Ayni kunlarda ob-havoning keskin sovib ketishi natijasida avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida navbatlar vujudga kelayotganini kuzatishimiz mumkin. Buning natijasida jamoat transportlarining narx- navolarini sun’iy ravishda oshirish holatlari vujudga kelishi mumkin.
Ushbu holatlarni oldini olish maqsadida Xorazm viloyati transport boshqarmasining Avtomobil tashuvlarini nazorat qilish bo‘limi tomonidan jamoat transportlarida narx-navoni sun’iy tarzda oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida viloyatimizning barcha hududlaridagi haydovchilarga targ’ibot ishlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, jamoat transportlarida foydalanganda narx-navolarni sun’iy oshirish holatlariga duch kelsangiz Xorazm viloyati transport boshqarmasining +99862 229-3037 ishonch raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun — Oʼzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun
Madhiya — milliy gʼururimiz, istiqlolimiz va istiqbolimiz timsoli. Mustaqillik va birdamligimiz ramzi. Uni tinglaganda ham, kuylaganda ham qalblarimizda Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʼulari yanada joʼsh uradi, shu yurtning farzandi ekanimizdan iftixor tuyamiz.
Oʼzbekistonning har tongi yurtimizning kuch-qudrati, xalqimizning aql-zakovati, ajdodlarimizning shon-shuhrati va avlodlarimizning yorugʼ kelajagini sharaflovchi ana shu tarona bilan boshlanadi.
Mana, bugun yana bir osuda tongni qarshi oldik. Bu xalqimizning mangu qoʼshigʼi — madhiyamiz yaralgan kun. U yana bir karra bizni Vatanimizdan gʼururlanishga, uni sevishga, mustaqilligimizni yanada mustahkamlashga chorladi.

Xorazm viloyatida harakatlanayotgan jamoat transportlarning har bir yo’lovchi uchun belgilangan yo’l kira tariflari miqdori yuqorida ko'rsatilgan jadvalda taqdim qilinadi.
Viloyatdagi shahar atrofi (tumanlararo va tuman ichki) yo‘nalishlarida har bir yo’lovchi 1km uchun belgilangan tarif avtobuslarda 130 so’m, yo’nalishli taksilarda (Mirkoavtobus va Damaslar) 200 so’mni tashkil etadi.
Hurmatli fuqarolar, avtomobil tashuvlaridan foydalanganda narx-navolarni sun’iy oshirish holatlariga duch kelsangiz Xorazm viloyati transport boshqarmasining +99862 229-3037 ishonch raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-maydagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5108-son va 2022-yil 7-iyuldagi “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida”gi PQ-311-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan yo‘nalishsiz taksi transportlarida narx-navoni sun’iy tarzda oshishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan Xorazm viloyatida yo‘lovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi barcha tadbirkorlik subyektlari (agregatorlar) rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilish davomida agregatorlik qilayotgan korxona rahbarlari va mas’ul xodimlariga yo‘nalishsiz taksi transportlarida narx-navoni sun’iy tarzda oshirilishini oldini olish bo‘yicha bir qator ogohlantirishlar va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yig‘ilish qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ham javob oldilar.
Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
Mazkur yig‘ilish davomida agregatorlik qilayotgan korxona rahbarlari va mas’ul xodimlariga yo‘nalishsiz taksi transportlarida narx-navoni sun’iy tarzda oshirilishini oldini olish bo‘yicha bir qator ogohlantirishlar va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yig‘ilish qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ham javob oldilar.
Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
#Rasmiy_munasabat
«XORAZMBUGUN/24» telegram kanali orqali «Urganch shahrida avtobus bekatlariga toʼxtamaydigan avtobus haydovchilari paydo boʼlmoqda ekan» nomli murojaat yoʼllangan edi.
Ushbu murojaat yuzasidan Xorazm viloyati transport boshqarmasining Аvtomobil tashuvlarini nazorat qilish boʼlimi inspektorlari tomonidan Urganch shahrining ichki yoʼnalishlarida harakatlanuvchi avtobus haydovchilari ishtirokida tushuntirish ishlari olib borildi.
Tushuntirish ishlari davomida haydovchilarga asosan jamoat transportlarida yoʼlovchilarni chiqib-tushish qoidalariga toʼliq rioya etishini taʼminlash, belgilangan toʼxtash joylari (bekatlar)dan boshqa joylarda toʼxtash mumkin emasligi va yoʼl harakati qoidalariga toʼliq rioya etgan xolda harakatlanishlari zarurligi tushuntirildi.
Shu oʼrinda fuqarolarimizdan jamoat transportlaridan foydalanganda faqat chiqib-tushish qoidalariga toʼliq amal qilgan holda foydalanishlariningizni soʼraymiz.

Forwarded from “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ
"Toshkent — Urganch — Toshkent" yo`nalishida qo`shimcha qatnovlar yo`lga qo`yildi
"Yangi yil bayrami" munosabati bilan yo`lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida 2022-yilning 18-20-23-25-27-30-dekabr va 2023-yilning 3-6-8-10-13-15-yanvar kunlari "Toshkent-Urganch-Toshkent" yo`nalishida qo`shimcha 12 ta qatnovlar yo`lga qo`yiladi va quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
156-sonli "Toshkent — Urganch" yo`nalishi:
Toshkent 00:05 — Urganch 14:23
155-sonli "Urganch — Toshkent" yo`nalishi:
Urganch 17:35 — Toshkent 06:54
IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: chipta.railway.uz
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

Bugun Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshlig’i R.Babayev boshqarma ishonch telefoni orqali kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan yo’lovchi tashish faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona rahbarlari va haydovchilari ishtirokida yig’ilish o’tkazdi.
Yig’ilishda asosan bugungi kunda aholimiz tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarning ko’pchiligi jamoat transportlaridan foydalanishda haydovchilar tomonidan asossiz tarzda narx-navolarni sun’iy oshirgan holatlari muhokama etildi.
Muhokama davomida avtomobillarga gaz quyish shahobchalaridagi navbatlar jamoat transportlarining narx-navolarini sun’iy ravishda oshirishga asos bo’la olmasligi va shahar, shahar atrofi hamda shaharlararo viloyat ichki yo’nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va o’tkazish masalalari bo’yicha viloyat komissiyasi tomonidan belgilanishi ta’kidlandi.
Yig’ilish so’ngida yo’lovchi tashish faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona rahbarlariga jamoat transportlariga belgilab berilgan narxlarda faoliyat olib borilishini ta’minlash zarurligi bo’yicha qat’iy ogohlantirish berildi.