Xorazm viloyati Transport boshqarmasi rasmiy kanali
480 subscribers
6.61K photos
653 videos
1.91K links
Telegram:https: //t.iss.one/xorazmtransport_uz

Facebook: https://fb.com/xorazmtrans

You tube: https://youtube.com/channel/UCbzeNa6hpJtQ6jbeXMIgblA

Murojaat uchun ishonch telefon raqam: (62) 229 3037
Download Telegram
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Қирғизистон Президенти Садир Жапаров икки мамлакат биринчи хонимлари билан биргаликда Хива шаҳридаги Ичан қалъа мажмуаси ва Нуриллабой сарой мажмуасига ташриф буюрдилар.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Президент Кыргызстана Садыр Жапаров вместе с первыми леди двух стран посетили комплекс Ичан-кала и дворцовый комплекс Нуриллабой в городе Хиве.

#Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston #Xiva

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президентлар "Хива гиламлари" комбинатида бўлиб, Ўзбекистонда ишлаб чиқарилаётган маҳсулотлар кўргазмасини кўздан кечирдилар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Қирғиз Республикаси Президенти Садир Жапаровнинг Ўзбекистонга давлат ташрифи якунланди. Урганч халқаро аэропортида олий мартабали меҳмонларни Президентимиз Шавкат Мирзиёев ва рафиқаси кузатиб қўйди.

Государственный визит Президента Кыргызской Республики Садыра Жапарова в Узбекистан завершился. В международном аэропорту города Ургенча высоких гостей проводили Президент Шавкат Мирзиёев с супругой.

#Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
“Urganch xalqaro aeroporti” MCHJning uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital ta’mirlash ishlari boshlandi.

Uchish-qo‘nish yo‘lagining uzoq muddatdan beri ishlashi hamda havo kemalarining qo’nishi va uchishi xavfsizligini ta’minlash maqsadida kapital qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqada.

Mazkur qurilish ishlariga “Xorazm yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasi tomonidan 98 ta maxsus texnikalar jalb qilingan.

Urganch aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi kapital ta’mirdan so‘ng Boeing 787 va Airbus A330 kabi keng fyuzelyajli samolyotlarni cheklovlarsiz qabul qila oladi.

Urganch shahridagi uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital rekonstruksiya qilish oxirgi marta 1997-yilda, shikastlangan qismlarini qisman ta’mirlash esa 2018-yilda amalga oshirilgan edi.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Uzbekistan Airports tomonidan Urganch va Nukus shaharlari aeroportlari o‘rtasida avtobus qatnovi tashkil etildi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun +998 55 501 45 55 raqami bilan bog‘lanishingiz mumkin.
​​❗️Turizm sohasi tadbirkorlari import qiladigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi

“O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-102-son, 18.07.2024-y.) qabul qilindi

⚡️Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-avgustgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatga olinib, litsenziyaga ega bo‘lgan turoperatorlarga, istisno tariqasida, ekstremal turlarni tashkil qilish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam bo‘lmagan yuqori o‘tish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojxona boji va utilizatsiya yig‘imini amaldagi stavkaning 25 foizi miqdorida 3 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi.

2025-yil 1-avgustgacha turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan import qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi.

🗓  Farmonga muvofiq, 2024-yil 1-dekabrgacha yurtimizdagi barcha avia, temir yo‘l va avtobus qatnovlari haqida ma’lumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma ishga tushiriladi.

🏢Transport vazirligi:

🔹avia, temir yo‘l va avtobus chiptalarini tabaqalashtirilgan narxlarda kamida 6 oy oldin savdoga chiqarish tizimini joriy qiladi;

🔹Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni, YAngi yil bayrami va Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) hamda Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida respublika hududlarini bog‘lovchi qo‘shimcha avia, temir yo‘l va avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi; 

🔹amalga oshirilayotgan tadbirlar, jumladan, ochilayotgan yangi reyslar, reyslardagi yuklamalar, shakllantirilayotgan yangi avia va temir yo‘l marshrutlari to‘g‘risida ma’lumotlarni muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boradi.