022-yil yanvar oyida Pinkfong studiyasining “Baby Shark Dance” klipi ilk marta 10 milliard marta ko’rilgan video bo’ldi. Ushbu video hozirda YouTube’da eng ko’p ko’rilgan video bo’lib turibdi (12,5 mlrd).
👉 @xushnudbek 👈

Ertadan barcha xodimlar uchun ish kuni
Bugun ketma-ket 4 kunlik dam olishning oxirgi kuni hisoblanadi.
Shuningdek, ertaga — 25-apreldan barcha ta’lim muassasalarida, jumladan, oliy, professional, umumta’lim va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham o‘quv jarayonlari boshlanadi.

Prezident farmoni bilan Baxtiyor Saidov O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
U 2022-yilning 30-dekabrida xalq ta’limi vaziri lavozimidan ozod etilib, tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.

Yer usti halqa metro yo‘lining ikkinchi bosqichi doirasida qurib bitkazilgan 5 ta bekatda yo‘lovchi tashuvlari boshlandi.
➖ “Qo‘yliq – Quruvchilar” uchastkasida qurilish ishlari tugatilgan 5 ta bekatning umumiy uzunligi 7,74 kilometrni tashkil etadi. Shu bilan Toshkent metropolitenining bekatlari soni 48 taga yetdi;
➖Yer usti metrosi qurilishining ikkinchi bosqichi to‘liq yakunlanishi bilan Toshkent metropolitenining jami uzunligi 70 kilometrdan ortadi. Bekatlar soni esa 50 taga yetadi.

Hududlarda 30-aprelda bo’lishi kutilayotgan referendum bo’yicha targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda.
Yuqoridagi videolarda Qoraqalpog’iston Respublikasi, Namangan, Farg’ona va Andijon viloyatlarida bugungacha o’tgan tadbirlar aks etgan.

Ayni kunlarda Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan yurtdoshimiz Odiljon Karimov ushbu mamlakatda maktab o‘quvchilarining xavfsizligi uchun qilinadigan bir kichik detalga eʼtibor qaratgan.
Koreyada ko‘ngilli volontyorlar, asosan pensiyadagi insonlar bolalarni chorrahadan eson-omon o‘tib olishlari uchun navbatchilik qilishar ekan. Ularga majoziy maʼnoda kichik haq to‘lanadi, ammo odatda volontyorlar chin dildan kelajak avlod xavfsizligi uchun xizmat qilisharkan.
To‘g‘ri, Janubiy Koreya va bizning mentalitet boshqacharoq, ayniqsa yoshi ulug‘ insonlarga nisbatan. Bizdagi urf bo‘yicha keksalarimiz pensiyaga chiqqach, nabiralari bag‘rida, izzat-ikromda bo’ladi, odatda hech qayerda ishlamaydi.
Koreya yoki Yaponiya kabi davlatlarda esa qariyalarga nisbatan munosabat biroz boshqacharoq.
Unisi yaxshi, bunisi yomon deyishdan yiroqman. Bizda ham bobo-buvilarimiz chorrahada maktab o’quvchilarini yo’ldan o’tkazib qo’yish bilan shug’ullansin ham demoqchi emasman.
Shunchaki ayrim masalalarda koreys va yaponlardagi mehnatkashlik, fidoyilik, ijtimoiy masʼuliyat kabi jihatlardan o’rnak olsak yomon bo‘lmasa kerak, har holda.

Yaponiya maktablari haqida (1-qism)
Maktablar mavzusini davom ettiramiz. Asli qirg'izistonlik bo'lgan Twitter foydalanuvchisi yapon maktablari haqida qiziq ma'lumotlarni ulashgan. Uning farzandi hozir boshlang'ich sinfda o'qirkan, ma'lumotlar ham shunga taalluqli.
•Yaponiyada maktab taʼlimi 12 yil davom etadi. 6 yil boshlangʻich, 3 yil oʻrta va 3 yil yuqori sinf.
• Yaponiyada maktablar bepul. Ammo ovqat uchun 8000 yen atrofida toʻlanadi, bu oyiga taxminan 50 dollar.
• Ovqat menyusi nutritsiolog va tibbiyot vakillari tomonidan tuziladi, maʼqullangandan soʻng ularni barcha ota-onalarga elektron pochta orqali joʻnatishadi va agar baʼzi bolalarda maʼlum yegulikka allergiya boʻlsa, ularni roʻyxatdan olib tashlashadi hamda boshqa oziq-ovqatlar bilan almashtiriladi. Har oy uchun tushlik jadvali bor (1-rasm).
• Darslarda bolalarga darhol yozish va oʻqish oʻrgatilmaydi, ularga avval ruchkani qanday ushlash va toʻgʻri oʻtirish oʻrgatiladi (2-rasm). Shuningdek, ko'proq tarbiya va etikaga e'tibor qaratiladi.
• Maktab formasi yoʻq, hamma xohlaganicha kiyinadi. O'quvchilarga kitob, qalpoq, sumka uchun gʻilof berishadi.
Sariq rang – xavfsizlik uchun, bola yoʻldan oʻtayotganda hamma koʻra olishi uchun (3-rasm).
• Darslar ertalab 8:15 dan boshlanadi va 17:00 gacha davom etadi.
• Yo'llarda har burchakda nazoratchilar turadi. Ota-onalar oyda bir marta jadval asosida bolalarni mashina urib ketmasligi, mashinalar qoidani buzmasligini nazorat qilish uchun qo'lida bayroq bilan koʻcha bo'ylab navbatchilik qilishadi (4-rasm).
• «Maktabimiz shu paytgacha birorta bola yoʻqolib qolmagani, jarohatlanmagani yoki yoʻl-transport hodisasiga uchramagani bilan faxrlana oladi».
• Forma yoʻq, lekin maktab binosiga kirayotganda oʻquvchilar oyoq kiyimi yechilib, shippakka almashtiriladi (5-rasm).
• Bolalar sinfini oʻzlari tozalaydi, oʻqituvchi polni yuvadi, bolalar esa chang artib, chiqindi tashlab kelishadi, 1-sinfdanoq gullarni sugʻorishadi.
• Oʻqituvchilarning barchasi ayollar (6-rasm).
(davomi bor)

Shavkat Mirziyoyev 26-aprel kuni Italiya Respublikasi mudofaa vaziri Gvido Krozettoni qabul qildi. Davlatimiz rahbari O‘zbekiston va Italiya mudofaa idoralari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladi, Afg’onistondagi vaziyat ham muhokama qilindi.
“Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga birgalikda tayyorgarlik ko‘rilmoqda” deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida. Demak, O’zbekiston Prezidentining Italiyaga tashrifi rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston fuqarolari Chernogoriyaga vizasiz borishlari mumkin bo‘ladi
Shuningdek, 2023-yilning iyunidan boshlab O‘zbekiston va Chernogoriya o‘rtasida doimiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Chernogoriya Respublikasi — Bolqon yarimoroli g‘arbida joylashgan mamlakat. Maydoni 13,8 ming km². Aholisi 620 ming kishi (2021), poytaxti — Podgoritsa shahri.

Prezident farmoni (26.04.2023y. PF-61) bilan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni ishga olgan korxonalarga to‘langan ijtimoiy soliqni qoplab berish amaliyoti 2023-yil 1-maydan – 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.
Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan 7-oydan boshlab qoplab beriladi.
❌ Bu imtiyoz budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to‘lovchilarga nisbatan qo‘llanilmaydi.