Xovos tumanida mahalla yoshlari oʻrtasidagi «O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi» musobaqalariga start berildi

Xovos tumanida anʼanaviy tarzda mahalla yoshlari oʻrtasida oʻtkazib kelinayotgan «DXX kubogi» musobaqalarining ochilish marosimi bayramona tarzda tashkil etildi.

Tumanning 28 ta mahallasidan shakllantirilgan futbol va mini futbol jamoalari ishtirokida qurʼa tashlash marosimi oʻtkazildi. Joriy yilgi musobaqa dasturiga qizlar jamoalari oʻrtasida ham futbol bahslarini oʻtkazish yangilik sifatida kiritildi.

Sport tadbir ochilish marosimida ishtirok etgan tuman sektor rahbarlari musobaqa yoshlarning doimiy sport bilan shugʻullanishlari, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, futbolni ommalashtirish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlilarni aniqlash hamda qoʻllab-quvatlash maqsadida oʻtkazib kelinayotganini ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga omad va zafarlar tilashdi.

📲Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|You tube
Xovos tumani hokimi Yo‘ldoshev Ulug‘bek Xasanovichning
hudud yoshlariga
murojaati

📲Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|You tube
⚡️Sohalar rivojlanishi raqamlarda. Sirdaryo viloyatining iqtisodiy rivojlanishi to'g'risida tayorlangan infografika.

📲Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|You tube
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyati bo'yicha 3191 ta yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi!

➤ Oqoltin tumanidan 450 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 415 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 295 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 113 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 422 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 503 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 107 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 446 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 109 ta (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 8 ta (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 323 ta (ko'rish)

📲Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|You tube
Navbatdagi fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi

Xovos tumanida aholi muammolarini o'rganish va ularga yechim topish maqsadida Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda doimiy ravishda sayyor qabullar o'tkazilmoqda.

Xususan, bugun Xovos tumani hokimi Ulug‘bek Yo‘ldoshev boshchiligida tumanning Karvonsaroy mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi. Unda, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, tashkilotlar rahbarlari hamda 20 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi.

Qabul davomida yo'llangan murojaatlarning aksariyati tomorqalarni suv bilan ta'minlash, ichki yo'llar ta'miri, tibbiyot, moddiy yordam va ishga joylashtirish masalalarida bo'lib, bir qator muammolar shu joyning o‘zida o'z yechimini topdi.

Bundan tashqari, bazi murojaatlar joyiga chiqilgan holda o'rganildi va muammolarni bartaraf qilish bo'yicha aniq rejalar belgilandi. Yechimi vaqt talab etuvchi murojaatlarni ijobiy hal erish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

📲Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|You tube