Xorazm viloyati Transport boshqarmasi rasmiy kanali
465 subscribers
6.59K photos
652 videos
1.9K links
Telegram:https: //t.iss.one/xorazmtransport_uz

Facebook: https://fb.com/xorazmtrans

You tube: https://youtube.com/channel/UCbzeNa6hpJtQ6jbeXMIgblA

Murojaat uchun ishonch telefon raqam: (62) 229 3037
Download Telegram
Prezident transport va kommunal sohalardagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Mamlakatimiz aeroportlarini 2035 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi hamda ushbu strategiyani 2026 yilgacha amalga oshirish dasturi muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari aeroport xodimlarining dunyoqarashi va malakasini oshirish, yoʼlovchilarga xizmat koʼrsatish vaqtini qisqartirish zarurligini taʼkidladi.

Issiqlik ishlab chiqarish va undan foydalanish tizimini raqamlashtirish, sohada davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish boʼyicha koʼrsatmalar berildi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Dastlab beshta yo‘nalishni ishga tushirish rejalashtirilgan, chipta narxi 60 000 so‘mdan boshlanadi.

12 aprel kuni “Toshkent” avtovokzalidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan xalqaro avtobus qatnovlari ro‘yxati

12:00 | Toshkent – Chimkent chipta narxi 60 000 so‘m
16:00 | Toshkent – Olma-Ota chipta narxi 200 000 so‘m
17:00 | Toshkent – Olma-Ota chipta narxi 200 000 so‘m
18:00 | Toshkent – Nur-Sulton chipta narxi 350 000 so‘m
18:00 | Toshkent – Olma-Ota chipta narxi 200 000 so‘m
18:00 | Toshkent – Xo‘jand chipta narxi 100 000 so‘m
19:00 | Toshkent – Turkiston chipta narxi 100 000 so‘m
19:00 | Toshkent – Qizilo‘rda chipta narxi 200 000 so‘m
19:30 | Toshkent – Olma-Ota chipta narxi 200 000 so‘m

☎️ Ma’lumot uchun telefon: (71) 207-87-00

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yangi Yoʻl harakati qoidalari tasdiqlandi

Hukumat qarori (172-son, 12.04.2022-y.) bilan Yoʻl harakati qoidalari tasdiqlandi

Qarorga koʻra, aholi punktlarida transportlarning tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va bogʻchalar atrofidagi yoʻllarda 300 metrgacha masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Bunda Prezidentning tegishli qarori bilan tashkil etilgan Yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi respublika komissiyasi qarori asosida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi yo‘l harakati qatnovi yuqori bo‘lgan va aholi gavjum hududlarda transport harakatlanishining yuqori tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilanishi mumkin.

☑️ Yengil avtomobillarda yuk tashishga ularning tom qismiga oʻrnatilgan yukxonadagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmagan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.

❗️Yuk avtomobillari, Yoʻl harakati qoidalarida belgilangan ayrim istisnolardan tashqari barcha holatlarda, yoʻlning faqat oʻng qatnov qismidan harakatlanishi shart.

🚫Transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki oʻtib toʻxtash taqiqlanadi.

🚴‍♂️Sutkaning qorongʻi vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda velosiped yoʻlkasi boʻlmagan holda yoʻlning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar nur qaytargichli kamzulda yoki nur kaytaruvchi elementlar boʻlgan ustki kiyimda boʻlishi shart.

Bunda ushbu nur qaytaruvchi elementlar boshqa haydovchilarga ko‘rinadigan bo‘lishi kerak.

📌 Shuningdek, aholi hamda haydovchilar oʻrtasida 7 yoshgacha bolalarni maxsus bolalar oʻrindigʻida, 7 yoshdan 12 yoshgacha bolalarni maxsus ushlab turuvchi moslamali xavfsizlik kamarini taqqan holda tashish, transportning orqa oʻrindigʻidagi yoʻlovchilar ham xavfsizlik kamarini taqib olishlari boʻyicha manzilli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

🗓 Yangi tahrirdagi Yoʻl harakati qoidalari 2022-yil 1-maydan amalga kiritiladi.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

YPX xodimi hujjatlarni tekshirishda aniqlangan barcha huquqbuzarlik boʻyicha chora koʻradi

Hukumat qarori (173-son, 12.04.2022-y.) bilan Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

❗️Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, endilikda YPX xodimi transportni hujjatlarni tekshirish uchun toʻxtatganda, tekshirish jarayonida aniqlangan barcha huquqbuzarliklar boʻyicha chora koʻradi.

Ilgari faqat hujjatlarni tekshirish jarayonida aniqlangan qoidalar buzilishi bo‘yicha chora ko‘rilgan.

Haydovchi YPX xodimining dislokatsiyasi koʻchirmasi bilan oʻsha joyning oʻzida tanishishi mumkinligiga oid norma chiqarib tashlandi.

➡️ Bunda dislokatsiya bilan tanishish uchun saf boʻlimiga murojaat etish orqali yozma maʼlumot olishni talab qilish mumkin.

🔢 Shuningdek, nizomga haydovchilarning alkogolli ichimliklar taʼsiridan mast holatda ekanligini aniqlash tartibi kiritildi.

☑️ Mastlik holati alkotester yordamida hodisa joyida aniqlanishi mumkin. Tekshiruv kamida 2 ta xolis ishtirokida amalga oshiriladi (kuzatuv kamerasidan (body camera) foydalanilgan hollar mustasno).

📋Tekshiruvda etanol bugʻ 0,135 milligramm va undan koʻp boʻlganida haydovchiga nisbatan bayonnoma rasmiylashtiriladi.

📌Transportlarning tusi oʻzgartirilgan (tonirovka) oynalari meʼyorlariga javob berishiga aniqlik kiritish uchun taumetr moslamasidan foydalaniladi.
Yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari narxlari bir oyda o‘rtacha 0,7 % ga oshgan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning mart oyida yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari narxlari fevral oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 0,7 % ga qimmatlashgan.

Yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 2,2 % ga oshgani kuzatilgan.

Poyezdlarda yo‘lovchi tashish narxlari bir oyda o‘rtacha 0,2 % ga oshgan.

Shaharlararo avtobusda yo‘l haqi narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 2,1 % ga qimmatlashgan.

Bir oy davomida metro, tramvay va shaharlararo avtobusda yo‘l haqi narxlarida o‘zgarish kuzatilmagan.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon hayiti bayramiga chegirma

Uzbekistan Airways Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan 2022-yil 2-maydan 4-maygacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarning barcha tariflariga 50% chegirma e’lon qiladi.

Aviachiptalarni
www.uzairways.com rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning agentlaridan xarid qilish mumkin.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xiva shahar sudida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176/3 moddasiga asosan avtomobil transportida yo'lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanayotgan haydovchilarning ma’muriy ishlari ko‘rib chiqildi.

Sud davomida Xorazm viloyati Transport boshqarmasi inspektorlari tomonidan rasmiylashtirilgan 10 ta ma`muriy ish ko‘rib chiqilib, 10 nafar haydovchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasining 11-qismiga asosan 30 kunlik muddatda litsenziya varaqasi olganliklari uchun sud tomonidan ma`muriy ishlar tugatildi.

Shu o‘rinda barcha haydovchilardan O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartib-qoidalarga asosan qonuniy ravishda transport boshqarishlarini so‘rab qolamiz.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
Xorazm viloyatiga joriy yilning birinchi choragida 24 ta yangi mikroavtobuslar olib kelindi.

O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 — 2026 yillarda Xorazm viloyati hududlarini komplеks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida qarorining ijrosini ta`minlash maqsadida va viloyatda avtotransport sohasini rivojlantirish, aholini sifatli transport xizmati bilan ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning birinchi choragida Xiva shahrida 11 ta, Bog‘ot tumanida 5 ta, Shovot tumanida 6 ta va Qo‘shko‘pir tumanida 2 ta jami 24 ta yangi mikroavtobuslar tadbirkorlar tomonidan sotib olindi.

Ushbu mikroavtobuslar bugungi kunda “Urganch-Xiva”, “Urganch-Shovot” va “Xiva-Xazorasp” yo‘nalishli taksi yo‘nalishidagi eskirgan mikroavtobuslar o‘rniga qo‘yilib avtoparklari yangilandi.“Urganch-Shovot-Urganch” yo‘nalishli taksi yo‘nalishlaridagi “Damas” rusumli avtotransport vositalari o‘rniga mikroavtobusda qatnovlar yo‘lga qo‘yilib, aholiga zamonaviy transport vositalarida xizmatlar ko’rsatish yo’lga qo’yildi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
🇷🇺🇺🇿 Sochidan Urganchga ilk parvoz amalga oshirildi

✈️ Bugun soat 22:00 da Rossiya Federatsiyasi aviakompaniyasining "Сухо суперджет" havo kemasi Urganch Xalqaro aeroportiga kelib qo'ndi.

Aviakompaniyaning "Sochi–Urganch–Sochi" yo'nalishi bo'yicha ilk parvozi tantanali ravishda kutib olindi.

Ushbu yo'nalishda parvozlar haftada 2 marotaba juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmat
Xonqa tumanining ichki yo'llari ta'mirlanmoqda

Xorazm viloyati Xonqa tuman yoʼllardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan mahalliy ahamiyatidagi 4k 957 "Sabirzan- Olaja-Qulonqorabogʼ" avtomobil yoʼlini joriy ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmat
Uzbekistan Airways Сеулга парвозлар сонини оширмоқда

Uzbekistan Airways авиакомпанияси Тошкент – Сеул – Тошкент халқаро йўналиши бўйича авиақатновлар сони оширилаётгани ҳақида хабар берди.

Айни пайтда мазкур йўналишда авиақатновлар ҳафтанинг пайшанба ва якшанба кунлари амалга оширилмоқда.

2022 йилнинг 3 май санасидан бошлаб, ушбу йўналишда ҳафтанинг сешанба кунлари ҳам парвозлар бажарилади.

Муҳим: давлатга кириш учун йўловчилар ПЗР-тестининг салбий натижасини (амал қилиш муддати 48 соат) тақдим этишлари керак.

Авиачипталарни www.uzairways.com расмий сайтида, Uzbekistan Airways Sales филиалида ва авиакомпаниянинг агентларидан харид қилиш мумкин.

Маълумот учун телефон: +998 78 140 02 00

Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ахборот хизмати


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Маҳаллабай ишлаш тизими натижадорлигини ошириш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтди.
Унда ҳоким ёрдамчилари фаолиятининг дастлабки натижалари кўриб чиқилди. Бир қатор шаҳар ва туман ҳокимларининг ўринбосарлари, сектор бошлиқлари вазифасидан озод қилинди.
Вазияти қониқарсиз деб баҳоланган маҳаллалардаги ҳолатни яхшилаш бўйича кўрсатмалар берилди. Энди ҳар бир маҳалла ихтисослашуви бўйича қўллаб-қувватланиши таъкидланди.

Состоялось видеоселекторное совещание по вопросам повышения результативности системы работы в разрезе махаллей. На нем рассмотрены первые результаты деятельности помощников хокимов. Заместители хокимов, руководители секторов ряда городов и районов освобождены от должности.
Даны указания по улучшению положения дел в махаллях, ситуация в которых оценена как неудовлетворительная. Отмечено, что каждой махалле будет оказываться поддержка в соответствии с ее специализацией.

#Mirziyoyev #videoselektor #mahalla #bandlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter