Xorazm viloyati Transport boshqarmasi rasmiy kanali
474 subscribers
6.6K photos
653 videos
1.91K links
Telegram:https: //t.iss.one/xorazmtransport_uz

Facebook: https://fb.com/xorazmtrans

You tube: https://youtube.com/channel/UCbzeNa6hpJtQ6jbeXMIgblA

Murojaat uchun ishonch telefon raqam: (62) 229 3037
Download Telegram
Bugungi kunda Urganch shahridagi ichki yo‘nalishlarida avtobus qatnovlari har bir yo’lovchi uchun belgilangan tarifga asosan 1 000 (ming) so’m etib belgilangan.

Urganch shahrida “Damas” avtotransport vositalarida shahar ichki yo’nalishlari bo’yicha yo’lovchi tashish uchun hech qanday tender bitimlari berilmaganligini bildiramiz.

Hurmatli Urganch shahar aholisi, Sizlardan qonunda belgilangan yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan avtotransport vositalaridan foydalanishingizni tavsiya etamiz.

Siz, qonunda belgilangan tartibda yo’lovchi tashish faoliyati bilan shug’ullanuvchi avtotransport vositalaridan foydalanganingizda belgilangan yo’l kira tariflari oshmasligi kafolatlanadi.
Noqonuniy ravishda yo’lovchi tashish bilan shug’ullanayotgan shaxslarga choralar ko’rilishi Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Nega bu 9 ta yo‘nalishni birontasida ham Shovot yo‘q?!” nomli murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

Ushbu murojaat yuzasidan Xorazm viloyati transport boshqarmasi tegishlicha o’rganish ishlarini olib borildi. O’rganish ishlari davomida “Paxtakor”, “Istiqbol”, “Turkiston”, “Oq oltin”, “Bunyodkor”, “Yangiobod”, “Shovot”, “Zamondosh” va “Do’stlik” mahallalaridagi yo’lovchilarni jamoat transporti bilan ta’minlash maqsadida “Shovot temir yo’l stansiyasi - Tuman kinoteatri” yo’nalishi bo’yicha avtobus qatnovi tashkil etildi. Ushbu yo’nalishdagi avtobus qatnovi bir yo’lovchi uchun yo’l kira narxi 1000 (ming) so’m etib belgilanganligini ma'lum qilamiz.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
Hurmatli yo`lovchilar, o`quvchi va talabalarning qishki ta'til davri 2023-yilning 23-yanvar sanasigacha uzaytirilishi munosabati bilan talabalarga shuni ma'lum qilmoqchimiz:

Chegirma asosida xarid qilingan chiptalarni temir yo’l chiptaxonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni chipta.railway.uz saytida qaytarishingiz mumkin.
Chipta 100% qiymatda qaytariladi.

Chiptalarni qaytarishd
a:
Elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni chipta.railway.uz sayti orqali "Chiptalarni qaytarish" bo`limidan foydalanasiz. Chiptani qaytarishga rozilik bildirganingizdan so`ng, chipta summasi 24 soat ichida chipta xarid qilingan plastik kartangizga qaytariladi.

Temir yo`l chiptaxonalaridan xarid qilingan chiptalarni qaytarishda chiptaxonalarga murojaat qilishingiz va chipta summasini to`liq olishingiz yoki boshqa sanadagi poyezdga chiptani almashtirishingiz mumkin.

Talabalarga eslatib o`tamiz, chiptalarni 23-yanvar sanasigacha 50% chegirma asosida xarid qilishingiz mumkin!
“XORAZMBUGUN/24” va “Xorazmliklar” kanallari orqali tarqalgan “Xorazm-Toshkent yoʼnalishidagi avtobuslar manziliga vaqtida yetib borolmayaptimi?”, “Xorazmdan Toshkentga yoʼlga chiqqan avtobus 24 soatda Samarqandga bordi.” video murojaatlar yuzasidan rasmiy munosabat.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan 2023-yil 16-yanvar kuni tegishli tashkilotlar bilan birgalikda avtovokzal (avtostantsiya), avtobus va mikroavtobuslarda yoʼlovchi tashish xizmatini koʼrsatayotgan tashuvchilarga ishtirokida yigʼilish oʼtkazilgan bo’lib, yigʼilishda asosan yoʼl kira tariflarini sun`iy oshirish holatlariga yoʼl qoʼymaslik, qatnovlar muntazamligini ta`minlash hamda qoʼshimcha avtobus va mikroavtobuslar yoʼnalishlarini tashkil qilish yuzasidan tegishli koʼrsatmalar berilgan.

Urganch avtovokzaldan viloyatlararo yoʼnalishlar boʼyicha sotilgan chiptalar boʼyicha yoʼlovchilarni oʼz manzillariga yetkazish choralari koʼrilishi yuzasidan topshiriqlar berilgan.

Yuqorida koʼrsatilgan ogohlantirish va tushuntirish ishlariga qaramasdan joriy yilning 17-yanvar kuni soat 15.00 da Urganch avtovokzal hududidan “COMFORT AUTO HAMKOR” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan “TENDER KONTRАKTI” da koʼrsatilmagan “YUTONG” rusumli, davlat raqam belgisi 10 940 DSA va “TENDER KONTRАKTI” da koʼrsatilgan “YUTONG” rusumli, davlat raqam belgisi 01 197 QJA boʼlgan avtobuslarni “Urganch-Toshkent” yoʼnalishi boʼyicha 102 ta yoʼlovchi bilan harakatlangan.

Natijada, avtobuslarda 18-yanvar kuni soat 05.30 larda Navoiy viloyatida qoʼshimcha “METАN” gaz toʼldirish shoxobchasi ishlamayotgaligi sababli, qatnovlarni oxiriga yetkazishning imkoni boʼlmagan.

Vujudga kelgan muammoni zudlik bilan bartaraf qilish yuzasidan Navoiy va Samarqand viloyatlari transport boshqarmalari bilan hamkorlikda yoʼlovchilarni “SАMO” mehmonxonasiga vaqtinchalik joylashtirildi va 18-yanvar soat 10:27 larda “DIZEL” yoqilgʼisida harakatlanuvchi avtobuslarni jalb qilgan xolda Toshkent shahri yoʼnalishi boʼyicha harakat yoʼlga qoʼyildi. Shu bilan birga yo’lovchilar tomonidan ko’rilgan zararni qoplash bo’yicha choralari ko’rilmoqda.

Bunday holatlar takrorlanmaslik boʼyicha Urganch avtovokzal masʼullari qayta ogohlantirilib, ushbu holat yuzasidan yo’l qo’yilgan kamchiliklari uchun tegishli shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko’rilib qo’shimcha axborot berilishini ma’lum qilamiz.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
Uzbekistan Airways talabalar uchun respublika bo’ylab amalga oshiriladigan ichki aviaqatnovlarga 50% chegirma muddatini 2023-yil 23-yanvarga qadar uzaytirdi. 2023-yil 18-yanvarga qadar chegirma asosida xarid qilingan aviachiptalarni 23-yanvargacha rejalashtirilgan aviaqatnovlarga bepul qayta bron qilishga ruxsat etiladi.

Uzbekistan Airways продлевает период действия 50% скидки для студентов на тарифы по внутриреспубликанским направлениям до 23 января 2023 года. По авиабилетам, приобретенным на основании скидки на рейсы до 18.01.2023 года, разрешается бесплатное переоформление на рейсы, запланированные до 23 января 2023 года.

#uzbekistanairways
🛣 Ayrim hududlarda transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 3-sonli bayoni 2023-yil 17-yanvar kuni tasdiqlandi.

Mazkur bayonning 1-ilovasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar hamda viloyatlarning ayrim hududlarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.

Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
URGANCH SHAHRIDA TRANSPORT VOSITALARI TEZLIGI KAMAYTIRILDI
​​Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan “Xorazm-Toshkent yoʼnalishidagi avtobuslar manziliga vaqtida yetib borolmayaptimi?”, “Xorazmdan Toshkentga yoʼlga chiqqan avtobus 24 soatda Samarqandga bordi.” video murojaatlar yuzasidan qo’shimcha axborot.

“Urganch-Toshkent” yoʼnalishi boʼyicha harakatlanayotgan avtobuslarda yuzaga kelgan muammolar yuzasidan Xorazm viloyati transport boshqarmasi rahbariyati va Urganch avtovokzali rahbariyati bilan birgalikda yig’ilish o’tkazildi.

Yig’ilish davomida viloyatlararo yoʼnalishlarda harakatlanuvchi avtobuslar harakat xavfsizligini ta’minlangan holda, yo’nalishga chiqmasdan oldin haydovchilar tibbiy ko’rikdan o’tkazilishi, transport vositalarining texnik sozligini tekshirish va yoʼlovchilarni oʼz manzillariga belgilangan vaqtda yetkazish choralari koʼrilishi yuzasidan tushuntirish berildi.

“Urganch-Toshkent” yoʼnalishi boʼyicha harakatlanayotgan avtobuslarda yuzaga kelgan muammolar yuzasidan, yo’l qo’yilgan kamchiliklar hamda o’z ishiga sovuqqonlik bilan qaraganligi uchun Urganch avtovokzal masʼul xodimi S.Radjapovga nisbatan Urganch avtovokzali rahbariyati tomonidan intizomiy jazo chorasi qo’llanilganligini ma’lum qilamiz.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi kunda viloyatimizda noqulay ob-havo kuzatilayotganligi sababli aholini jamoat transporti bilan qamrab olish va yoʼlovchi tashishdagi noqulayliklarni oldini olish boʼyicha tegishli tashkilotlar bilan kelishgan holda siqilgan gaz bilan ta’minlash choralari ko’rilgan.

Xususan, tumanlar markazlaridan viloyat markaziga hamda tumanlararo harakatlanuvchi 14 ta yoʼnalishlarda harakatlanuvchi 84 ta avtobuslar soni  130 tagacha oshirildi.

Bundan tashqari, tumanlar markazlaridan viloyat markaziga hamda tumanlararo harakatlanuvchi 18 ta yoʼnalishlardagi 220 ta yoʼnalishli taksilar soni 370 tagacha oshirildi.

Aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni ijobiy hal etish maqsadida Qo'shko'pir, Gurlan, Bog'ot, Yangariq, Shovot va Xiva tumanlarining ichki yo’nalishlarida vaqtinchalik qo'shimcha yo'nalishlar tashkil etildi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
Xorazm viloyati Shovot tumanida 2 ta avtobus yo’nalishi aholi uchun bepul xizmat qilmoqda.

Viloyatimizda kuzatilayotgan noqulay ob-havo sababli yo‘l kira narxlarini asossiz oshirish holatlarini oldini olish va aholini uzog’ini yaqin qilish maqsadida Shovot tumanining ichki yo’nalishlaridagi “Shovot – Monoq” va “Shovot temir yo’l stansiyasi - tuman kinoteatri” vaqtinchalik yo‘nalishlari tadbirkorlar tashabbusi bilan bepul avtobus qatnovlari amalga oshirilmoqda.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
​​Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan «XORAZM GRAND ALYANS» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbariga nisbatan jarima jazosi qo’llanildi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshligʼi R.Babaevning 2023-yil 10-yanvardagi 3-sonli buyrugʼiga asosan «XORAZM GRAND ALYANS» masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tender kontrakti asosida ShYT-290-sonli “Urganch Buyum Bozor bosh bekati avtostantsiyasi-Jirmiz qishlogʼi markazi” yoʼnalishli taksi yoʼnalishidagi “Damas” rusumli avtotransport vositalari tender kontraktida belgilangan talablari asosida harakatlanishi bo’yicha tekshiruv o’tkazildi.

Tekshiruv natijalariga ko’ra ShYT-290-sonli “Urganch Buyum Bozor bosh bekati avtostantsiyasi-Jirmiz qishlogʼi markazi” yoʼnalishli taksi yoʼnalishidagi “Damas” rusumli avtotransport vositalari yo’l kira narxlarini o’zboshimchalik bilan oshirganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan«XORAZM GRAND ALYANS» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Sh.Sattarovga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 145-moddasining 2-qismiga asosan jarima jazosi qo’llanildi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
​​Xorazm viloyatida 35 ta vaqtinchalik yo‘nalishlar tashkil etiladi

Viloyatimizda noqulay ob-havo kuzatilayotganligi sababli aholini jamoat transporti bilan to‘liq ta’minlash va o‘quvchilarning o‘qish mavsumi boshlanganligi sababli tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridagi jamoat transportlari soni oshirildi.

Xususan, viloyat transport boshqarmasi tomonidan chekka hududlardagi aholini tuman markazi bilan bog‘lovchi 35 ta vaqtinchalik yo‘nalishlar tashkil etiladi, bu yo‘nalishlar orqali 37 ta jamoat transportlari belgilangan jadval asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi.

Joriy yilning 23-yanvardan boshlab qo'shimcha ravishda tashkil qilingan vaqtinchalik yo‘nalishlar kunning 07:00 dan 09:00 gacha, 12:00 dan 14:00 gacha va 17:00 dan 19:00 gacha bo‘lgan vaqtlarida qatnovlarni amalga oshirilishi belgilandi.

Mazkur yo‘nalishlar davlat va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari orqali shahar va tuman mahallalari bilan shahar va tuman markazlarini bog‘lovchi yo‘nalishlarida qatnovlar tashkil qilinadi.

Jamoat transportlarining uzluksiz harakatlanishi va belgilangan tarif asosida yo‘lovchilarga xizmat qilinishi viloyat transport boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
📊 Temir yoʻl transportida qancha yuk tashilgan?

🏢 Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali jami 73,6 mln. tonna asosiy turdagi yuklar tashilgan.

Yuk tashish hajmi 2021-yil bilan solishtirilganda 1,6 mln. tonnaga oshgan.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
📣 Viloyatdagi tadbirkorlar diqqatiga!

Sizlar uchun ☎️ Call-Сenter: +998(62) 228-50-00 ishga tushirildi.

Ushbu ☎️ Call-Сenter: +998(62) 228-50-00 orqali tadbirkorlar Xorazm viloyati hokimiga to'g'ridan-to`g`ri quyidagi masalalar bo'yicha murojaat etishlari mumkin:

- tadbirkorlarni qiynab kelayotgan masala va muammolar;

- tadbirkorlik faoliyati bo'yicha takliflar;

- faoliyatingizni yo`lga qo`yishda to'siqlar mavjud bo'lsa.

📱Bundan tashqari, faoliyatingiz yuzasidan murojaat, muammo hamda takliflaringizni tezkor ko`rib chiqish va ijobiy hal etish maqsadida uzluksiz tarzda faoliyat yurituvchi “Yagona aloqa markazi” ham ishga tushirildi.


☎️ Call-Сenter: +998(62) 228-50-00
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қирғиз Республикаси Президенти Садир Жапаровнинг таклифига биноан 26-27 январь кунлари давлат ташрифи билан Қирғизистонда бўлади.

По приглашению Президента Кыргызской Республики Садыра Жапарова Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 26-27 января посетит Кыргызстан с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2010-yilgacha berilgan haydovchilik guvohnomalari 31-martdan haqiqiyligini yoʻqotadi

Hukumatning 2022-yil 12-apreldagi [178-son] qaroriga asosan eski namunadagi barcha haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha belgilangan:

— 2010-yilgacha boʻlgan davrda berilganlari — 2023-yil 31-martgacha;

— 2010-2012-yillarda berilganlari — 2023-yil 30-iyungacha;

— 2013-2015-yillarda berilganlari — 2023-yil 30-sentyabrgacha;

— 2015-yildan keyin berilganlari — 2023-yil 31-dekabrgacha.

❗️Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb topiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshlig'i Babayev Rahmatillo Farxodovich ishtirokida brifing.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati