Xorazm viloyati Transport boshqarmasi rasmiy kanali
472 subscribers
6.6K photos
653 videos
1.91K links
Telegram:https: //t.iss.one/xorazmtransport_uz

Facebook: https://fb.com/xorazmtrans

You tube: https://youtube.com/channel/UCbzeNa6hpJtQ6jbeXMIgblA

Murojaat uchun ishonch telefon raqam: (62) 229 3037
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Иккинчи жаҳон уруши қатнашчиларини рағбатлантириш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О поощрении участников Второй мировой войны"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
​​Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi haydovchilari diqqatiga!

Amudaryo tumanida Qipchoq – Blok post stansiyalari oralig‘idagi temir yo‘l kesishmasini jihozlash bo‘yicha qo‘shimcha ishlar olib borilishi munosabati bilan 2024-yil 7-may kuni soat 14:00 dan 2024-yil 9-may soat 14:00 gacha avtotransport vositalari harakati qo‘shma ko‘prikda vaqtincha to‘xtatiladi.

Ushbu davr mobaynida avtotransport vositalari harakati "Qipchoq ponton ko‘prigi" orqali amalga oshiriladi.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati uzr so‘raydi.

Вниманию водителей Хорезмской области и Республики Каракалпакстан!

В связи с запланированным проведением дополнительных работ по оборудованию железнодорожного переезда на участке между станциями Кипчак – Блок пост на территории Амударьинского района, 7 мая 2024 года с 14:00 до 9 мая 2024 года 14:00 движение автотранспортных средств по совмещенному мосту будет временно приостановлено.

На время проведения работ просим осуществлять движение по Кипчакскому понтонному мосту.

Руководство акционерного общества «Узбекистон темир йуллари» приносит извинения за временные неудобства.
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i T.Satimov biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi.

Yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish, yoshlarning muammolari bilan yaqindan tanishish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i T.Satimov Gurlan tumani Marbugot mahallasi yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda, yoshlarning bugungi kundagi muammolari, kelgusidagi rejalari va o‘zlarini qiziqtiradigan sohalari bo‘yicha suhbatlashildi.

Boshqarma boshlig‘i T.Satimov tomonidan yoshlarning ijtimoiy holatini yaxshilash, mavjud muammolarini hal etish va ularga yaqindan yordam berish masalasi ro‘yxati shakllantirilib har bir muammoni atroflicha hal etilish choralarini ko‘rish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.
Hurmatli yurtdoshlar!

Barchangizni 9 may ­– Xotira va qadrlash kuni bilan chin dildan qutlaymiz!

Vatanimiz tinchligi, yurtimiz farovonligi yoʼlida kurashgan ota-boblarimizni yod etarkanmiz, ular bosib oʼtgan ogʼir yoʼllar koʼz oldimizda gavdalanadi. Ularning jasoratli va mashaqqatli hayotlari bizga va farzandlarimizga doimo oʼrnak boʼlib xizmat qiladi. Аyovsiz urushning qonli maydonlarida qurbon boʼlgan ajdodlarimizning ruhi poklariga doimo hurmat bajo keltiramiz.

Bayram munosabati bilan vatan ozodligi uchun kurashgan barchani, ularning farzandlarini, butun yurtimiz ahlini bayram bilan tabriklaymiz! Sizlarga, mustahkam sogʼlik, koʼtarinki kayfiyat va tinchlik tilaymiz!

Hurmat bilan Xorazm viloyati Transport boshqarmasi jamoasi
​​Yangi tahrirdagi “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portaliga “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Yangi tahrirdagi “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun 6 bob va 47 moddadan iborat.

Ushbu Qonunning maqsadi quyidagilardan iborat:

avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar, avtomobil yo‘llari egalari va davlat manfaatlarini ko‘zlab avtomobil yo‘llari tarmog‘ini tashkil etish va ulardan foydalanish, yo‘l faoliyatini amalga oshirish asoslarini belgilab berish;

yo‘l xo‘jaligini takomillashtirish;

umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining xavfsizligini va rivojlanishini ta’minlash, ularning texnik holatini yaxshilash;

yo‘l faoliyati sohasida ilg‘or texnologiyalar va standartlarni joriy etishni rag‘batlantirish;

yo‘l faoliyatini amalga oshirishda ishlar va (yoki) xizmatlar bozorida samarali va adolatli raqobatni ta’minlash;

magistral yo‘llardan foydalanish va yo‘l harakatini amalga oshirish sohasidagi investitsiya muhitini yaxshilash;

magistral yo‘llarning xalqaro transport tarmog‘iga integratsiyasini ta’minlash.
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda orqali “Jamoatchilikda yo‘lovchilarni avtotransport qatnovini Xorazmda yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish rejalari Prezidentimiz tomonidan topshiriqlar berilgan.Qani bu rivojlanish, ko‘rmayabmiz” nomli murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-sonli “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, bugungi kunda Urganch shahar aholisi uchun xizmat qilib kelayotgan shahar ichi yo'nalishlariga 165 ta jamoat transportlariga elektron to’lov tizimi joriy qilingan, bundan tashqari shahar jamoat transporti uchun Xitoy xalq respublikasida ishlab chiqarilgan avtobuslarini olib kelish bo‘yicha “O‘zmilliybank” AJ bilan kredit shartnomalari qilingan. Urganch shahrining transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasini ishlab chiqish ishlari yakuniga yetkazilgan. Xorazm viloyati transport boshqarmasida avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatini o‘z ichiga oluvchi “Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasini tashkil qilinganligini bildiramiz.

Shovot tumanida joriy yilning aprel oyidan boshlab SHAY-287 “Qumyop mahallasi - Temir yo'l mahallasi” uchun jamoat transporti (avtobus) yo’nalishida aholiga xizmat qilayotganligini ma’lum qilamiz.

Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-sonli “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarorida Urganch shahar jamoat transportining yangi yo‘nalishlar tarmog‘ini shakllantirish, Shahar yo‘nalishlarini brutto-shartnomaga bosqichma-bosqich o‘tkazish va Brutto-shartnomaga o‘tadigan yo‘nalishlar bo‘yicha elektron tenderlar o‘tkazish nazarda tutilgan bo'lib, viloyatning boshqa shahar va tumanlari uchun amal qilmasligini bildiramiz.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi
Transport vazirining birinchi o‘rinbosari fuqarolar qabulini o‘tkazdi

Joriy yilning 13 va 15-may kunlari Transport vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan vazirlik binosida shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida yo‘lovchi tashuvlari sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar huquq va manfaatlarini himoyalash, hududlarda jamoat transporti yo‘nalishini tashkil etish, yo‘lovchi tashish sohasida o‘tkazilayotgan tender jarayonlari, xorijiy ruxsatnoma blankalarini elektron tizim orqali tashuvchilarga taqsimlanishi yuzasidan 12 nafar fuqarolardan jami 9 ta masala kelib tushdi.

Batafsil


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
YO'LOVCHI TASHISH FAOLIYATI BILAN SHUG'ULLANUVCHI TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

2024-YIL 17-IYUL KUNI SOAT 17:00 DA XORАZM VILOYATI URGANCH SHAHRIGA BOG‘LIQ BO‘LGAN BRUTTO SHARTNOMASI ASOSIDA AVTOBUS YO‘NALISHLARI BO‘YICHA OCHIQ TENDER OʼTKАZILАDI.

BATAFSIL: https://e-tender.uztrans.uz/
YO'LOVCHI TASHISH FAOLIYATI BILAN SHUG'ULLANUVCHI TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

2024-YIL 24-IYUL KUNI SOAT 17:00 DA XORАZM VILOYATI URGANCH SHAHRIGA BOG‘LIQ BO‘LGAN BRUTTO SHARTNOMASI ASOSIDA AVTOBUS YO‘NALISHLARI BO‘YICHA OCHIQ TENDER OʼTKАZILАDI.

BATAFSIL: https://e-tender.uztrans.uz/