🚗 20-asrning eng uzun tirbandligi haqida bilasizmi?
Kecha Toshkentda katta tirbandliklar kuzatilganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Bir necha yuz minglab ishchi va talabalar Hayitdagi 4 kunlik dam olish sabab uyiga borib kelishni maʼqul bildi.
Insoniyat tarixida dam olish kunlari boshlanishi yoki taʼtil tugashi bilan bog‘liq katta tirbandliklar ko‘p kuzatiladi. Masalan, 1990-yil 12-avgustda 🇯🇵Tokioda 135 kilometrlik avtomobil tirbandligiga asosiy sabablardan biri ham taʼtilning tugashi bo‘lgan.
Lekin eng dahshati 🇫🇷Fransiyada bo‘lgan. Ginnesning rekordlar kitobiga “20-asrning eng uzun tirbandligi” sifatida kirgan bu kollaps 1980-yil fevral oyida millionlab odamlar ta‘tilni tugatib, Alp tog‘laridan Parijga qaytayotganda yuz bergan.
"Dala hovli tirbandligi" deb nomlanuvchi bu voqeada 5 mln avtomobil Parij-Lion yo‘nalishi bo‘ylab 170 kilometrga cho‘zilgan “tiqin”da qolib ketishgan.
Ushbu tirbandlikdagi oxirgi mashina 1 oy o’tgach “probka”ni tark etgan.
👉 @xushnudbek 👈

Forwarded from Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aytishlaricha, 4 kun dam olgan xodimlar va talabalarda taxminan mana bunaqa dangasalik kasali qo’zg’ab qolish xavfi bor emish😉
🔘@xushnudbekuz
🔘@xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun soat 22:00 da “Milliy” telekanalida Jobir Ahmedov jamoasi 2023-yilning Bahorgi mavsumida hal qiluvchi beshinchi o‘yinni o‘tkazadi.
Hayit kuni oila davrasida ko’rishga tavsiya etiladi :)
👉 @xushnudbek 👈
Hayit kuni oila davrasida ko’rishga tavsiya etiladi :)
👉 @xushnudbek 👈
🏆 FIFA U-20 Jahon chempionatiga qur’a tashlandi
Oʻzbekiston “A” guruhidan oʻrin oldi.
🇦🇷 Argentina
🇺🇿 Oʻzbekiston
🇬🇹 Gvatemala
🇳🇿 Yangi Zelandiya
Eslatib o’tamiz, ushbu jahon chempionati dastlab Indoneziyada o’tishi kerak edi. Lekin keyinchalik FIFA qarori bilan mundial mezbonligi Argentinaga o’tkazildi.
Musobaqa 20-maydan 11-iyunga qadar davom etadi.

🏆 O’zbekiston U-20 terma jamoasining Jahon chempionatidagi oʻyinlari jadvali
Maʼlumot uchun: mundialning ochilish oʻyinida yigitlarimiz mezbon Argentina yoshlariga qarshi maydonga tushadi.
👉 @xushnudbek 👈
Maʼlumot uchun: mundialning ochilish oʻyinida yigitlarimiz mezbon Argentina yoshlariga qarshi maydonga tushadi.
👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaponiyadagi tartib-intizomga bir kichik misol.
Biz nega bunaqa bo’la olmaymiz? Oddiy zinapoya uyoqda tursin, hatto har kuni qarama-qarshi yo’lda yurayotgan yuzlab mashinalarni uchratamiz.
Ozgina kutishga sabri chidamaydi, bo’sh joy ko’rdimi, tamom, qoidalarni buzib bo’lsa ham darrov “vstrechka”ga chiqishadi. Va ular o’zlarini qoidabuzar deb emas, uddaburon va “shustriy” deb hisoblaydi. Qolganlarni esa “lox” deyishadi. Va bundaylar ko’paysa ko’payaptiki, kamayotgani yo’q.
Ular shunchaki o’zgalar haqiga xiyonat qilishdan uyalmaydi, qonunlarni hurmat qilmaydi, faqat o’z manfaatini o’ylaydi.

Ertaga ham barcha xodimlar uchun dam olish kuni
24-aprel, dushanba kuni barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni etib belgilangan.
Ya’ni ushbu kun hisobidan haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlar boshqa kuni ishlab berishi shart bo’lmaydi, ular uchun 29-aprel, shanba kuni ham dam olish kuni bo’ladi.

Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 6 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Gabriel Garsia Markes. Og‘riq tish (hikoya)
Izoh: ushbu qisqa hikoyada shifokorlik burchi haqida so’z boradi. Bir necha inson o’limiga sababchi bo’lgan, xalq pulini o’g’rilaydigan korrupsioner amaldorga xizmat ko’rsatish kerakmi yoki kasbiy burch ustunmi?
📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Markes-ogriq-tish
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/wCRM6mkPy5c
💬 Muhokama bu yerda.
🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.
📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa

Nima uchun Toshkent amaliy fanlar universitetini tanlash kerak?
Universitet rektori Umarov Abdusalom Vaxitovich bilan bo'lgan suhbatda abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan eng ko'p beriladigan savollarga atroflicha javob berildi.
📹 https://youtu.be/BsXSLv0cL4o

YouTube
Nima uchun Toshkent amaliy fanlar universitetini tanlash kerak?
Oliy Ta'lim Muassasalari Tahlili (OTMT) loyihasining navbatdagi sonida Toshkent amaliy fanlar universiteti haqida reportaj tayyorladik. Sizlarga qiziq bo'ladi, degan umiddaman.
Kanalimizga obuna bo'lish: 👉 https://bit.ly/Xushnudbek
#Xushnudbek #Xususiytalim…

Bugun YouTube'ga ilk video joylanganiga 18 yil bo‘ldi
2005-yil 24-aprel kuni jawed ismli foydalanuvchi (San Diyego) YouTube'ga ilk videoni joylagan edi. Me at the zoo (Men hayvonot bog‘idaman) deb nomlanuvchi 19 soniyalik ushbu rolik bugungacha 264 mln marta ko‘rilgan.
YouTube rekordlari:
• 2005-yil noyabr oyida “Nike” kompaniyasining Ronaldinyo ishtirokidagi reklamasi ilk marta million marta ko’rilgan video bo’lgan;
• 2012-yil dekabr oyida esa PSY guruhining “Gangnam Style” klipi ilk marta milliard marta ko’rilgan video bo’ldi;
• 2022-yil yanvar oyida Pinkfong studiyasining “Baby Shark Dance” klipi ilk marta 10 milliard marta ko’rilgan video bo’ldi. Ushbu video hozirda YouTube’da eng ko’p ko’rilgan video bo’lib turibdi (12,5 mlrd).

Ertadan barcha xodimlar uchun ish kuni
Bugun ketma-ket 4 kunlik dam olishning oxirgi kuni hisoblanadi.
Shuningdek, ertaga — 25-apreldan barcha ta’lim muassasalarida, jumladan, oliy, professional, umumta’lim va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham o‘quv jarayonlari boshlanadi.

Prezident farmoni bilan Baxtiyor Saidov O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
U 2022-yilning 30-dekabrida xalq ta’limi vaziri lavozimidan ozod etilib, tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.

Yer usti halqa metro yo‘lining ikkinchi bosqichi doirasida qurib bitkazilgan 5 ta bekatda yo‘lovchi tashuvlari boshlandi.
➖ “Qo‘yliq – Quruvchilar” uchastkasida qurilish ishlari tugatilgan 5 ta bekatning umumiy uzunligi 7,74 kilometrni tashkil etadi. Shu bilan Toshkent metropolitenining bekatlari soni 48 taga yetdi;
➖Yer usti metrosi qurilishining ikkinchi bosqichi to‘liq yakunlanishi bilan Toshkent metropolitenining jami uzunligi 70 kilometrdan ortadi. Bekatlar soni esa 50 taga yetadi.

Hududlarda 30-aprelda bo’lishi kutilayotgan referendum bo’yicha targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda.
Yuqoridagi videolarda Qoraqalpog’iston Respublikasi, Namangan, Farg’ona va Andijon viloyatlarida bugungacha o’tgan tadbirlar aks etgan.

Ayni kunlarda Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan yurtdoshimiz Odiljon Karimov ushbu mamlakatda maktab o‘quvchilarining xavfsizligi uchun qilinadigan bir kichik detalga eʼtibor qaratgan.
Koreyada ko‘ngilli volontyorlar, asosan pensiyadagi insonlar bolalarni chorrahadan eson-omon o‘tib olishlari uchun navbatchilik qilishar ekan. Ularga majoziy maʼnoda kichik haq to‘lanadi, ammo odatda volontyorlar chin dildan kelajak avlod xavfsizligi uchun xizmat qilisharkan.
To‘g‘ri, Janubiy Koreya va bizning mentalitet boshqacharoq, ayniqsa yoshi ulug‘ insonlarga nisbatan. Bizdagi urf bo‘yicha keksalarimiz pensiyaga chiqqach, nabiralari bag‘rida, izzat-ikromda bo’ladi, odatda hech qayerda ishlamaydi.
Koreya yoki Yaponiya kabi davlatlarda esa qariyalarga nisbatan munosabat biroz boshqacharoq.
Unisi yaxshi, bunisi yomon deyishdan yiroqman. Bizda ham bobo-buvilarimiz chorrahada maktab o’quvchilarini yo’ldan o’tkazib qo’yish bilan shug’ullansin ham demoqchi emasman.
Shunchaki ayrim masalalarda koreys va yaponlardagi mehnatkashlik, fidoyilik, ijtimoiy masʼuliyat kabi jihatlardan o’rnak olsak yomon bo‘lmasa kerak, har holda.