Xorazm viloyati Transport boshqarmasi rasmiy kanali
465 subscribers
6.59K photos
652 videos
1.9K links
Telegram:https: //t.iss.one/xorazmtransport_uz

Facebook: https://fb.com/xorazmtrans

You tube: https://youtube.com/channel/UCbzeNa6hpJtQ6jbeXMIgblA

Murojaat uchun ishonch telefon raqam: (62) 229 3037
Download Telegram
Koreya Respublikasi mutaxassislari bilan hamkorlikda “Urganch shahar transport tizimini takomillashtirish” mavzusida  taqdimot bo‘lib o‘tdi

Universitetimiz hamda Urganch shahar hokimiyati o‘rtasida imzolangan xo‘jalik shartnomasiga muvofiq Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti tomonidan shahar transport tizimini takomillashtirish loyihasi amalga oshirilmoqda.

“Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi tadqiqotchisi D.Vohidov universitetimizga tashrif buyurgan Koreya delegatsiyasi vakillari uchun mazkur loyihaning bugungi kunga qadar amalga oshirilgan bosqichlaridan biri – tahlil jarayoni bo‘yicha  taqdimot o‘tkazdi. 

Taqdimotda Urganch shahrining transport tizimini takomillashtirish, transport modelini tashkil etish, shahardagi chorrahalar, ko‘chalar, chiziqli obyektlarning dinamik transport modeli loyihasi, shaharda o‘tkaziladigan yo‘l sinovlari bosqichlari, jamoat transporti intensivligini aniqlash bo‘yicha takliflar xususida batafsil ma’lumot berildi. 

Uchrashuvda Koreya xalqaro pudratchilar uyushmasi Xalqaro taraqqiyot hamkorlik markazining katta maslahatchisi S.Yoon, Markaz rahbari W.Kim va tadqiqotchisi S.Chung, Koreya transport instituti Global transport infratuzilmasi bo‘limi boshlig‘i H.Lee, “Yooshin” muhandislik korporatsiyasi Transportni rejalashtirish departamenti ijrochi direktori B.Choi hamda bo‘lim menejeri M.Jeong, muhandislik bo‘yicha maslahatchilari J.Sim hamda D.Myoung ishtirok etdi.
#TUGʻILGAN_KUN!

Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshligʻi o'rinbosari Kutimov Ravshan Atanazarovich 1973-yil 21- mayda Xorazm viloyatida tugʻilgan. R.Kutimov uzoq yillar davomida Xorazm viloyati transport boshqarmasida samarali xizmat qilib kelmoqda.

Hurmatli, Ravshan Atanazarovich Sizni, qutlugʻ 50 yoshingiz bilan jamoamiz nomidan muborakbod etamiz. Yurtimiz rivoji yoʻlida olib borayotgan ishlarida doimo omad yor boʻlishini va uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik, ishlarida zafarlar tilab qolamiz.
𝟮𝟮-𝗺𝗮𝘆 𝗱𝘂𝘀𝗵𝗮𝗻𝗯𝗮 𝗸𝘂𝗻𝗶 𝗵𝗮𝗿𝗮𝗸𝗮𝘁𝗹𝗮𝗻𝗮𝗱𝗶𝗴𝗮𝗻 𝘆𝗼`𝗹𝗼𝘃𝗰𝗵𝗶 𝗽𝗼𝘆𝗲𝘇𝗱𝗹𝗮𝗿 𝗾𝗮𝘁𝗻𝗼𝘃 𝗷𝗮𝗱𝘃𝗮𝗹𝗶 𝘃𝗮 𝗷𝗼`𝗻𝗮𝘀𝗵 𝘃𝗮𝗾𝘁𝗶

𝗜𝘇𝗼𝗵: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: chipta.railway.uz
Silk Avia aviakompaniyasi yangi yo’nalishlar bo’yicha parvozlarni e’lon qildi

Joriy yilning 1-iyun kunidan boshlab "Silk Avia" mintaqaviy avaikompaniyasi Toshkentdan Farg’onaga, Farg’onadan Urganch, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Buxorodan Urganch shaharlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam qatnovlarni amalga oshira boshlaydi. Yo’nalishlar jadvali, chipta narxlari bilan www.silk-avia.com saytida tanishish mumkin.

Silk Avia объявила новые маршруты авиаперелетов по Узбекистану

Региональная авиакомпания «Silk Avia» с 1 июня 2023 года запускает новые направления из Ташкента в Фергану, из Ферганы в Ургенч, Бухару и Навои, из Самарканда и Бухары в Ургенч. Расписанием рейсов и стоимостью авиабилетов можно ознакомиться на сайте www.silk-avia.com.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Тошкентга келтирилган янги автобуслардан бирига чиқиб, йўловчилар билан юриб кўрди.

Президент вместе с пассажирами проехался на одном из новых автобусов, привезенных в Ташкент.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “5 yoʼnalishli avtobus” nomli murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

Ushbu murojaat yuzasidan joriy yilning 29 may kuni Xorazm viloyati Transport boshqarmasi va Xorazm viloyati IIB YHXB masʼul xodimlari tomonidan SHIY-5 “Urganch temir yo’l vokzali – Urganch buyum bozori” avtobus yoʼnalishi haydovchilari bilan uchrashuv oʼtkazildi.

Uchrashuvda haydovchilarga harakat davomida belgilangan tezlikka rioya qilgan holda harakatlanishi, yo’lovchilarga xushmuomila bo’lishlari, odob-axloq qoidalariga rioya etishlari va yo’l harakati qoidalariga to’liq amal qilgan holda o’z faoliyatlarini olib borishlari lozimligi to’liq tushuntirildi.
Yo’lovchilar diqqatiga!

Hurmatli yo’lovchilar, Xorazm trolleybus boshqarmasi davlat korxonasiga qarashli yuqori kuchlanishli elektr simlari oʼrnatilgan temirbeton ustunlarida taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi sababli joriy yilning 2-iyunidan 6-iyuniga qadar  trolleybuslar harakati vaqtincha to’xtatilishini ma’lum qilamiz.

Viloyatimiz aholisi trolleybuslar harakati vaqtincha to’xtatilishi sababli "Urganch- Xiva-Urganch" yo'nalshi bo'yicha vaqtincha avtobuslar harakati yo'lga qo'yilishini bildiramiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jamoat transportidan foydalanayotgan yo'lovchilar diqqatiga!
Xorazm viloyatiga joriy yilning iyun oyiga qadar 48 ta yangi mikroavtobuslar olib kelindi.

Xorazm viloyatida aholiga koʼrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yoʼlovchilarga qoʼshimcha qulayliklar yaratish, jamoat transporti tizimini takomillashtirish boʼyicha zarur choralar koʼrilmoqda.

Viloyatda yoʼlovchi tashish faoliyati bilan shugʼullanuvchi tadbirkorlik subʼektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yoʼlovchilarga qulay va xavfsiz xizmat koʼrsatishni tashkil etish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, "ASL JAVOHIRBEK" MCHJ tomonidan 6 ta “JAC SUNRAY” rusumli yangi mikroavtobuslar sotib olindi. Ushbu avtotransport orqali viloyatimiz aholisi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishi ko’zda tutilgan.

Ma’lumot uchun joriy yilning iyun oyiga qadar 48 ta yangi mikroavtobuslar olib kelingan.
Qurbon hayiti munosabati bilan mahalliy aviareyslarga chegirma e’lon qilindi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan Qurbon hayiti bayrami kunlari, ya’ni shu yilning 28 iyunidan 2 iyuligacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy reyslarning aviachiptalariga 50 foiz chegirma taqdim etiladi.
​​Hududlarda norentabel avtobus yo‘nalishlaridan ko‘rilgan zarar qoplab berilmoqda

2023-yilning yanvar–may oylari davomida tashuvchilarning hisob raqamlariga jami 5 mlrd 266,7 mln so‘m mablag‘ o‘tkazib berilgan.

Xususan, Namangan viloyatida 1 385,9 mln so‘m, Farg‘ona viloyatida 1 049,3 mln so‘m, Toshkent viloyatida 783,7 mln so‘m, Navoiy viloyatida 510,4 mln so‘m, Andijon viloyatida 404,6 mln so‘m, Xorazm viloyatida 362,3 mln so‘m, Samarqand viloyatida 339,8 mln so‘m, Jizzax viloyatida 195,6 mln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 138,3 mln so‘m, Surxondaryo viloyatida 82,2 mln so‘m, Buxoro viloyatida 14,6 mln so‘m mablag‘ qoplab berilgan.


В регионах возмещаются убытки, понесенные от нерентабельных автобусных маршрутов

C января по май 2023 года на расчетные счета перевозчиков перечислены средства на общую сумму 5 млрд 266,7 млн сум.

В частности, возмещено в Наманганской области 1 385,9 млн сум, Ферганской области 1 049,3 млн сум, Ташкентской области 783,7 млн сум, Навоийской области 510,4 млн сум, Андижанской области 404,6 млн сум, Хорезмской области 362,3 млн сум, Самаркандской области 339,8 млн сум, Джиззакской области 195,6 млн сум, Республике Каракалпакстан 138,3 млн сум, Сурхандарьинской области 82,2 млн сум, Бухарской области 14,6 млн сум.
Yo’lovchilar diqqatiga!

Hurmatli yo’lovchilar, "Urganch-Xiva-Urganch" yo'nalishidagi trolleybuslar harakati joriy yilning 14-iyundan boshlab o'z faoliyatini davom ettirishini ma'lum qilamiz.