Xorazm viloyati Transport boshqarmasi rasmiy kanali
465 subscribers
6.58K photos
652 videos
1.9K links
Telegram:https: //t.iss.one/xorazmtransport_uz

Facebook: https://fb.com/xorazmtrans

You tube: https://youtube.com/channel/UCbzeNa6hpJtQ6jbeXMIgblA

Murojaat uchun ishonch telefon raqam: (62) 229 3037
Download Telegram
Hurmatli yurtdoshlar, Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan chin dildan tabriklaymiz!

El-yurt tinchligi, aholi farovonligi, farzandlarimiz kamoli  yo'lida qilayotgan ishlaringiz doimo muvaffaqiyatli bo'lsin!

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Xorazm viloyati transport boshqarmasi jamoasi!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Jamoat transportlarining bir maromda ish olib borishlari bo’yicha profilaktik tadbirlar o’tkazilmoqda.

Yangi yil bayrami tantanalari nishonlanishi munosabati bilan, aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish va yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta`minlash va hududlardagi barcha jamoat transportlarining bir maromda ishlashini ta’minlash maqsadida, Xorazm viloyati transport boshqarmasining Avtomobil tashuvlarini nazorat qilish bo’limi inspektorlari tomonidan targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda.

Targ’ibot tadbirlari davomida, yo’lovchi tashish faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona rahbarlari va haydovchilar bilan uchrashuv o’tkazilib, jamoat transportlari bir maromda uzluksiz ish faoliyatlarini olib borishlari lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazm viloyatida 8 ta chorrahada yo‘l harakati qoidalarining buzilganligi kuzatuv kameralari orqali qayd etilmoqda
-------------------------------------
Хоразм вилоятида 8 та чорраҳада йўл ҳаракати қоидаларининг бузилганлиги кузатув камералари орқали қайд этилмоқда
Xorazm viloyatida yoʼlovchi tashish sifatini yanada oshirish maqsadida transport sohasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Viloyatdan ketuvchi yoʼlovchilar uchun yoʼlovchi poyezdlar, aviaqatnovlar va avtotransport vositalarida qoʼshimcha qatnovlar amalga oshirilishi yuzasidan Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan barcha zaruriy choralar koʼrilgan.

Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, belgilangan narx-navolarni sun'iy oshirish holatlarini bartaraf etish va yo‘lovchilarni uzog‘ini yaqin qilish va hududlardagi barcha jamoat transportlarining bir maromda ishlashini ta’minlash maqsadida, viloyatdagi tashuvchilar ishtirokida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Elektron chiptalarni sotib olish

Elektron tarzdagi chiptalarni sotib olishda quyidagilardan foydalanishingiz mumkin:

𝘂𝘇𝗿𝗮𝗶𝗹𝘄𝗮𝘆𝘁𝗶𝗰𝗸𝗲𝘁𝘀 ilovasi (Android va IOS)
𝗰𝗵𝗶𝗽𝘁𝗮.𝗿𝗮𝗶𝗹𝘄𝗮𝘆.𝘂𝘇 sayti, ushbu havola orqali

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun:
Aloqa markazi: 1005
Telegram bot: @jd_answer_bot
Telegram: @chiptarailwayuz

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
Forwarded from Edu.uz
Hurmatli professor-oʻqituvchilar, qadrli ota-onalar va talaba-oʻquvchilar!

Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga asosan 10-yanvardan boshlab, havo haroratining keskin pasayishi davrida aholi oʻrtasida, ayniqsa taʼlim tashkilotlarida mavsumiy gripp kasalligining keskin koʻpayishining oldini olish maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki taʼtil muddati 2023-yil 18-yanvarga qadar uzaytirildi.

Dars mashg‘ulotlari 18-yanvardan boshlanadi.

Bu davrda taʼlim tashkilotlari pedagog va boshqa xodimlarga amaldagi ish haqi toʻlovlari saqlanib qoladi.

Shuningdek, taʼtil kunlari talabalar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash boʻyicha onlayn seminarlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.

Talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2023-yilning 18-yanvariga qadar uzaytirildi.

Eng asosiysi, 9-yanvargacha xarid qilingan avia va temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.

Bundan tashqari, taʼtil uzaytirilishi munosabati bilan avia hamda temir yoʻllarda qoʻshimcha joy (reys)lar ajratiladi.

Ushbu davrda belgilangan dars mashgʻulotlari oʻquv yili davomida tigʻizlashtirib oʻqitiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Uzbekistan Airways talabalar uchun respublika bo’ylab amalga oshiriladigan ichki aviaqatnovlarga 50% chegirma muddatini 2023-yil 18-yanvarga qadar uzaytirdi. 2023-yil 10-yanvarga qadar chegirma asosida xarid qilingan aviachiptalarni 18-yanvargacha rejalashtirilgan aviaqatnovlarga bepul qayta bron qilishga ruxsat etiladi.

Uzbekistan Airways продлевает период действия 50% скидки для студентов на тарифы по внутриреспубликанским направлениям до 18 января 2023 года. По авиабилетам, приобретенным на основании скидки на рейсы до 10.01.2023 года, разрешается бесплатное переоформление на рейсы, запланированные до 18 января 2023 года.

#uzbekistanairways
#Live

Аyni damda Xorazm teleradiokompaniyasi tomonidan “Ochiq muloqot” dasturi orqali transport va yo'l xo'jaligida amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida ochiq muloqot boʼlib oʼtmoqda.

Oʼzingizni qiziqtirgan savollar bilan (62 223-92-18) raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Efir vaqti 18:10 dan 19:00 gacha

Xorazm viloyati Transport boshqarmasi Matbuot xizmati
"Toshkent — Urganch — Toshkent" yo`nalishida qo`shimcha qatnovlar yo`lga qo`yildi

Qishki ta’til kunlari uzaytirilishi munosabati bilan yo`lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida "Toshkent-Urganch-Toshkent" yo`nalishida qo`shimcha qatnovlar yo`lga qo`yildi va quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

2023-yilning 17 va 20-yanvar kunlari 156-sonli "Toshkent — Ur
ganch" yo`nalishi:

Toshkent 00:05 —  Urgan
ch 14:23

2023-yilning 17 va 20-yanvar kunlari 155-sonli "Urganch — Toshkent" yo`nalishi:

Urganch 17:35 — Toshke
nt 06:54

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: chipta.railway.uz
Xorazm viloyatida harakatlanayotgan jamoat transportlarning har bir yo’lovchi uchun belgilangan yo’l kira tariflari miqdori yuqorida ko'rsatilgan jadvalda taqdim qilinadi.

Viloyatdagi shahar atrofi (tumanlararo va tuman ichki) yo‘nalishlarida har bir yo’lovchi 1km uchun belgilangan tarif avtobuslarda 130 so’m, yo’nalishli taksilarda (Mirkoavtobus va Damaslar) 200 so’mni tashkil etadi.

Hurmatli fuqarolar, avtomobil tashuvlaridan foydalanganda narx-navolarni sun’iy oshirish holatlariga duch kelsangiz Xorazm viloyati transport boshqarmasining +99862 229-3037 ishonch raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. 

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
✈️ Urganch aeroportida havo kemalarini qabul qilish/jo‘natish bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi. Tuman tarqalmoqda. Ko'rish masofasi 3400 m.

✈️ Toshkent – Urganch yo‘nalishi bo‘yicha HY51 reysi Toshkent vaqti bilan soat 12:30 da jo‘nab ketadi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati