Xorazm viloyati Transport boshqarmasi rasmiy kanali
482 subscribers
6.6K photos
653 videos
1.91K links
Telegram:https: //t.iss.one/xorazmtransport_uz

Facebook: https://fb.com/xorazmtrans

You tube: https://youtube.com/channel/UCbzeNa6hpJtQ6jbeXMIgblA

Murojaat uchun ishonch telefon raqam: (62) 229 3037
Download Telegram
​​Talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma eʼlon qilindi

Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar eʼlon qilindi.

Barcha mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarining temir yoʻl hujjatining toʻliq qiymatidan 50% chegirma (SV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlaridan tashqari) 2024-yil 23-dekabrdan 2025-yil 10-yanvarga qadar amal qiladi.

Chiptalarni sotib olish uchun talabalar pasport bilan temir yoʻl kassalariga tashrif buyurishi yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishlari mumkin.

Объявлена 50-процентная скидка на железнодорожные билеты для студентов

Для студентов, обучающихся в высших образовательных учреждениях республики, объявлены скидки на местные поезда во время зимних каникул.

Скидка предоставляется в размере 50% от полной стоимости билета на все пассажирские поезда внутреннего сообщения (кроме вагонов класса СВ/VIP и высокоскоростного электропоезда «Afrosiyob») действует с 23 декабря 2024 года по 10 января 2025 года.

Для приобретения билетов студенты могут посетить железнодорожные кассы со своими документами удостоверяющие личности или воспользоваться сайтом eticket.railway.uz для покупки билетов в электронном виде.
"Toshkent — Urganch — Toshkent" yoʻnalishida qoʻshimcha qatnovlar yoʻlga qoʻyildi

Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida "Toshkent Urganch Toshkent" yoʻnalishida qoʻshimcha qatnovlari yoʻlga qoʻyildi va quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

2024-yilning 17, 19,21, 24, 26, 28-dekabr va 2025-yilning 7, 9, 11-yanvar kunlari 156-sonli "Toshkent — Urganch" yoʻnalishi:

Toshkent Markaziy  23:55 — Urganch 13:35

2024-yilning 17, 19,21, 24, 26, 28-dekabr va 2025-yilning 7, 9, 11-yanvar kunlari 155-sonli "Urganch — Toshkent" yoʻnalishi:

Urganch 18:00  — Toshkent Markaziy 9:47

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: eticket.railway.uz
🚦Yo'lovchilar diqqatiga!
🏫Urganch shahar jamoat transportida bir yo'lovchi qatnovi uchun cheklangan tariflar naqd pulda 2000 so'm, barcha plastik kartalari va "ATTO" transport kartalari orqali to'lov uchun esa 1600 so'm.
Yo'lovchilar "ATTO" transport kartalaridan foydalangan holda bir soat ichida ikkinchi va undan ortiq avtobusdan foydalansa yo'l haqiga imtiyozlar mavjud.
💳"ATTO" transport kartalarini UzPost pochta bo'limlarida sotib olinishi mumkin.
Urganch shahar avtobus yo‘nalishlarida kunlik, bir, uch va olti oylik, yillik cheklangan tarif rejalari joriy etilgan.
📱Ushbu xizmatlardan “ATTO” mobil ilovasi orqali foydalanish mumkinligini bildiramiz.
📎Ma'lumot uchun: Ushbu tarif faqat Urganch shahar yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi avtobuslarda amal qiladi.
Yangi yil bayramini nishonlash davrida fuqarolarning toʼliq dam olishi uchun qoʼshimcha shart-sharoitlar yaratish hamda dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida:
Xorazm viloyati Transport boshqamasida boshqarmaning masʼul xodimlar tarkibidan iborat kunu-tun navbatchilik tashkil etilgan.
Xorazm viloyatidagi barcha yoʼnalishlardagi yoʼlovchi tashish transportlari xizmat faoliyati nazoratga olingan. Shuningdek avtovokzal, temir yoʼl vokzali hamda aeroportda ham navbatchilik tashkil etilgan.
Bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʼrish va ularni oʼtkazish davomida ayniqsa, bayram kunlarida alohida eʼtibor qaratilishi, transport sohasi tashkilotlari, zaruratga koʼra belgilangan vazifalarni bajarishga oʼz vaqtida safarbar qilinishi taʼminlanmoqda.
Xorazm viloyati Transport boshqarmasi tomonidan shahar va shahar atrofi va shaharlararo yoʼnalishida qatnovlarni bajarayotgan jamoat transportlarini barqaror ishlashi, haydovchilar tomonidan suniy ravishda yoʼl kira haqqini oshirmaslik holatlari boʼyicha avtokorxonalar bilan tushuntirish-targʼibot ishlari yoʼlga qoʼyilgan.
Sizda yuqorida qayd etilgan yoʼlovchi tashish bilan bogʼliq tushunmovchiliklar yuzaga kelsa , Xorazm viloyati Transport boshqarmasida tashkil etilgan ma'sul navbatchi hodimlarga quyidagi

Telefonlar 71-202-05-01 ( 390), 62-229-30-36, 62-229-30-37
orqali murojaat etishingiz mumkin.
YO'LOVCHI TASHISH FAOLIYATI BILAN SHUG'ULLANUVCHI TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

2025-YIL 05-FEVRAL KUNI SOAT 17:00 DA XORАZM VILOYATI HUDUDIDАGI SHAHAR ICHI, SHАHАR АTROFI VA SHAHARLARARO-VILOYAT ICHI YO'NALISHLARI BIRIKTIRISH BOʼYICHА ELEKTRON TАRZDА OCHIQ TENDER OʼTKАZILАDI.
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Amal_qiling

🚌 Qonunchilikka ko'ra, yo'lovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi BHMning o'ndan bir qismi (37 ming 500 so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Jamoat transporti faoliyatini takomillashtirish yo‘lida

Xorazm viloyatida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida Transport vaziri o‘rinbosari I.Abdugafarov viloyatdagi qator yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Korxona rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-son qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan, yo‘lovchi tashishni brutto-shartnoma asosida moliyalashtirishni joriy etish yuzasidan dolzarb masalalar tashuvchilar ishtirokida muhokama etildi.

Batafsil
Президент Шавкат Мирзиёев транспорт ва логистика тизимини янада ривожлантириш чора-тадбирлари бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по мерам дальнейшего развития транспортно-логистической системы.

#Mirziyoyev #taqdimot #transport #logistika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X