Xorazm viloyati Transport boshqarmasi rasmiy kanali
482 subscribers
6.61K photos
653 videos
1.91K links
Telegram:https: //t.iss.one/xorazmtransport_uz

Facebook: https://fb.com/xorazmtrans

You tube: https://youtube.com/channel/UCbzeNa6hpJtQ6jbeXMIgblA

Murojaat uchun ishonch telefon raqam: (62) 229 3037
Download Telegram
#Мatbuot_anjumani

Joriy yilning 5-iyul kuni soat 11:00 da Xorazm viloyati Transport boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va blogerlar uchun "Viloyatda yoʼlovchi tashish transporti tizimini takomillashtirish va uning infratuzilmasini rivojlantirish" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tadi.

Matbuot anjumaniga barcha hohlovchi jurnalist va blogerlarni taklif etamiz.

Manzil: Urganch shahar Gurlan koʼchasi 2 А uy
Murojaat uchun tel:
+998974586667

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
Forwarded from Huquqiy axborot
#Адлия_хабари

⚡️ 9 июль Қурбон ҳайити байрами этиб белгиланди

“Қурбон ҳайитини нишонлаш тўғрисида”ги Президент қарори қабул қилинди.

Қарорга кўра, 2022 йилда Қурбон ҳайитининг биринчи куни 9 июль – шанбага тўғри келиши муносабати билан Қурбон ҳайити байрами сифатида нишонланади.

❗️Президент фармонига мувофиқ, 2022 йилда қўшимча дам олиш кунлари белгиланган.

🔰 Шунга кўра, Қурбон ҳайити арафасида иш ҳафтасининг туридан қатъи назар 4 кун дам олинади. Бунда:

● 9 июль (шанба) – Қурбон ҳайити байрами;
● 10 июль (якшанба) – дам олиш куни;
● 11 июль (душанба) – барча ходимлар учун қўшимча дам олиш куни;
● 12 июль (сешанба) – 6 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиганлар учун қўшимча дам олиш куни, 5 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиганлар учун 16 июль (шанба) дан кўчирилган дам олиш куни.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Нукусда Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгеси депутатлари ва фаоллари билан ўтказган учрашувидан лавҳа

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев 2 июль куни Нукус шаҳрига ташриф буюриб, Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгеси депутатлари ва жамоатчилик вакиллари билан учрашди, Қорақалпоғистон халқига мурожаат қилди.

Президент Шавкат Мирзиёев 2 июля посетил город Нукус и провел встречу с депутатами Жокаргы Кенеса и представителями общественности Республики Каракалпакстан, обратился к народу Каракалпакстана.

#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #murojaat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Қорақалпоғистон Республикаси ҳудудида фавқулодда ҳолат жорий этиш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О введении чрезвычайного положения на территории Республики Каракалпакстан"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Тошкент – Нукус – Тошкент йўналишидаги авиақатновлар жадвали ўзгарди

“Uzbekistan Airways” АЖ Ахборот хизмати 2022 йил 4 июлдан 2 августга қадар Тошкент – Нукус –Тошкент йўналиши бўйича HY017/018 авиақатновлари янги жадвал бўйича амалга оширилишини маълум қилди (маҳаллий вақт):

Тошкентдан жўнаб кетиш: 16:20 (20:00 ўрнига)
Нукусга етиб бориш: 18:00 (21:40 ўрнига)
Нукусдан жўнаб кетиш: 18:50 (22:30 ўрнига)
Тошкентга етиб бориш: 20:10 (23:50 ўрнига)


Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ахборот хизмати


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Xorazm viloyati transport boshqarmasida “Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi qonun loyihasiga bagʼishlangan yig'ilish boʼlib oʼtdi.

Yigʼilishda Urganch xalqaro aeroporti, Qo'ng'irot mintaqaviy temir yo'l uzeli UK Xorazm hududiy boshqarmasi, Xorazm viloyati avtomobil yo'llari hududiy boshqarmasi va Urganch avtomobil va yo'llar texnikumi xodimlari “ZOOM” dasturi orqali ishtirok etishdi.

Yig'ilishda bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan so’z yuritilib barcha oʼz takliflarini bildirishdi.Bugungi kungacha Konstitutsiyaga qoʼshimchalar kiritishga qaratilgan jami 65 mingtadan ortiq taklif kelib tushgan.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Konstitutsiyamizning 55 dan ortiq moddalariga 200 dan ortiq tuzatishlarni nazarda tutmoqda. Joriy yilning 25 iyunidan boshlangan umumxalq muhokamasi natijasi umumlashtirilib, qonun loyihasi 15 iyulga qadar davom etadi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
​​Azimut aviakompaniyasi Mineralniye Vodi va Urganchni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi

Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasining samolyoti 6 iyul kuni soat 03.04 da bortida 92 yo‘lovchi bilan Urganch xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Mineralniye Vodi – Urganch – Mineralniye Vodi yo‘nalishi bo‘yicha ilk yo‘lovchi parvozini amalga oshirgan havo kemasi suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.

“Urganch” aeroporti terminalida “Azimut” aviakompaniyasi vakillari an’anaga ko‘ra ushbu reysga birinchi bo‘lib chipta sotib olgan yo‘lovchini tabriklashdi. Baxtli yo‘lovchi Nargiza Muratova bo‘lib, unga aviakompaniyaning har ikki yo‘nalishdagi yo‘nalishlari bo‘yicha ikki kishilik aviachiptalarning joriy yil oxirigacha amal qiladigan sertifikati tantanali ravishda topshirildi.

Mineralniye Vodi – Urganch – Mineralniye Vodi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar muntazam ravishda SU-95 samolyotlarida haftada bir marta chorshanba kunlari amalga oshiriladi. Shuningdek, yaqin kelajakda aviakompaniya Mineralnye Vodidan Toshkentga parvozlarni yo'lga qo'yishni rejalashtirmoqda.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
​​Azimut aviakompaniyasi tomonidan "Mineralniye Vodi-Urganch" yo'nalishi bo'yicha ilk parvoz amalga oshirildi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati