Xorazm viloyati Transport boshqarmasi rasmiy kanali
466 subscribers
6.59K photos
652 videos
1.9K links
Telegram:https: //t.iss.one/xorazmtransport_uz

Facebook: https://fb.com/xorazmtrans

You tube: https://youtube.com/channel/UCbzeNa6hpJtQ6jbeXMIgblA

Murojaat uchun ishonch telefon raqam: (62) 229 3037
Download Telegram
#Rasmiy_munosabat

"Xorazmliklar" telegram kanali orqali tarqalgan “ЙТҲ юзага келиши мумкин бўлган кескин вазият. Автобусчилар қачон ўпкасини босиб олади?” nomli murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

Joriy yilning 14-may kuni “Bunyod yo’lovchi tashish” MCHJda haydovchi lavozimida ishlovchi Qodirberganov Xursand boshqaruvida bo’lgan 90 336 TAA “ISUZU” rusumli transport vositasi qo’pol ravishda yo’l harakati qoidalarini buzganligi yuzasida Xorazm viloyati transport boshqarmasi xodimlari tomonidan yo’lovchilar xavfsizligini ta’minlagan holda hamda yo’l harakati qoidalariga amal qilgan holda harakatlanishi lozimligi bo'yicha tushuntirildi.

Bundan tashqari mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati yo’l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan “Bunyod yo’lovchi tashish” MCHJ haydovchi Qodirberganov Xursandga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy kodeksining 128/5-moddasiga asosan bazaviy xisoblash miqdorining o’n baravari miqdorida jarima jazosi qo’llanildi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
#Rasmiy_munosabat
“XORAZMBUGUN/24” telegram kanali orqali tarqalgan “Yangibozor tumanida avtobus xizmati qachon yo’lga qo’yiladi? Xorazm Transport xizmati nega xozirgacha jim? Nima xalq manfaati oxirgi o’rindami?” nomli murojaat yuzasidan rasmiy munosabat

Xorazm viloyati Transport boshqarmasining avtomobil tashuvlarini nazorat qilish bo’limi tomonidan ishlab chiqilgan reja asosida doimiy ravishda litsenziyasiz yo’lovchi tashish, avtotransport vositalariga me'yoridan ortiq yo’lovchi chiqarish va jamoat transportlarida belgilangan narxdan oshmagan xolda aholiga xizmat ko’rsatish bo’yicha qo’shma reyd tadbirlari o'tkazilmoqda.
Bundan tashqari bugungi kunda Yangibozor tumanida 8 ta avtobus va 6 ta yo'nalishli taksi yo'nalishi bo’yicha jamoat transportlari mavjud bo’lib, ularda 18 ta avtobus va 57 ta damas avtotransport vositalari aholiga xizmat qilib kelmoqda. Mazkur 14 ta yo’nalish orqali Yangibozor tumanining 28 ta mahallasiga xizmat ko'rsatilmoqda.

Xorazm viloyati Transport boshqarmasi Matbuot xizmati
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “5 yoʼnalishli avtobus” nomli murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

Ushbu murojaat yuzasidan joriy yilning 29 may kuni Xorazm viloyati Transport boshqarmasi va Xorazm viloyati IIB YHXB masʼul xodimlari tomonidan SHIY-5 “Urganch temir yo’l vokzali – Urganch buyum bozori” avtobus yoʼnalishi haydovchilari bilan uchrashuv oʼtkazildi.

Uchrashuvda haydovchilarga harakat davomida belgilangan tezlikka rioya qilgan holda harakatlanishi, yo’lovchilarga xushmuomila bo’lishlari, odob-axloq qoidalariga rioya etishlari va yo’l harakati qoidalariga to’liq amal qilgan holda o’z faoliyatlarini olib borishlari lozimligi to’liq tushuntirildi.
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda orqali “Urganch shahar yoʼlovchi tashish avtobus haydovchilar juda haddidan oshib ketmadimi?” va “Xorazm viloyati transport boshqarmasiga aholi nomidan murojaat:” nomlari bilan murojaatlar yuzasidan rasmiy munosabat.

Murojaat yuzasidan Xorazm viloyati transport boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan “Bunyod yo‘lovchi tashish” mchj ga tegishli bo‘lgan 90 310 TAA davlat raqamli avtobus haydovchisi bilan uchrashib, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan murojaat yuzasidan suhbatlashildi. Suhbatlashish davomida, haydovchiga yo‘lovchilar bilan xushmuomala bo’lishi, harakat xavfsizligini ta’minlagan holda avtotransport vositasini boshqarish va harakat davomida uyali aloqa vositalaridan foydalanmaslik kerakligi tushuntirildi.
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda orqali “Jamoatchilikda yo‘lovchilarni avtotransport qatnovini Xorazmda yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish rejalari Prezidentimiz tomonidan topshiriqlar berilgan.Qani bu rivojlanish, ko‘rmayabmiz” nomli murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-sonli “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, bugungi kunda Urganch shahar aholisi uchun xizmat qilib kelayotgan shahar ichi yo'nalishlariga 165 ta jamoat transportlariga elektron to’lov tizimi joriy qilingan, bundan tashqari shahar jamoat transporti uchun Xitoy xalq respublikasida ishlab chiqarilgan avtobuslarini olib kelish bo‘yicha “O‘zmilliybank” AJ bilan kredit shartnomalari qilingan. Urganch shahrining transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasini ishlab chiqish ishlari yakuniga yetkazilgan. Xorazm viloyati transport boshqarmasida avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatini o‘z ichiga oluvchi “Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasini tashkil qilinganligini bildiramiz.

Shovot tumanida joriy yilning aprel oyidan boshlab SHAY-287 “Qumyop mahallasi - Temir yo'l mahallasi” uchun jamoat transporti (avtobus) yo’nalishida aholiga xizmat qilayotganligini ma’lum qilamiz.

Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-sonli “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarorida Urganch shahar jamoat transportining yangi yo‘nalishlar tarmog‘ini shakllantirish, Shahar yo‘nalishlarini brutto-shartnomaga bosqichma-bosqich o‘tkazish va Brutto-shartnomaga o‘tadigan yo‘nalishlar bo‘yicha elektron tenderlar o‘tkazish nazarda tutilgan bo'lib, viloyatning boshqa shahar va tumanlari uchun amal qilmasligini bildiramiz.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Gazelmi avtobusmi? Urganch-Hazorasp yo‘nalishida harakatlanadigan Gazellar odamlarni mashinaga tiqilinch holda mindirib tashimoqda” sarlavhasi orqali tarqalgam murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

Mazkur murojaat yuzasidan, Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Xorazm viloyat hududiy bo‘limi va Xorazm viloyati IIB YHXB xodimlari bilan hamkorlikda reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Reyd tadbirlari davomida, SHYT-315 “Urganch buyum bozori – Hazorasp” yo‘nalishidagi haydovchilariga nisbatan avtotransport vositalariga belgilangan o‘rindiqlaridan ortiq yo‘lovchilarni chiqarmaslik shartligi tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, SHYT-315 “Urganch buyum bozori – Hazorasp” yo‘nalishidaga mikroavtobuslarning oraliq vaqti 7 daqiqa etib belgilanganligini ma’lum qilamiz.
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Xorazm viloyati transport boshqarmasi xodimlari 6 oydan buyon oylik olmayotganligi to‘g‘risida murojaat yo‘llandi” nomli murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-sonli qarori qabul qilingan.

Qaror bilan, Xorazm viloyati transport boshqarmasida brutto-shartnomaga o‘tgan tashuvchilar tomonidan yo‘nalish ko‘rsatkichlari bajarilishini monitoring qiluvchi va baholovchi tizimni joriy etish maqsadida, avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatini o‘z ichiga oluvchi “Xorazm Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasini tashkil qilingan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-martdagi “Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-139-sonli qarori bilan mazkur davlat muassasasining funksiya va vazifalariga o‘zgartirishlar kiritilgan hamda joriy yilning 01 may sanasidan “Xorazm Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasining tashkiliy tuzilmasi qayta tasdiqlandi.

Bugungi kunda, tasdiqlangan shtat jadvaliga asosan “Xorazm Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi xodimlarining oylik maoshlarini to‘lab berish maqsadida Transport vazirligi, Moliya vazirligi hamda viloyat moliya boshqarmasi bilan amaliy ishlar olib borilib barcha hisob-kitoblar Moliya vazirligiga taqdim qilingan.

Joriy yilning Iyun oyi yakuniga qadar barcha xodimlarga yanvar-may oylaridan bo‘lgan oylik maoshidan qarzdorligi hamda iyun oyi oylik maoshi bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Aytishlaricha Qo‘shko‘pir tumani, Qaramon post gayi to‘g‘risida Kombayn olib o‘tishda trolleybus simlari nosoz holatga keltirganligi sababli trolleybuslar qatnovi to‘xtatilgan, qatnov qachon yo‘lga qo‘yilishi noma’lum” nomli murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

Bugun “Urganch – Xiva – Urganch” yo‘lining 9 km da soat 15.00 lar atrofida “Kombayn” rusumli transport vositasini boshqa hududga olib o‘tish paytida ehtiyotsizlik sabab trolleybuslar kabeliga shikast yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan “Xorazm trolleybus saroyi” davlat muassasasi energetik xodimlari tomonidan muammo bartaraf etilib soat 16:10 dan boshlab trolleybus harakati qayta tiklanganligini ma’lum qilamiz.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Nega yo‘l haqini buncha oshirib qo‘yishdi? Urganch tumani” murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali yo‘llangan murojaat yuzasidan Xorazm viloyati transport boshqarmasi va Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Xorazm viloyat hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan ‘“XORAZM FOVARIT TRANS” MChJga qarashli bo'lgan ShYT-219-sonli “Urganch buyum bozori – Begovot” (Urganch t) yo‘nalishli taksi yo‘nalishidagi haydovchilarga yo'l kira narxini oshirmasliklari, yo‘lovchilarga Ommaviy Oferta shartnomasida belgilab berilgan narxda xizmat ko‘rsatish shartligi, aks holda qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishi mumkinligi tushuntirildi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi