Xotiradagi bitiklar
8 subscribers
44 photos
6 videos
2 files
70 links
Download Telegram
#nazm

2-ishtirokchi

🏢Xiva shahri Ogahiy ijod maktabi.
Ibragimova Mashhura


Meni kimga ishonib ketyapsan, bahor?

Har tong ash'oringni kutaman sensiz,
Dilimdagin bayon aytolmam takror.
Etagingni yig‘ib, ming nozlar-la sen,
Meni kimga ishonib, ketyapsan, bahor?

Yoki osmonmidi dilga dardkashim,
Ko‘z yoshin to‘kadi meni qayg'urib?.
Yoki yulduzlarmi milt-milt charaqlab
Nurday yoniq qalbim qayta yondirib?

Bariga ko‘z yumib, jimgina qarab
Sensiz yashamoqlik naqadar og‘ir!..
Hatto sensizlikni ko‘tara olmay,
Falak ko‘zlaridan yosh qalqayotir...

Bilaman, yolg‘izlik sendan ko‘p yiroq,
Nafasingni sog‘inib kutadi yerlar.
Sen ortga qaramay ketasan biroq,
Yana qaytadimi biz yurgan kezlar?

Yo‘q, yo‘q u damlar endi hech qaytmas,
Endi soy suvining qo‘shig‘i boshqa.
Qayoqqa ketarin, manzilin bilmay,
Bosh olib ketadi, bosh oqqan yoqqa...

Yo‘llarimga to‘lgan toshlardan, jardan,
Chetlab o‘tmoqlikdan charchadim, to‘ydim...
Kechagina ko‘rgan tushlarimni ham,
Yana kelib o‘sha toshlarga o‘ydim.

Sensiz ushalmaydi boqiy orzular,
Bariga yo‘ldosh ham, dildosh ham o‘zing.
Hali yerda porlar ummon yog‘dular,
Ularni kuzatib qamashar ko‘zing .

Bahorim, go‘zalim, meni tark etma,
Qalbimni beraman, kel, unda yasha.
Lek, mendan kechma, uzoqqa ketma,
Dimog‘imda qolgin baxsh etib nash'a.




Bizning kanal👇👇👇
https://t.iss.one/xotiradagisherlar
#nazm

3-ishtirokchi

🏢Xiva shahri Ogahiy ijod maktabi.
Matyoqubova Sevinchoy

Bahor muborak bo'lsin!!!

🌷🌷🌷BAHOR

Mana, yana bugun to'qqiz oy o'tib,
Suykanib, burkanib qorli so'qmoqda,
Qaydan kelay ekan deya iymanib,
Gul navbahor yana eshik qoqmoqda!

Nega endi bu kun navbahor faslin,
Yuragim tubidan mehmon etmayin?!
Shu nozik qalbini o'ksitmay bugun,
Vasfini chin dildan bayon etmayin?!

Dilimni ochsam men gar ul malakka,
Tinglaydi jimgina qalbim so'zini.
Ko'ngling xush etarman, deya nozlanib,
Ming tusda tovlanar, suzib ko'zini.

Men bildim bahorning ajib gashtini,
Dimog'ga urildi farahbaxsh ifor.
Jo'shib madh etayin takror va takror,
Xush kelding qalbimga, ey nafis bahor!


Bizning kanal👇👇👇
https://t.iss.one/xotiradagisherlar
#nazm

4-ishtirokchi

🏢Xiva shahar Ogahiy ijod maktabi.
Radjabov Sunnatulla

Bahor keldi

Bahor keldi olamga yana
 Yuguradi toshoyoq tulpor
O'z inidan chiqadi  kana
maysalarni qoplaydi g'ubor

Bahor keldi O, yana bir bor
Sahob ashki to'xtadi asta
daydi shamol , sovuqotgan qor-
Bahorning ham o'zi bir kasta

Bahor keldi xush havo ila
Bulutlidir shunda ham osmon
Izg'irin qish imtixonidan
O'tgandan so'ng ko'rindi bahor


Bizning kanal👇👇👇
https://t.iss.one/xotiradagisherlar
#nazm

5-ishtirokchi

🏢Ogahiy ijod maktabi

Muxlisa Boynazarova

BAHOR SOG'INCHI


Bahorim,
mushtoqman kutar bu ko‘ngil,
Sog‘indim iforing beraqol darak.
Qahraton qalbimni yaraladi xo‘p,
Muzlarin eritib kelishing kerak.

Bahorim,
sensiz qalb gullamadi hech,
Borliq yo‘qligingdan azobda, yurak.
Kelgin dilga nuring, iforing sochib
O‘shanda ochadi yana u kurtak.

Bahorim,
sog‘indim yomg‘ir taftini,
Osmonimda qora bulutlar bordek.
Sen kelsang ular ham yig‘lashar yum-yum
Qalbdagi anduhlar yuvilar qordek.

Bahorim,
faqat sen ovunchim mening,
O‘sha oppoq qor ham bo‘lolmas sirdosh.
Darding olaman deb, muzlarin sanchar
Qalbim ozorlarga zo‘rg‘a berar dosh.

Bahorim, ketmaydi
dildan hech ifor,
Ko‘nglim bezaguvchi mohir naqqoshsan.
Senga bo‘lgan sevgim o‘chmaydi sira,
She‘riyatdek sen ham boqiy yo‘ldoshsan!

Bizning kanal👇👇👇
https://t.iss.one/xotiradagisherlar
#nazm

6-ishtirokchi

🏢Ogahiy ijod maktabi

Karimova Sarvara

BAHOR SOG'INCHI

Qancha kundan beri kutardim seni,
Kelding, tonglaringni kutib olayin.
Goʻzal quchogʻingda sayr etib,
Maftunkor gullaring hidlab qolayin.

Oʻzingsan ma'shuqlar dardiga davo,
Oshiqlar dilini yupatguvchi sen.
Bagʻringda barq urar nafis gullaring.
Xushboʻy chechaklaring oshigʻiman men.

Aslida, bu gullar- gul emas aslo,
Bahor, bular - bizga ulashgan mehring.
Tabiatga, Vatanga beraver husn
Ayama moʻjizang, ayama sehring.

Sendan boshlanadi yangi umidlar
Navroʻzi olaming dillarga quvonch.
Keksalar, bemorlar ziyoratidan,
Baxt-u ezgulikka ulashib ishonch.

Begʻubor yoshligim boshlangan sendan,
Bahorim, sen suluv qizga oʻxshaysan.
Tugʻilgan kunimda har yil poyimga
Gullardan toʻqilgan gilam toʻshaysan!


Bizning kanal👇👇👇
https://t.iss.one/xotiradagisherlar
#nazm

8-ishtirokchi

Boltayeva Sarvinoz

Ogahiy ijod maktabi

BAHOR KELDI

Bahor keldi ko‘k libos bilan,
Oʻrik guli unga koʻrk, chiroy.
Hamma yoqqa taratib ifor,
Yurtimizga xush kelding, Bahor.

Qaldirg‘ochlar uchishib shodon,
Ayvonimga uya qurmoqda.
Chugʻur-chugʻur qilib tong sahar,
Yurtimizga xush kelding, Bahor.

Bahor sheʼr-u shoirlar fasli,
Zulfiyaxonim ham ilk kuni,
Tugʻilganlar bahorga xumor,
Yurtimizga xush kelding, Bahor

Bahor berar dillarga quvonch,
Sumalakdan totamiz yana,
Boychechakka yetishdi diydor,
Yurtimizga xush kelding, Bahor.


Bizning kanal👇👇👇
https://t.iss.one/xotiradagisherlar