Xorazm viloyati Transport boshqarmasi rasmiy kanali
479 subscribers
6.6K photos
653 videos
1.91K links
Telegram:https: //t.iss.one/xorazmtransport_uz

Facebook: https://fb.com/xorazmtrans

You tube: https://youtube.com/channel/UCbzeNa6hpJtQ6jbeXMIgblA

Murojaat uchun ishonch telefon raqam: (62) 229 3037
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚄 Олмаота – Тошкент – Олмаота йўналишида “Тулпор Талго” поездининг қатнови қайта тикланди

“Қазақстан темiр жолы” MK”АЖ билан келишилган ҳолда темир йўлларда йўловчи ташишлар қайта йўлга қўйилмоқда.

2022 йил 16 майдан бошлаб, “Олмаота-2 – Тошкент – Олмаота-2” йўналишида 1/2-сонли “Тулпор-Талго” поездининг қатнови қайта тикланди.

2 ярим йиллик танаффусдан сўнг илк бор Ўзбекистонга қараб йўл олган ушбу поезд бугун соат 11:05 да Тошкент Марказий темир йўл вокзалига кириб келди.

Таркиби 24 та йўловчи вагондан иборат бўлган поезд бир томонга ҳаракатланганда 425 нафар йўловчини ўз манзилига етказиб қўйиш имкониятга эга.

📆 Ҳаракат жадвалига кўра ушбу поезд ҳафтанинг душанба, чоршанба ва шанба кунлари “Олмаота-2 темир йўл вокзалидан соат 18:32 да, шунингдек, ҳафтанинг сешанба, пайшанба ҳамда якшанба кунлари соат 12:39 да – Тошкент марказий темир йўл вокзалидан ҳаракатини амалга оширади.

Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ахборот хизмати

mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Товар-хомашё биржасида савдоларни ва унда маҳаллий корхоналар иштирокини кенгайтириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Давлатимиз раҳбари маҳаллий маҳсулотларни биржага қўйишда туманларни фаоллаштириш зарурлигини таъкидлади. Бу борадаги тартиб соддалаштириладиган бўлди.
Биржада экспорт-импорт маҳсулотлари савдоси ҳажмини ошириш масаласига ҳам алоҳида эътибор қаратилди.

Состоялось видеоселекторное совещание по расширению торгов на товарно-сырьевой бирже и участия в них местных предприятий.
Глава государства поставил задачу активизировать участие районов в выставлении местных товаров на биржу. Определены меры по упрощению этой процедуры.
Особое внимание уделено увеличению объемов экспортно-импортных торгов на бирже.

#Mirziyoyev #videoselektor #birja #savdo

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Bosh prokuratura
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Транспорт прокурори Маруфхон Ходжаев бошчилигида Транспорт вазирининг ўринбосари Жасурбек Чориев, “Ўзбекистон темир йўллари” АЖ раисининг ўринбосари Хайитбай Омонов, “Uzbekistan Airports” АЖ бошқарув раисининг ўринбосари Боходир Мирусманов ва Автомобиль йўллари қўмитаси раисининг ўринбосари Жамшид Турсуновлар иштирокида Урганч темир йўл вокзалида транспорт соҳасида фаолият юритиб келаётган ишчилар билан сайёр қабул ўтказилди.

Сайёр қабул жараёнида, 82 нафар ишчи ходимлар иштирок этиб, 28 нафаридан турли масалалар бўйича мурожаатлар келиб тушди.

‌Мурожаатларнинг 12 таси ижтимоий, 8 таси йўловчи транспорт , 4 таси ҳаво йўллари транспорти, 16 таси темир йўл ва автомобиль йўллари ва бошқа масалаларга тааллуқли бўлиб, уларнинг 12 таси жойида қаноатлантирилиб, 10 тасига асослантирилган ҳуқуқий тушунтириш берилди ва 6 тасининг ижроси назоратга олинди.

👉@uzbprokuratura
Oʼzbekiston Respublikasi Transport prokurori Marufxon Xodjaev boshchiligida Transport vazirining oʼrinbosari Jasurbek Choriyev va “Uzbekistan Airports” АJ boshqaruv direktori oʼrinbosari Boxodir Mirusmanovlar ishtirokida Urganch xalqaro aeroportiga borib, yoʼlovchilar uchun yaratilgan qulayliklar, ularning xavfsizligi hamda obodonlashtirish ishlari oʼrganildi.

Oʼrganish jarayonida aeroport hududidagi ariqlarning ustki qoplamalari singanligi, guldonlarning eskirib ketganligi hamda obodonlashtirish ishlari qoniqarli holatda emasligi va boshqa kamchiliklar aniqlandi.

Oʼrganish natijasi tanqidiy muhokama qilinib, bartaraf qilish choralari koʼrildi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati
#Rasmiy_munosabat

"Xorazmliklar" telegram kanali orqali tarqalgan “ЙТҲ юзага келиши мумкин бўлган кескин вазият. Автобусчилар қачон ўпкасини босиб олади?” nomli murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

Joriy yilning 14-may kuni “Bunyod yo’lovchi tashish” MCHJda haydovchi lavozimida ishlovchi Qodirberganov Xursand boshqaruvida bo’lgan 90 336 TAA “ISUZU” rusumli transport vositasi qo’pol ravishda yo’l harakati qoidalarini buzganligi yuzasida Xorazm viloyati transport boshqarmasi xodimlari tomonidan yo’lovchilar xavfsizligini ta’minlagan holda hamda yo’l harakati qoidalariga amal qilgan holda harakatlanishi lozimligi bo'yicha tushuntirildi.

Bundan tashqari mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati yo’l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan “Bunyod yo’lovchi tashish” MCHJ haydovchi Qodirberganov Xursandga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy kodeksining 128/5-moddasiga asosan bazaviy xisoblash miqdorining o’n baravari miqdorida jarima jazosi qo’llanildi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
✈️​​Toshkent – Urganch – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha qatnov amalga oshiriladi.

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati faqat 2022-yil 21-may kuni Toshkent – Urganch – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha qatnov joriy etilishini ma’lum qiladi.

Qatnov quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
🛫Toshkentdan jo‘nab ketish: 19:40
🛬Urganchga yetib borish: 21:10
🛫Urganchdan jo‘nab ketish: 22:00
🛬Toshkentga yetib borish: 23:20

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan 3% chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati
⚡️RАSMАN: Prezidentning tegishli farmoniga binoan, 2022 yil 1 iyundan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 12 foizga oshiriladi.

2022 yil 1 iyundan boshlab:

mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdori - 920 ming soʼm miqdorida (hozir 822 ming soʼm);

bazaviy hisoblash miqdori - 300 ming soʼm miqdorida (hozir 270 ming soʼm) belgilandi.

https://t.iss.one/xorazmtransport_uz
Xorazm viloyati Transport boshqarmasi hamda viloyat IIB YHXB bilan hamkorlikda viloyat hududida faoliyat yurituvchi uyushma rahbarlari, masʼul xodimlari ishtirokida yigʼilish boʼlib oʼtdi. Yigʼilish kun tartibidan oʼrin olgan masalalar boʼyicha soʼz olganlar mamlakatimizda yoʼl harkatiga oid qabul qilinayotgan yangi Qonun va Farmonlarning qisqacha sharxi, yoʼnalishli taksilar, avtobuslar haydovchillarining malakasini oshirish, haydovchi hamda yoʼlovchilar madaniyatini oshirish borasida soʼz yuritdilar.

Shuningdek, yigʼilish davomida sodir boʼlayotgan yoʼl transport xodisalarining deyarli barchasi eʼtiborsilik, haydovchilarning yoʼl qoidalari va belgilarini yaxshi bilmasligi, haydovchilik madaniyatining shakllanmaganligi, yoʼnalishli taksi va avtobus haydovchilarining qoʼpol qoidabuzarliklari qattiq tanqid ostiga olindi.

Yigʼilish yakunida ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.

Bu kabi yigʼilishlarning oʼtkazilishi sodir boʼlishi mumkin boʼlgan mudxish avtohalokatlarning olidini olish bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Bunda tashqari, Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug'ullanuvchi haydovchilarga viloyatimizning barcha hududlarida huquqiy targ'ibot ishlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
Buxoro – Xiva – Buxoro poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Joriy yil 4-iyundan 050/049-сонли Buxoro – Xiva – Buxoro yo‘nalishidagi poyezdi Buxoro shahridan chorshanba, juma va yakshanba kunlari soat 12:14da yo‘lga chiqadi va Xiva shahriga 18:33da yetib keladi. Haftaning dushanba, payshanba hamda shanba kunlari soat 08:10 da “Xiva” temir yo‘l vokzalidan jo‘nab ketadi va soat 14:36 da “Buxoro” temir yo‘l vokzaliga yetib boradi.

IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
https://t.iss.one/xorazmtransport_uz