Xorazm viloyati Transport boshqarmasi rasmiy kanali
481 subscribers
6.61K photos
653 videos
1.91K links
Telegram:https: //t.iss.one/xorazmtransport_uz

Facebook: https://fb.com/xorazmtrans

You tube: https://youtube.com/channel/UCbzeNa6hpJtQ6jbeXMIgblA

Murojaat uchun ishonch telefon raqam: (62) 229 3037
Download Telegram
Yangi yil bayramini nishonlash davrida fuqarolarning toʼliq dam olishi uchun qoʼshimcha shart-sharoitlar yaratish hamda dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida:
Xorazm viloyati Transport boshqamasida boshqarmaning masʼul xodimlar tarkibidan iborat kunu-tun navbatchilik tashkil etilgan.
Xorazm viloyatidagi barcha yoʼnalishlardagi yoʼlovchi tashish transportlari xizmat faoliyati nazoratga olingan. Shuningdek avtovokzal, temir yoʼl vokzali hamda aeroportda ham navbatchilik tashkil etilgan.
Bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʼrish va ularni oʼtkazish davomida ayniqsa, bayram kunlarida alohida eʼtibor qaratilishi, transport sohasi tashkilotlari, zaruratga koʼra belgilangan vazifalarni bajarishga oʼz vaqtida safarbar qilinishi taʼminlanmoqda.
Xorazm viloyati Transport boshqarmasi tomonidan shahar va shahar atrofi va shaharlararo yoʼnalishida qatnovlarni bajarayotgan jamoat transportlarini barqaror ishlashi, haydovchilar tomonidan suniy ravishda yoʼl kira haqqini oshirmaslik holatlari boʼyicha avtokorxonalar bilan tushuntirish-targʼibot ishlari yoʼlga qoʼyilgan.
Sizda yuqorida qayd etilgan yoʼlovchi tashish bilan bogʼliq tushunmovchiliklar yuzaga kelsa , Xorazm viloyati Transport boshqarmasida tashkil etilgan ma'sul navbatchi hodimlarga quyidagi

Telefonlar 71-202-05-01 ( 390), 62-229-30-36, 62-229-30-37
orqali murojaat etishingiz mumkin.
YO'LOVCHI TASHISH FAOLIYATI BILAN SHUG'ULLANUVCHI TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

2025-YIL 05-FEVRAL KUNI SOAT 17:00 DA XORАZM VILOYATI HUDUDIDАGI SHAHAR ICHI, SHАHАR АTROFI VA SHAHARLARARO-VILOYAT ICHI YO'NALISHLARI BIRIKTIRISH BOʼYICHА ELEKTRON TАRZDА OCHIQ TENDER OʼTKАZILАDI.
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Amal_qiling

🚌 Qonunchilikka ko'ra, yo'lovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi BHMning o'ndan bir qismi (37 ming 500 so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Jamoat transporti faoliyatini takomillashtirish yo‘lida

Xorazm viloyatida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida Transport vaziri o‘rinbosari I.Abdugafarov viloyatdagi qator yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Korxona rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-son qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan, yo‘lovchi tashishni brutto-shartnoma asosida moliyalashtirishni joriy etish yuzasidan dolzarb masalalar tashuvchilar ishtirokida muhokama etildi.

Batafsil
Президент Шавкат Мирзиёев транспорт ва логистика тизимини янада ривожлантириш чора-тадбирлари бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по мерам дальнейшего развития транспортно-логистической системы.

#Mirziyoyev #taqdimot #transport #logistika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X